Zafar gaz kondensati koni - Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida, Qarshi sh.dan 45 km jan.sharkda joylashgan. Zafar strukturasi 1974-yilda seysmik razvedka natijasida aniklangan. 1978-yilda 1parametrik quduq kavlangan (3805 m). Natijada yura yotqiziqlarining samaradorligi maʼlum boʻlgan. 1978—87-yillarda konda 8 ta burgʻi qudugʻi qazilgan,. Quduqlarning 3 tasida gaz uyumi borligi aniqlangan. 3. g . k. k.ning geologik tuzilishida yura, boʻr, paleogen, neogen va antropogen yotkiziklari ishtirok etgan. Tektonik jihatdan Zafar strukturasi Beshkent bukilmasida joylashgan va yura yotqizikdari boʻylab shim.sharq tomonga yoʻnalgan braxiantiklinaldan iborat. Strukturaning uz. 6 km, kengligi 5 km. Zafar konida kavlangan quduqlarda 39 ta obyekt sinovdan oʻtdi. Ularning 12 tasida gaz va bittasida gaz bilan neft borligi maʼlum boʻldi. Gazning debiti 67 ming m3/sut dan 575 ming m3/sut gacha. Gazning havoga nisbatan zichligi 0,643, kondensatniki 0,756 g/sm3, undagi metanning miqdori 90—92%, oltingugurt vodorodi 0,05%, azot 1,2%, karbonat angidridi 3—5%. Konda razvedka ishlari nihoyasiga yetgan. 3. g . k. k. ayni paytda oʻzlashtirishga tayyorlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil