ZENON (Zenon) Kitionlik (mil. av. taxminan 336—264) — yunon faylasufi, stoitsizm falsafiy maktabining asoschisi. Kipr o. dagi Kition sh. da savdogar oilasida tugʻilgan. U falsafani 3 qismga — mantiq, etika va fizikaga boʻlgan. U Geraklit izidan borib, borliqning asosida olov yotadi; barcha narsalar olovdan paydo boʻlgan, asrlar oʻtgach, yana olovga aylanadi, olovning quyuqlashuvi va siyraklashuvidan havo, suv va tuproq paydo boʻladi, deb hisoblagan. 3. fikricha, jamiyatdagi illatlarning boisi faqat bilimlar yetarli emasligidir. Jamiyat toʻgʻrisidagi taʼlimotida 3. kosmopolitik karashlarni rivojlantirdi, borabora jahon davlati qaror topadi, barchaning farogʻati ayrim shaxslar farogʻatidan yuqori turadi, deb hisobladi. Uningcha, hamma xalklar uchun umumiy boʻlgan va butun dunyoni qamrovchi qonun davlatga ham taalluqdi boʻladi. 3. gʻoyalari psixologiya va etikaning rivojlanishiga muayyan taʼsir koʻrsatgan. Uning asarlaridan ayrim parchalar yetib kelgan.[1]

Zenon Kitionlik

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil