Pestitsidlar (lot. pestis — maraz, caedo — oʻldiraman), zaharli kim-yoviy moddalar — oʻsimlik zararkunandalari va kasalliklari, begona oʻtlar, shuningdek, yogʻoch, paxta tolasi mahsulotlari, jun, teri zararkunandalari, uy hayvonlarining xavfli kasalliklari qoʻzgʻatuvchilariga qarshi kurashishda foydalaniladigan kimyoviy moddalar. Shuningdek, auksinlar, gibberellinlar, defoliantlar, desikantlar, retradantlar ham Pestitsidlarga kiritiladi. Pestitsidlar tirik organizmlar hujayralariga kirib ularning fizik va kimyoviy xususiyatlarini oʻzgartiradi. Hujayraning oqsil va boshqa moddalari bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, ularni choʻkmaga tushiradi, fermentlar faolligini zaiflashtiradi, modda almashinuvi jarayonini buzadi va hujayrani halokatga olib keladi.

Pestitsidlar qoʻllanish obʼyekti, organizm ichiga kirish yoʻli, taʼsir qilish harakteri va kimyoviy tarkibiga koʻra tas-niflanadi. Qanday zararli organizmga qarshi ishlatilishi, yaʼni qoʻllanish obʼyektiga qarab, Pestitsidlar quyidagi turlarga boʻlinadi: insektitsidla — hasharotlarni qirib tashlaydigan vositalar; antifidantlar — oʻsimliklar va materiallarni zararkunandalardan saqlaydigan moddalar; akaritsidlar — oʻsimlikxoʻr kanalarga; nematitsidlar — oʻsimlik nematodalariga; limatsidlar — shilliqkurtlarga; rodentitsidlar— kemiruvchilarga; fungitsidlar— zamburugʻlar qoʻzgʻatuvchi kasalliklar-ga:bakteritsidlar — bakteriyalarga; gerbitsidlar — qishloq xoʻjaligi ekinlari orasidagi begona oʻtlarga; arboritsidlar — buta va chala buta oʻsimliklarga qarshi qoʻllaniladigan vositalar; attraktantlar — hasharotlarni jalb qiluvchilar, repellentlar— hasharot va qushlarni choʻchitadigan moddalar, algitsidlar — suvoʻtlarga qarshi qoʻllaniladigan preparatlar va hokazo. Kompleks taʼsir kuchiga ega boʻlgan Pestitsidlar ham bor. Mas, urugʻlikni dorilashda ishlatiladigan Pestitsidlar fungitsid, bakteritsid, insektitsid va boshqa vazifalarni bajarishi mumkin.

Pestitsidlarning organizm ichiga kirish yoʻli va taʼsir qilish harakteriga koʻra tasniflashga zararkunandalarning oziqlanishi asos boʻladi. Masalan, kemiruvchi ogʻiz apparatiga ega boʻlgan hasharotlar (chigirtkalar, qoʻngʻiz lichinkalari va yetuk shakllari, kapalak qurtlari)ga moddalar ularning ogʻzi orqali ichiga tushganida, sanchib-soʻruvchi ogʻiz apparatli hasharot (oʻsimlik bitlari, qandalar)ga esa zaharli vositalar ular tanasiga tekkanida, yaʼni teri qoplami orqali (sirtdan taʼsir qiluvchi Pestitsidlar) taʼsir kidali; bugʻ yo gaz holidagi zaharli kimyoviy moddalar nafas yoʻllari orqali, shuningdek, oʻsimlik yoki hayvon shirasi bilan oziqlanadigan hasharotlar toʻqima-siga osongina singib, zaharlaydi.

Pestitsidlar begona oʻtlar, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashda eng samarali usullardan hisoblanadi. Pestitsidlar organik va noorganik birikmalarning turli sinflariga mansub. Ularning koʻpchiligi sunʼiy yoʻl bilan olinadi. Eng muhim Pestitsidlar xlororganik va fosfororganik birikmalar, karbamin kislota hosilalari, oʻsimliklardan olinadigan (piretroidlar), triazinlar ki-radi. Anorganik Pestitsidlardan mis, oltingugurt va boshqa elementlarning birikmalarini koʻrsatish mumkin. Xlororganik Pestitsidlar universalligi bilan afzaldir. Ular juda koʻp tur zararkunandalarni yoʻq qiladi, taʼsir kuchi uzoq muddat saqlanadi va issiqqonli hayvonlar uchun xavfi kam. Xlororganik Pestitsidlarning kamchiligi ularning tashqi muhit, tuproq, oʻsimlik va suvda kimyoviy jihatdan barqarorligi, yaʼni uzoq vaqtgacha parchalanmay saqlanib turishidir. Bu esa preparat qoldiklarining oʻsimlik mahsulotlari va hayvon organizmi tarkibida yigilib qolishga olib kelishi mumkin. DDT kabi juda barkaror preparatlardan foydalanish man qilingan. Fosfor organik Pestitsidlar yukrri biologik aktivlikka ega. Bu birikmalar oʻsimlik ichiga singib kirish va zahar kuchini ancha vaqt saqlab turish xususiyati bilan boshqalardan aj-ralib turadi. Baʼzilari barg yoki ildiz orkali singib, oziq moddalari eritmasi bilan birga oʻsimlik tomirlari sistemasi boʻylab tarqaladi. Bundan oʻsimlik shirasi bilan oziqlangan zararkunandalar zaharlanib nobud boʻladi; bu birikmalar ichdan taʼsir qiluvchi preparatlar deb ataladi. Boshqa guruh moddalari oʻsimlik toʻqimalariga yuza singib, tomirlar orqali tarqalmaydi va qisman singuvchi preparatlar deb ataladi. Bular organizm ichida tana yuzasidagiga nisbatan koʻproq barqaror saqlanadi va bargning ishlov berilmagan orqa qismidagi zararkunandalarni ham nobud qiladi. Fosfororganik Pestitsidlarga mansub insektitsidlar, fungitsidlar, nematotsidlar va gerbitsidlar bor. Deh-qonchilikda bunday insektitsid va akaritsidlardan fosfamid (BI-58), fozalon, karbofos, zolon va boshqalardan koʻp foydalaniladi.

Sintetik piretroidlar bir necha tur oʻsimlik gullaridan olinadigan piretrum moddasining analogi-dir. Keyingi yillarda piretroidlardan koʻpgina oʻsimliklarni zararkunan-dalardan himoya qilishda koʻp foydalanilmoqda. Bu birikmalar tanlab taʼsir qilish xususiyatiga ega. Ulardan juda kam (bir gektarga bir necha gramm taʼsir qiluvchi modda hisobida) sarf qilinganida ham zararkunandalarga samarali taʼsir koʻrsatadi. Oʻzbekistonda sintetik piretroidlardan ambush, simbush, ripkord, sumitsidin, detsis va boshqalarni qoʻllashga ruxsat berilgan. Ol-tingugurtli Pestitsidlar oddiy oltingugurt (oltingururt kukuni, kolloidli oltingugurt, ohak-oltingugurt qaynatmasi va boshqalar) asosida ishlab chiqariladi; bundan tashqari, oltingugurtli organik birikmalar ham mavjud.

Pestitsidlar namlanadigan kukunlar, emulsiyalarning konsentratlari, pastalar, granulalar, dustlar, aerozollar, suvli eritmalar, eruvchan kukunlar va boshqa koʻrinishida ishlab chiqariladi. Shu bilan birga ularning tarkibida boshqa qoʻshimcha komponentlar ham (suyulti-radigan, toʻldiradigan) uchraydi.

Pestitsidlar purkash, changlatish, fumigatsiya va boshqa usullarda qoʻllanadi. Ayrim hollarda Pestitsidlarlardan notoʻgʻri foydalanish flora, fauna, qishloq xoʻjaligi hayvonlari va odamlar uchun xavfli holatlarni vujudga keltiradi.

Pestitsidlarni tanlashda ularning zaharliligi — kimyoviy moddalarning organizmni zaharlash xususiyatiga katta ahamiyat beriladi. Zaharlilik darajasi — dozalar, yaʼni moddaning organizm hayot faoliyatini buzadigan yoki nobud qiladigan (tajribadagi hayvonlarning oʻrtacha har kg vazniga toʻgʻri keladigan mg hisobidagi zaharli modda) miqdori bilan belgilanadi. Pestitsidlarning zaharliligi, odatda, tajribadagi bir guruh hayvon (kalamush, sichqon) maʼlum qismining nobud boʻlishi bilan sarflangan dozani qiyoslab aniklanadi. Pestitsidlarning bundam dozalari OʻD50 (tajribadagi hayvonlarning 50% ni oʻldiradigan doza) belgisi bilan ifodalanadi. Qabul qilingan tasnifga koʻra, Pestitsidlar zaharliligi shartli ravishda 4 guruhga boʻlingan: oʻta zaharli (OʻD50 50 mg/kg gacha); zahari kuchli (OʻD5a 50–200 mg/kg); oʻrtacha zaharli (UD50 200 – 1000 mg/kg), zaharlilik darajasi past boʻlgan Pestitsidlar (OʻD50 1000 mg/kg dan ortiq).

Pestitsidlarning rasmiy tavsiya qilingan doza yoki konsentratsiyasidan ortiq olinganda, qoʻllash usuli hamda muddati notoʻgʻri tanlanganda, shuningdek, iqlim sharoitlari hisobga olinmaganda ular oʻsimlikning kuyishiga, gulchangi hayotchanligining pasayishiga, urugʻchining nobud boʻlishiga va natijada hosilning kamayishiga sabab boʻladi. Oʻsimliklar Pestitsidlar bilan ifloslanishi, mevasi esa badboʻy hid va yoqimsiz mazaga ega boʻlib qolishi, shuningdek, oʻsimlik sirtida bu moddalar odam va hayvonlar uchun xavfli miqdorda toʻplanishi mumkin. Pestitsidlarning muntazam qoʻllanishi tufayli, koʻpincha zararli organizmlarda ularga nisbatan chidamlilik vujudga keladi. Zararkunandalarning maʼlum Pestitsidlarga chidamli irklarining vujudga kelmasligi uchun har bir zararkunandaga qarshi moʻljallangan preparatlar turi koʻp boʻlishi va ular almashlab qoʻllanishi kerak.

Pestitsidlarning odam, hayvon, oʻsimlik, suv va umuman atrof muhitga salbiy taʼsi-rining oldini olish uchun ularni qoʻllashda faqatgina zararkunandaga emas, balki biotsenozgya ham taʼsirini, yaʼni oqibatini oldindan hisobga olish kerak. Pestitsidlar zararkunandalarni yoʻq qilib yuborish vositasidan ular sonini tartibga solib turadigan vosi-talarga aylanishi kerak.

Amalda foydalanilayotgan va ishlab chiqarish ga tavsiya etiladigan Pestitsidlar respublika Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi maxsus komissiya tomonidan oʻrganib chiqiladi va foydalanishga tavsiya etiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • Sistema integrirovannoy zashiti xlopchatnika, T., 1976; Melnikov N. N., Pestitsidi: ximiya, texnologiya i primeneniye, M., 1987.

Abdukarim Zikiryoyev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil