"ZARYA SURXANA" („Surxon tongi“) — Surxondaryo viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gaz. Termiz sh.da rus tilida haftada 2 marta chiqadi. Dastlab 1941-yil 10-avgustdan „Leninskoye znamya“ („Lenin bayrogʻi“) nomi bilan nashr etilgan. 1991-yildan hozirgi nomda. Gaz.ga turli yillarda G.N.Rokotov, P.T.Trofimenko, M.M.Paletskiy, I.M.Melnikov, A.Hakimov, N.Chehaqov, D.A. Kucherenko va b. muharrirlik qilgan. Gaz. sahifalarida viloyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotiga doyr materiallar berib boriladi. Mamlakat fuqarolarida yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish, shu maqsadda yagona milliy gʻoya — milliy mafkurani yaratish va hayotga tadbiq etish gaz. taxririyati jamoasi oldidagi eng mux, im vazifa sanaladi. Adadi 1000 (2002).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil