Zaraah Abrahams

britaniyalik aktrisa

Zaraah Clover Abrahams (1987-yil 7-yanvarda tugʻilgan) — angliyalik aktrisa. U 2003-yildan 2005-yilgacha Girls in Love filmidagi Magda roli, 2008-yildan 2010-yilgacha BBC maktab haqidagi Waterloo Road nomli drama serialidagi Michaela White va 2005-yildan 2007-yilgacha ITV seriali Coronation Streetdagi Joan Jekson rollari bilan tanilgan. Keyinchalik, u ITV da efir yuzini koʻrgan Dancing on Ice iqtidorlar shousining uchinchi seriyasida ishtirok etadi va keyinroq 2014-yilda All Star seriali ishtirokchisi sifatida qaytadi. 2020-yilda Abrahams Chelsea Fox rolida EastEnders aktyorlari tarkibiga qoʻshiladi.

Zaraah Abrahams
Tavalludi
Zaraah Clover Abrahams

7-yanvar 1987-yil (1987-01-07) (37 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2002-hozirgacha

Yoshligi tahrir

Abrahams Londonning Lambeth tumanidagi kasalxonada tugʻilgan, onasi tomonidan iroqlik va barbadoslik, otasi tomonidan esa yamaykalikdir. U Janubiy Londonning Brixton shahrida oʻsib ulgʻaygan va 3 aka-ukaning eng kattasidir[1]. Aktrisa oʻrta maʼlumot uchun Italia Conti teatr sanʼati akademiyasida oʻqigan va u yerda hali tahsil olish davomida Jacqueline Wilsonning Girls in Love serialidagi Magda rolini ijro etgan[2]. U 17 yoshida Coronation Streetda Joanne Jackson rolini oʻynaganidan keyin Manchesterda aktyorlik karyerasini davom ettirish uchun Londonni tark etadi[2].

Faoliyati tahrir

Dastavval, Abrahams CITVning Girls in Love shousida Magda rolini va ITV efirga uzatgan Coronation Street teleserialida Joanne Jackson rolini oʻynagan[3]. 2008-yilda u talaba Michaela White obrazini takrorlangan holda Waterloo Road filmining aktyorlar tarkibiga qoʻshiladi[4]. Uning qahramoni 2009-yilda toʻrtinchi mavsum uchun asosiy tarkibning bir qismiga aylandi va 2010-yilda beshinchi mavsumning oxirigi chiqishigacha shouda qoladi[2].

U 2013-yilda HBO telekanalining Black Girl in Paris qisqa metrajli filmida rol oʻynagan va yilning eng yaxshi qisqa metrajli filmi nominatsiyasiga nomzod boʻlgan handa u yerda uni Spike Lee bilan uchrashib qolgan[2]. 2014-yilda Lee uni Hollywooddagi birinchi filmi boʻlgan Ganja & Hess hamda Da Sweet Blood of Jesus filmida Ganja Hightower ayol bosh rolini ijro etgan[5][2]. 2015-yilda Abrams New York shahriga Amerika teledasturi The Knickda suratga tushish uchun koʻchib oʻtadi[2].

Filmografiyasi tahrir

Yil Sarlavha Rol Notes
2003-2005 Girls in Love Magda Bosh rol; 27ta epizod
2005-2007 Coronation Street Joanne Jackson Doimiy rol; 214ta epizod
2008-2010 Waterloo Road Michaela White Doimiy rol; 38ta epizod
2008, 2014 Dancing on Ice Oʻzi Tanlov ishtirokchisi; 3-oʻrin
2009 Hole In The Wall Oʻzi Musobaqa ishtirokchisi
2010 EastEnders: E20 Chelsea Fox 1-mavsum, 12ta epizod
2011 Waterloo Road Reunited Michaela White Veb serial; 6ta epizod
2012 Payback Season Clarissa Film
2012 Scott & Bailey Daysha Kaye 1ta epizod
2012 Bedlam Laura Epizod: „The Long Drop“
2013 Black Girl in Paris Luce Qisqa metrajli film
2013-2015 Secret Dealers Hikoyachi Oʻyin shou
2014 Da Sweet Blood of Jesus Ganja Hightower Film
2014 Holby City Alisa Cole Epizod: „Captive“
2015 The Knick Opal Edwards 2-mavsum
2020-present EastEnders Chelsea Fox Doimiy rol
2021 The Bay DS Emma Ryan 2ta epizod

Mukofotlar va nominatsiyalari tahrir

Yil Marosim Mukofot Nomzod Natija Havl.
2021 Inside Soap Awards Best Newcomer EastEnders Nominatsiya [6]
2022 The British Soap Awards Best Leading Performer Nominatsiya [7]
National Television Awards Serial Drama Performance Kutilyapti [8]
Inside Soap Awards Best Actress Kutilyapti [9]

Manbalar tahrir

  1. Hudson, Rykesha. „Zaraah Abrahams: Spike Lee said I could be next Halle Berry“. The Voice (16-may 2015-yil). Qaraldi: 30-iyul 2020-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Hudson, Rykesha. „Zaraah Abrahams: Spike Lee said I could be next Halle Berry“. The Voice (16-may 2015-yil). Qaraldi: 30-iyul 2020-yil.Hudson, Rykesha (16 May 2015). „Zaraah Abrahams: Spike Lee said I could be next Halle Berry“. The Voice. Retrieved 30 July 2020.
  3. „EastEnders casts former Coronation Street star Zaraah Abrahams as Chelsea Fox“. Radio Times. Qaraldi: 26-dekabr 2020-yil.
  4. „EastEnders announces Chelsea Fox recast – Who is Zaraah Abrahams?“. Entertainment Daily. Qaraldi: 26-dekabr 2020-yil.
  5. „Zaraah Abrahams Talks Da Sweet Blood of Jesus - Dread Central“. www.dreadcentral.com. Qaraldi: 13-mart 2018-yil.
  6. Alexander, Susannah. Inside Soap Awards announces 2021 longlist as voting opens – here's who's up for prizes“. Digital Spy. (Hearst Magazines UK) (28-sentabr 2021-yil). 2-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-sentabr 2021-yil.
  7. Houghton, Rianne. „British Soap Awards 2022 reveals longlist for viewer categories“. Digital Spy. (Hearst Communications) (21-aprel 2022-yil). Qaraldi: 19-may 2022-yil.
  8. Morris, Lauren. „NTA 2022 longlist revealed as David Tennant and Sex Education nominated“. Radio Times (24-may 2022-yil). 23-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-may 2022-yil.
  9. Harp, Justin. „Inside Soap Awards announces nominations and new category for 2022 event“. Digital Spy. (Hearst Communications) (18-iyul 2022-yil). Qaraldi: 19-iyul 2022-yil.

Havolalar tahrir