Zarba
Zarba, zarb (fizikada) — harakatlanayotgan qattiq jismlar toʻqnashganda, qattiq jism suyuklik yoki gaz bilan oʻzaro taʼsirlashganda yuzaga keladigan hodisalar majmui. Davom etadigan vaqt oraligʻi, odatda, juda qisqa (sekundning oʻn minglik ulushlaridan mln.lik ulushlarigacha), birbiriga uriluvchi jismlarning kontakt (tutashuvchi) yuzalaridagi kuchlar (3. kuchlari) esa juda katta oniy kuchlar boʻladi. Toʻqnashgan sistemalar uchun oniy kuchlar ichki kuchlar hisoblanadi. 3. vaqtida paydo boʻladigan impulslar oniy impulsl ar deyiladi. 3. tufayli jismlarning yoʻnalishi, tezligi, shakli oʻzgaradi, qoldiq deformatsiyalar, tovush tebranishlari, jismlarning qizishi va b.lar sodir boʻladi. Ikki tomonlama urilish tezligi kritik tezlikdan katta boʻlgan hollarda esa jismlarning 3. taʼsir etgan joyi yemirilishi mumkin. 3. toʻgʻri, markaziy, burchakli, plastik, elastik va hokazo boʻlishi mumkin. 3. kuchi Gʻ} ning shu kuch taʼsir etib turgan vaqt t ga koʻpaytmasi /73T=S1 zarba impulsi deyiladi. 3. vaqtida Gʻʼ juda katta, t juda kichik boʻladi. Shu sababli, 3. vaqtida jismga tushadigan taʼsirni ifodalashda 3. kuchi oʻrniga 3. impulsi ishlatiladi. Z.ning elementar nazariyasiga koʻra, jism tezligining 3. vaqtidagi oʻzgarishi tiklanish koeffitsiyenti kuch bilan ifodalanadi; bu koeffitsiyentning qiymati urilayotgan jismlar materialiga bogʻliq. Masalan, yogʻoch shar uchun k = j, poʻlat shar uchun ^; k=\ boʻlsa mutlaq elastik 3., k=0 boʻlganda mutlaq noelastik 3. deyiladi. Mashina va mexanizmlar, inshoot elementlarini hisoblashda ularning Z.ga chidamliligi eʼtiborga olinadi. Z.dan jismlarni deformatsiyalash (yassilash, maydalash, shtamplash va b.) hamda harakatlantirish (mas, qoziq, mix qoqish va b.) maqsadida foydalanish mumkin.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |