Zeekr X — Xitoyning Geely Automobile kompaniyasining subbrendi boʻlmish Zeekr tomonidan ishlab chiqariladigan va besh eshikli elektr sport avtomobili[2].

Zeekr X

Zeekr X
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi Zeekr
Boshqa nomlari xitoycha: 极氪 X
Model yili 2023-yil
Zavod(lar) XXR Xitoy
Tasnifi
Sinfi Sport avtomobili
Segment C
Platformasi SEA[1]
Kuch moslamalari
Dvigateli 1 ta dvigatel 272 ot k. (bazaviy model)
2 ta dvigatel 428 ot k.
Tezlanishi 3.7 sek.
Yuqori tezligi 185 km/s (bazaviy model)
190 km/s
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 2,750 mm (108.3 in)[2]
Uzunligi 4,450 mm (175.2 in)
Kengligi 1,836 mm (72.3 in)
Balandligi 1,572 mm (61.9 in)
Vazni 1840 kg (bazaviy model)
1945 kg
Eksteryer
Kuzov turi Hetchbek (Hatchback)
Eshiklar soni 5
Boshqa maʼlumotlar
Aloqador avtomobillar Smart #3
Volvo XC40 Recharge
Tesla Model Y

Tarixi

tahrir

„Zeekr“ nomining dastlabki ikki harfi "zero emission" soʻzining bosh harflaridan olingan boʻlib, uchinchi harfda esa elektr evolyutsiyasi davri (Electric-Evolution-Era) xabari shifrlangan va oxirgi „kr“ harflari kimyoviy element boʻlmish kriptonning belgisidir. Kripton rangi, taʼmi va hidi boʻlmagan gaz, bu nom yunon tilidan „yashirin“ yoki „maxfiy“ deb tarjima qilingan[3].

Zeekr X Geely SEA platformasida qurilgan boʻlib, bu kabi platformasi boshqa koʻplab brendlar Polestar, Volvo va Smart avtomobillarida ham qoʻllangan. . Uzunligi 4,45 metr va gʻildirak bazasi 2,75 metr boʻlgan Zeekr X oʻlchamlari boʻyicha Smart #3 bilan deyarli bir xil. Volvo XC40 Recharge va Tesla Model Y oʻlchamlari boʻyicha juda oʻxshashdir. Avtomobil Tesla Model Y ning asosiy raqobatchisi bo;lishi kutilmoqda[1]


Zeekr X ning bazaviy modeli orqa gʻildiraklari tortuvchi 272 ot kuchiga ega elektomotor bilan jihozlangan. Ogʻirligi 1840 kg ni tashkil qiladi. Avtomobil 185 km/s tezlikkacha harakatlanadi[4]

Elektromobilning gʻildiraklari toʻliq tortuvchi versiyasida old gʻldiraklarida 156 ot kuchiga ega elektr dvigatel oʻrnatilgan boʻlib, orqa gʻldiraklarga oʻrnatilgan dvigatellar bilan qoʻshganda umumiy quvvati 428 ot kuchiga teng. Ushbu versiyasininv ogʻirligi 1945 kg. Yuqori tezligi 190 km/soat. Akkumlyator quvvati 66 kVt/s ni tashkil qiladi. 100 km/s tezlikka 3,7 soniyada erisha oladi. Bir quvvatlanishda 560 km masofagacha yura oladi[2].

Batareya

tahrir

Zeekr X SEA platformasida qurilganligi sababli, u Smart #1 va Smart #3 bilan bir xil batareya va motorlarga ega. 66 kVt/soat quvvatga ega akkumlyator Geely kompaniyasiga tegishli boʻlgan VREMT kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Batareya CLTC koʻrsatkichlari boʻyicha 560 km gacha boʻlgan masofani bosib oʻta oladi[1].

Interyeri

tahrir

Ichki saloni Tesla avtomobillaridagi kabi boʻsh emas. Ranglar va egri chiziqlarning oʻylangan tanlovi bilan Zeekr X ning ichki qismi juda yoqimli qilib ishlangan. Asboblar paneli eshiklar bilan uygʻunlashadi va asboblar panelining yuqori qismi old oyna ostiga koʻchirilib, chiroyli pogʻonali dizayn yaratilgan. Shuningdek, 14,6 dyuymli markaziy ekran mavjud boʻlib, u avtomatik ravishda markazdan yoʻlovchi tomonga qarab harakatlana oladi[1].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir