Zereshk polou
Zereshk polou (زرشکپلو) - Eron oshxonasidagi taom turlaridan biri bo'lib, u ko'plab marosimlarda maxsus taom sifatida ishlatiladi. Bu taom odatda tovuq, qo'zichoq yoki qo'y go`shtlaridan tayyorlanadi.
Tayyorlash uchun kerakli mahsulotlar
tahrir- namlangan guruch
- zirk
- tovuq go`shti
- shakar
- zira
- za'faron
- tuz va yog'
Tayyorlanishi
tahrirZereshk polouni tayyorlash uchun tovuq go'shti tuzlanadi va oltin rangga aylanguncha yog'da qovuriladi. Tovuq go'shti ustiga zirk, zira va shakar sepiladi va za'faron eritmasi quyiladi. Guruch quritib olinadi.. Yarim litr suv va moyni qozonga qizdirib, qozon tubiga non yoki kartoshka bo‘laklari qo‘yiladi. Guruchning yarmini to'kib, tayyor tovuq yoki go'shtni guruch ustiga qo'yiladi va guruchning qolgan qismini uning ustidan quyiladi. Idishni olovga qo'yib, keyin guruchga yarim litr suv va yog' quyiladi. Bir soat o'tgach, zirk sepiladi.
Tovuq yoki go'shtni alohida idishda guruch qatlami ostiga qo'yish mumkin.
Manbalar
tahrir- Daryabandari, Najaf Fahima Rastkar hamkorligida, Sarimsoqdan piyozgacha Mustatab pishirish kitobi, Tehron: Karnoma nashri, 2004 yil yozi, 1-jild, 780-bet.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |