Zaki Sattarov
Zaki Sattarov (1904-yil, Samarqand – 1938-yil, Toshkent) — „Lenin yoʻli“ gazetasi muharriri. Stalin davri qatagʻoni qurboni boʻlgan.
Zaki Sattarov | |
---|---|
Zaki Qiyomovich Sattarov | |
Tavalludi |
1904-yil |
Vafoti |
1938-yil 13-oktyabr Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR |
Faoliyat yillari | 1922—1938 |
Hayoti
tahrirZaki Sattarov 1904-yilning 15-martida Abdri qishlogʻida tugʻilgan. Millati tatar. Oʻrta maʼlumotga ega. 1922-yilda Samarqand shahridagi maktab internatning 4-sinfini tugatgan. 1922-yilning martidan 1923-yil yanvar oyiga qadar saraboshlik Bobomurod xalfa qoʻlida batrakchi sifatida ishlagan. Undan soʻng Dovul volostidan boʻlgan Imomnazar Bobonazarboy qoʻl ostida xizmat qilgan. 1923-yilning 1-noyabridan boshlab 1925-yilning 10-oktyabriga qadar Iskandar qishlogʻidagi urugʻchilik xoʻjaligida mehnat qilgan. 1925-yildan boshlab bir yil davomida Boku shahrida temiryoʻl qurilishida, Samarqandga qaytgandan keyin 1927-yilgacha Kattaqoʻrgʻon uyezdida joylashgan Chimboy volosti ijroiya qoʻmitasining Qoraqursak qishlogʻidagi mas‘ul kotibi boʻlib ishlaydi[1].
1930-yildan 1932-yilgacha Narpay tumanida Mirbozor kolxoz ittifoqi raisi boʻlib ishlagan. Shu yilning dekabr oyiga qadar Kattaqoʻrgʻon tumani boʻyicha shikoyatlarni qabul qiluvchi mudir boʻlib ishlaydi. 1932-yilning 8-dekabridan 1933-yil 1-oktyavrgacha Oʻzkompartiya markaziy komitetining matbuot organi boʻlgan „Kolxoz yoʻli“ gazetasida faoliyat olib borgan. U tahririyatning Asaka va Andijon shaharlaridagi muxbiri vazifasini bajargan.
Zaki Sattarov Marhamat tumanida nashr etiladigan „Stalinchilar ovozi“ gazetasi muharriri, tuman ijroiya qoʻmitasi boʻlgan. Zaki Sattarov 1931-yilning 1-oktyabridan 1937-yil 28-martgacha to qamoqqa olingunga qadar Samarqandda nashr etiladigan „Lenin yoʻli“ gazetasida muharrir boʻlib ishlagan. Rus, turk, qozoq, tatar tillarini bilgan. 1937-yilning 27-mayida partiyaviy hushyorlikni kamaytirgani uchun hayfsan olgan[2].
1938-yilning 13-oktyabrda SSSR Oliy Sudi Harbiy kollegiyasining sud majlisida oʻlimga hukm qilinadi. Hukm ijrosi oʻsha kuni taʼminlanib, otib tashlanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ Rustambek Shamsutdinov. Коллективлаштириш ва “катта террор” даврида қатагон қилинган ватандошларимизнинг xoтиpa китоби. Тошкент: Янги аср авлоди, 2015 йил — 322-bet. ISBN 978-9943-27-589-9.
- ↑ Rustambek Shamsutdinov. Oʻzbekistonda sovetlarning qatagʻon siyosati va uning oqibatlari (1-kitob). Sharq Toshkent 2012 — 207-bet. ISBN 978-9943-00-481-8.