Zarmed universiteti Buxorodda tashkil etilgan birinchi xususiy universitet bo‘lib, 2022-yilda tashkil etilgan. Universitetga tadbirkor va taʼsischi Dilshod Dalerovich Shukurlaev asos solgan. Universitetning Buxoro va Samarqandda ikkita kampusi bor.

Zarmed University
Xalqaro nomi Zarmed University
Shiori Adolatli, Haqqoniy, Jamiyatga Foydali, Global Kadrlar Ta`lim Maskani
Asos solingan 2022
Oʻquv yurti turi Xususiy universitet
Prezident Dilshod Shukurlaev
Rektori Akbarxon Dalerov Dilshodovich
Talabalari 5400
Fakultetlar 3 ta
Bakalavriat 9 ta yo`nalish
Kampusi 3 gektar
Manzili Buxoro shahri, Qayum Murtazayev ko`chasi, 13A
Vebsayti https://zarmeduniver.com/

Universitet tarixi tahrir

Zarmed universiteti 2022-yil avgust oyida Turon Zarmed universiteti sifatida tadbirkor Dilshod Shukurlaev tomonidan tashkil etilgan [1]. 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida ochilgan ko‘p tarmoqli tibbiyot markaz "Zarmed – Pratiksha" Oʻzbekiston-Hindiston qoʻshma korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Dilshod Shukurlaev 2021-yilda Samarqand shahrida "Zarmed – Pratiksha" qoʻshma korxonasi tashkil etishda katta hissa qoʻshgan [2][3] Dilshod Shukurlaev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xususiy tibbiyot universiteti va klinikadan iborat tibbiyot klasterini tashkil etish taklifidan soʻng Zarmed Universitetini tashkil etishga qaror qiladi.[4] Zarmed Universiti oʻzining bilim va malakasi orqali insoniyat taraqiyotiga mahalliy,milliy va global miqyosida hissa qoʻshishga intiluvchi salohiyatli kadrlar tayyorlashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan

Kampuslar tahrir

Zarmed universiteti ikkita kampusga ega - Buxoro va Samarqandda.

Buxoro tahrir

Zarmed Universitetining Buxoro shahridagi 3 gektar (7,4 akr) kampusi Qayum Murtazoev koʻchasida joylashgan boʻlib, 9 ta blokdan iborat.[5]

Samarqand tahrir

Zarmed Universitetining Samarqand shahridagi 2,8 gektar (6,9 akr) kampusi Xo‘ja Ahror Valiy ko‘chasida joylashgan bo‘lib, 10 ta blokdan iborat.[5]

Fakultetlar tahrir

Hozirgi kunda Zarmed universitetda bakalavriatning 9 ta yoʻnalish boʻyicha 3 fakultet mavjud. Fakultetlar va ularning tegishli taʼlim yoʻnalishlariga quyidagilar kiradi:[6][7]

  • Tibbiyot fakulteti
  • Iqtisodiyot fakulteti
  • Tarix fakulteti
  • Filologiya fakulteti (ingliz tili)
  • Filologiya fakulteti (rus tili)
  • Pedagogika va psixologiya fakulteti
  • Maktabgacha taʼlim fakulteti
  • Boshlangʻich taʼlim fakulteti
  • Sport fakulteti

Hamkorlik tahrir

Zarmed Universitetida talabalar sifatli bilim olishi va malaka oshirishi uchun xalqaro universitet va muassasalar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Temple universiteti (AQSh), Hana General Hospital (Koreya Respublikasi), Apollo Hospitals (Hindiston), Almazov Milliy Tibbiy Tadqiqot Markazi (Rossiya), Belarus Davlat Tibbiyot Universiteti, Sharja universitet gospitali (BAA), Acibadem universiteti (Turkiya), Baskent University Healthcare Group (Turkiya) va Voronej Davlat Universiteti (Rossiya).[8][9][10][11][12]

Ma'lumotnomalar tahrir

Tashqi havolalar tahrir

  1. „MGSU strengthens cooperation with universities of the Republic of Uzbekistan“. mgsu.ru. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  2. „ZARMED PRATIKSHA Bog'ishamol“. zarmedpratiksha.uz. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  3. uz. „Uzbekistan, India join hands to establish modern cancer center in Samarkand“ (en). Daryo.uz (2023-yil 16-avgust). Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  4. „Shavkat Mirziyoyev's Press-service“. x.com. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  5. 5,0 5,1 „Zarmed University“. zarmeduniver.com. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Campus" defined multiple times with different content
  6. „Zarmed University“. zarmeduniver.com. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  7. uz. „TURON ZARMED UNIVERSITETI oliy ta'lim muassasasi sifatida litsenziyaga ega bo'ldi“ (uz). Kun.uz.
  8. „UOS SIGNS MOU WITH ZARMED UNIVERSITY TO STRENGTHEN COOPERATION IN MEDICAL SCIENCES“. sharjah.ac,ae. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  9. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“. almazovcentre.ru. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  10. „Temple University - Kornberg School of Dentistry on LinkedIn: #templedentalglobal“ (en). www.linkedin.com. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  11. „VSU signed an agreement with Turon Zarmed, a university in Uzbekistan“. www.vsu.ru. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  12. „A meeting was held at BNTU with the rectors of SamSMU, Tashkent State Historical Institute and the Chairman of the Board of Turon Zarmed University LLC“. times.bntu.by. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.