Bosh menuni ochish

Zamin dargʻasi

rus shoiri Sergey Yesenin qalamiga mansub sheʼriy toʻplam

„Zamin dargʻasi“rus shoiri Sergey Yesenin qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1971-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Sheʼrlarni rus tilidan oʻzbek tiliga Erkin Vohidov tarjima qilgan. Toʻplamga „Zamin dargʻasi“, „Singlimga xat“, „Hayot yoʻlim“, „Xotira“, „Oʻttiz oltilar dostoni“ kabi oʻzbek tiliga ilk bor oʻgirilgan sheʼrlar ham kiritilgan..

Zamin dargʻasi
Muallif Sergey Yesenin
Janr sheʼrlar va dostonlar
Til rus
Tarjimon Erkin Vohidov
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti
Nashr etilgan 1971
Sahifalar soni 184

Toʻplamga oʻzbek kitobxonlari orasida mashhur boʻlgan „Fors taronalari“ sheʼrlar turkumi kiritilgan. Bundan tashqari, asarga „Yigirma oltilar balladasi“, „Ulugʻ jang qissasi“, „Oʻttiz oltilar dostoni“ hamda „Anna Snegina“ doston va balladalari jamlangan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Ahmedov – muharrir, G. Frolov – rassom, I. Siganov – rasmlar muharriri, T. Smirnova – texnik muharrir, N. Roʻzimuhamedova – musahhih. Kitob adadi – 35 000 nusxa.

HavolalarTahrirlash