Zafar darvozasi“ (roman) (nemischa: Arc de Triomphe ) Olmoniya yozuvchisi Erix Mariya Remarkning romani. Birinchi marotaba AQSHda 1945 yil chop etilgan.

Zafar darvozasi

Zafar darvozasi
Asl nomi Arc de Triomphe
Muallif(lar) Erix Mariya Remark
Til olmon
Janr(lar)i Roman
Nashr etilgan sanasi 1945

Oʻtgan asr Olmoniyada oʻrnatilgan fashistik tartibdan maʼnaviy ezilib, oʻzini jamiyatda begonalardek his qiluvchi kishilarning ayanchli qismati asarda oʻz aksini topgan.

Tavsif

tahrir
Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

1938 yil. Parij.
Bosh qahramon Ravik minglab mahfiy emigrantlar kabi, uchinchi reyxning hukumatidan pana topish maqsadida Fransiya poytaxtiga koʻchib keladi.
U yuqori malakali jarrox boʻlishidan qatʼiy nazar, ishlash xuquqidan mahrum boʻlgan. Ammo noqonuniy ravishda boʻlsa ham, oʻz faoliyatini davom ettirishga tayyor.

Remarkning barcha qahramonlari kabi, Ravik ham birinchi jahon urushi ishtirokchisi. Urush boshlanganidan soʻng, vatanparvarlik ruhi bilan yogʻrilgan koʻp yosh yigitlar ixtiyoriy ravishda frontga ketganlar. Ravik ham shular qatoridan edi. Ammo urushdan keyingi davrda, yangi dunyoga mutlaqo moslashmaganligi sababli hayotga boʻlgan barcha qiziqishini yoʻqotgan.

30-chi yillarda gitlerchilarning siyosatiga qarshilik koʻrsatgani uchun gestapo tomonidan hibsga olingan.
Unga eng yaqin boʻlgan inson — Sibillaning oʻlimini boshidan kechirgan.

Bu hodisalardan bir necha yillar oʻtib, 40 yoshga kirgan Ravik, tunggi Parijda Joan Madu ismli ayolni uchratadi.
Joan ham huddi Ravik singari yaqin insonidan mahrum boʻlgan. Uning oʻzgaruvchan, oʻziga xos feʼl-atvori Ravikning qiyofasidan keskin farq qiladi.

Bundan tashqari Ravik Haakega duch keladi. Sibillaning qotili Haake, gestapo xodimi edi.
Ravik undan qasos olish maqsadida, hayotiga qasd qiladi.

Koʻp oʻtmay Joan baxtsiz hodisa tufayli ogʻir jaroxatlanadi. Ravik iqtidorli shifokor boʻlishidan qatʼiy nazar, uning hayotini saqlab qololmaydi.
Joan 1939 yil 1 sentabr kuni olamdan koʻz yumadi.
Shu kunning oʻzidayoq Olmoniya qurolli kuchlar majmuasi qoʻshinlari Polshaga hujum qilib, ikkinchi jahon urushining boshlanishiga asos soladilar.

Parijdagi barcha mahfiy emigrantlar hibsga olinadi.
Ravik mamlakatdan qochish taklifini rad etib, politsiya xodimlariga oʻzining haqiqiy ismini aytishini tasdiqlaydi.

U minglab mahfiy emigrantlar qatorida Fransiyadagi konsentratsion lagerlarining biriga yoʻl oladi.

Qahramonlar

tahrir
  • Ravik- (Votsek, Noyman, ger Xorn) Haqiqiy ismi Lyudvig Frezenburg. Birinchi jahon urushi ishtirokchisi. 1933 yil Fransiyaga koʻchib kelgan. Yuqori malakali jarrox.
  • Joan Madu- Aktrisa va qoʻshiqchi. Bolaligini Italiyada oʻtkazgan. Baxtsiz hodisa tufayli vafot etadi.
  • Boris Morozov- Rossiyalik emigrant. Ravikning yaqin doʻsti."Shaxerezada" restoranida darbon boʻlib ishlaydi.
  • Dyuran- Jarrox. Ravikni noqonuniy ravishda, hususiy shifoxonasiga ishga oladi.
  • Veber- Shifokor. Dyuranning kasalxonasida ish yuritadi. Ravikning doʻsti.
  • Ejeni- Bosh hamshira.
  • Ket Xegstrem- Ravikning Parijdagi birinchi bemori. Saraton kasaliga duch kelgan. Urush boshlanganidan soʻng „Normandiya“ kemasida AQSHga ketadi.
  • Haake- gestapo hodimi. Ravikning qoʻlidan halok boʻladi.

Omillar

tahrir
  • Remarkning „Jannatdagi soyalar“ asarida Ravik ismli epizodik qahramon bor. U konsentratsion lagerdan ozodlikka chiqib, AQSH ga koʻchib ketgan. Uzoq vaqt ichida Filadelfiyada istiqomat qilib, keyinchalik Nyu-york shaxriga koʻchib borgan. Urush yakuniga yetgach AQSHda qolishni afzalroq koʻrgan.

Havolalar

tahrir

asar rus tilida (Wayback Machine saytida 2014-09-03 sanasida arxivlangan)