Zagorsk tovuq zotlari
Zagorsk tovuq zotlari - goʻsht-tuxum yoʻnalishidagi zotdor tovuqlar guruhi. Sobiq Ittifoq Parrandachilik ilmiy tadqiqot va texnologiya institutida 20-asrning 50-y.larida rus oq tovugʻi, yurlov, nyu-gempshir va rod-aylend zotlarini chatishtirib chiqarilgan. Yirik, etdor, toji gulsimon oq tovuq va toji yaproqsimon sargʻish-jigarrang guruhlarga boʻlinadi. Tovugʻining vazni oʻrtacha 3,5–4 kg , xoʻrozi 4,5–5 kg . Tovugʻi yilda 160—180 ta tuxum qiladi. Tuxumi 58—60 g . Joʻja tovugʻi 180 kunligidan tuxumga kiradi. Bu tovuqning yuragi 4 kamerali , oshqozoni esa 2 bo'lmaga ega. Oʻzbekistonda ham boqiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |