Zayniddinbobo, Shayx Zayniddin bobo Koʻhi Orifon Toshkandiy (1164—1259, Toshkent) – shayx. Otasi Shayx Shahobiddin Abu Hafs Umar Suhravardiy Bagʻdodning katta mutasavviflaridan boʻlgan, suxravardiya tariqatini yaratgan. Oʻgʻli Zayniddinni Shosh (Toshkent)ga yuborgan. Zayniddinbobo hozirgi Koʻkcha dahasida hayot kechirgan va tasavvuf ilmi bilan shugʻullangan. Tarixiy manbalarda Zayniddinbobo „sayyidlarning ulugʻi va sharif kishilarning karomatlisi va buyugi“, „oriflarning qutbi va ishonchli rahnamosi“ deb taʼriflanadi. Amir Temur 1391—1392 va 1402–yillar Zayniddinbobo maqbarasini ziyorat qilgan va taʼmir ettirgan. Zayniddinbobo avlodlari „Shayx Zayniddin buva“ qabristoni deb ataluvchi ziyoratgoh maskan yaqinida yashab keladi. Shoir Hislat, akademik Jorulla Fayzullayev, yozuvchi Najibbulo Habibullayev, navoiyshunos olim Hamid Sulaymon va boshqalar ushbu shajara vakillaridir. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil