Zarina (mil. av. 7-asr) — saklar malikasi va podshosi. Midiya davlati bilan Parfiyaga egalik qilish uchun uzok, muddatli urushlar olib borgan. Nihoyat urtada sulq shartnomasi imzolanib, Ktesiyniit yozishiga koʻra, har ikki tomon abadiy doʻst va harbiy ittifoqdosh boʻlishga kelishgan. 3. oʻzining jangovarligi, jasurligi, uddaburonligi, aklzakovati, goʻzal husni tarovati bilan boshqa sak ayollaridan ancha ustun turgan. Saklarda urush xavfi tugʻilgan paytda ayollar ham erkaklar bilan bir qatorda turib jang qilishgan. 3. saklar yurtini qoʻshni koʻchmanchi qabilalar asoratidan xalos etib mamlakatni obod qilish yoʻlida xayrli ishlar qilgan, koʻplab shaharlar bunyod etgan, xalq farovon yashagan. Shuninguchun 3. vafot etgach, vatandoshlari uning porloq xotirasini eʼzozlash maqsadida tarixda misli yoʻq maqbara qurishgan. Uch burchakli piramida shaklidagi mahobatli maqbaraning har bir tomonining uz. 3 stadiy (1 stadiy 176,6 m ga teng)ga teng boʻlib, uning oʻtkir uchlari kukka boʻy choʻzgan. Maqbaraning tepasida esa Z.ning oltindan yasalgan ulkan haykalini oʻrnatishib, Z.ning jasoratlarini madh etishgan, uning ajdodlariga nisbatan qilingan marosimlardan ham tantanavor ravishda xotirasini yodga olishgan. 3. haqida koʻplab epik asarlar, qissa, doston qadimdan saqlanib qolgan. (maye. "Zarina va Striangep"). "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti K. Moiseyevaning "Zarinaning shamshiri" tarixiy qissasini (S. Hasan tarjimasi) nashr qilgan (2001).

Adabiyot

tahrir
  • Pyankov I. V., Srednyaya Aziya v izvestiyax antichnogo istorika Ktesiya. Dushanbe, 1975.

Faxriddin Hasanov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil