Zefir (qadimgi yunoncha: Ζέφυρος, „Gʻarbiy“, miken. ze-pu2-ro[1]) – Qadimgi Yunonistonning ikkinchi darajali mifologik[2] xudosi. Astrea va Eosning oʻgʻli[3], Boreya, Evra va Notaning ukasi[3]. Nomi "Iliada "da eslatib oʻtilgan (II, 147 va boshqalar.). Shamollarning eng mayini, bahor xabarchisi. U Frakiyadagi gʻorda yashagan deb faraz qilingan. Uning Rimdagi muqobili oʻsimliklar va gullar ustidan hukmronlik qilgan Favoniy boʻlgan.

Sevgilisi – Xlorida (Lotindagi muqobili – Flora), undan Karposni dunyoga keltiradi. Zefir, shuningdek, Geosintga oshiq boʻlgan Apollonning muhabbatdagi raqibidir[4]. Baʼzi asotirlarga koʻra, kamalak maʼbudasi Irida[5] ning yori boʻlgan. Ularning ham Eros[6] nomli farzandi tugʻilgan. Gomer asarlarida u uni Axilles otlari Baliy va Ksanfaning otasi deb tasvirlangan[7].

U gʻarbiy shamolni aks ettirgan boʻlib, qadimgi odamlarning fikriga koʻra, Oʻrta yer dengizida hukmronlik qilgan. Bahorda boshlanib, yozgi jaziramali quyoshli kunda eng yuqori intensivligiga erishgan. Gʻarbiy Oʻrta yer dengizida bu Xudoning obrazi kuchli va beqarorlik timsoli sifatida ajralib turgan. Chunki u issiq boʻlsa-da, oʻzi bilan tez-tez yomgʻir va hatto boʻronlarni olib kelgan, sharqiy qismida esa Zefir deyarli har doim yengil va yoqimli shabada olib kelar edi.

Shuning uchun ham Zefir haqidagi tasavvurlar turfadi. Yunonlar uni eng kuchli va shiddatli shamollardan biri deb bilgan, rimliklar esa uni erkalovchi, yengil shamol timsoli deb bilishgan. Gʻarb va Sharqdagi Zefirning xususiyatlarining farqi haqida Gomer qoʻshiqlarining tuzuvchilari yaxshi tasavvurga ega boʻlishgan. Unga koʻra Zefirning shamollari eng gʻarbiy hududlarga, hech qanday boʻron, yomgʻir va qorni bilmaydigan orollarga zarba berishi ham mumkin edi[8].

Tezligi tufayli u xudolarning xabarchisi hisoblangan. Uning sharafiga Attikada qurbonlik joyi qurilgan[9]. Zefir shamoli Yelisey maydonlarida esadi[10]. LXXX Orfik madhiyasi[11] unga bagʻishlangan.

Manbalar

tahrir
  1. Predmetno-ponyatiyniy slovar grecheskogo yazika. Mikenskiy period. L., 1986. S.64
  2. Mifi narodov mira. M., 1991-92. V 2 t. T.1. S.468. ISBN 5-85270-016-9
  3. 3,0 3,1 Gesiod. Teogoniya, 380.
  4. Lukian. O plyaske, 45.
  5. Nonn. Deyaniya Dionisa, XXXIX, 116; XLVII, 438.
  6. Alkey, fr. 327. Lobel-Peydj.
  7. Gomer. Iliada, XVI, 149.
  8. Одиссея. IV. 565 sl.
  9. Pavsaniy. Opisanie Elladi I 37, 2.
  10. Gomer. Odisseya IV 567.
  11. „ORPHIC HYMNS 41-86 — Theoi Classical Texts Library“. www.theoi.com. 2021-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-fevral.

Adabiyotlar

tahrir
  • Щukarev A. N. Zefir, veter // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). – SPb., 1890—1907.
  • Venti // Realniy slovar klassicheskix drevnostey / avt.-sost. F. Lyubker ; Pod redaksiey chlenov Obщestva klassicheskoy filologii i pedagogiki F. Gelbke, L. Georgievskogo, F. Zelinskogo, V. Kanskogo, M. Kutorgi i P. Nikitina. – SPb., 1885.