Eron oshxonasida arab dunyosi oshpazlik sanʼatining taʼsiri sezilib tursa-da, asosan, ularni tayyorlashda Eronning oʻzidagi mavjud mahsulotlardan foydalaniladi. Shuningdek, Eronning tarixiy nomidan kelib chiqib, uni „Fors milliy taomlari“ deb ham atashadi[1][2].

Chelou kabob goʻsht va guruchdan tayyorlanadigan eronliklarning mashhur taomi boʻlib, odatda sariyogʻ va ko'katlar bilan isteʼmol qilinadi.

Guruch eronliklar ovqatlanish ratsionidagi asosiy mahsulotdir. Bundan tashqari goʻsht (asosan qoʻy goʻshti) ham eronliklarning deyarli har bir ovqatlanish mahalida uchraydi. Koʻkatlar va piyoz eron milliy taomlarida muhim ahamiyatga ega mahsulot boʻlib, deyarli har bir taomda ishlatiladi. Maʼlumki, chorvachilik uzoq vaqtdan beri bu mamlakatning qadimiy tarmogʻlaridandir. Xususan, sut, pishloq va ayniqsa qatiq kabi sut mahsulotlari eronliklarning dasturxonida doim uchraydi. Haqiqiy Eron pazandachiligi nozik taʼmlarni yaratishga va qayla va kabob kabi nisbatan oddiy taomlar bilan taomlar tayyorlashga moyildir. Eronda ishlatiladigan eng mashhur ziravor za'farondir; Ammo boshqa koʻplab taʼm beruvchi qoʻshimchalar, jumladan, limon, yalpiz, zardchova, gulob, shuningdek, anor va yongʻoq kabilar eron milliy taomlarida keng foydalaniladi.

Guruchdan tashqari non ham eronliklar ovqatlanish rejimining asosiy tarkibiy qism hisoblanadi. Barbari, Taftan, Lavash va Sangaki kabi non turlari sevib isteʼmol qilinadi. Eronliklar Chelou turlarini tayyorlashda tah-e dig, Zirk zaʼfaron va Ojil foydalanadilar. Bu mamlakatdagi umumiy ovqatlanish maskanlarida birinchi taom sifatida kabob taklif etiladi. Kabobning keng tarqalgan turlariga kabobi baxtiyori, chelou kabob, joʻja kabob va Kubide kabobi kiradi.

Baliqli sabzi palov, Obgusht, do'lma, zereshk palov, sabzi palov, fasenjon, qorme sabzi va mirzoqosimi kabi taomlar eronliklar dasturxoniga rang-baranglik bag‘ishlaydi

Eron shirinliklarining barcha turlari ham disert sifatida isteʼmol qilinadi. Masalan, ranginak, folude va eron muzqaymoqlari bu mamlakatning eng mahhur disertlaridandir. Eronliklar nonushtasi oʻziga xos menyuga ega. Tushlik asosiy taom, kechki ovqat esa odatda engilroq boʻladi. Eron ikrasi dunyoda mashhurdir va bir vaqtlar Eron dunyodagi birinchi ikra ishlab chiqaruvchisi boʻlgan.

Tarixi tahrir

Eron afsonalarida aytilishicha, ovqat pishirish Zahhok hukmronligi davridan boshlangan. Undan avval devlar bu hunar bilan tanish boʻlishgan va mazali osh va boshqa taomlarni pishirishgan. Pahlaviy tilida bitilgan manbalar orasida Xosrov Kvatan va Ritekning (Xosrov va Ridg) risolasida xo'reshlar, ovqatlar va sosoniylar davrida ular qanday isteʼmol qilinishi maʼlumotlar qayd etilgan. Bu eron oshpazlik tarixini tayyorlashda ishonchli manba hisoblanadi.

Bir qancha eron milliy taomlarining nomlari va oshpazlikka oida atamalarning arabiylashgan shaklini arab manbalarida uchratish mumkin. Arab tilida oshpazlik sohasiga oid koʻplab kitoblar mavjud boʻlib, ularda bir qancha oʻxshash atamalar va soʻzlarni uchratish mumkin. Bu, ehtimol , Abbosiylar xalifalarining maʼmuriy va devon ishlariga koʻp sonli eronliklarning jalb qilinganligi va natijada ularning urf-odatlari qatorida oshpazlik elementlari ham arablar hayotiga kirib kelgan boʻlishi mumkin. Xususan, bu Abbosiylar davrida ham davom etgan. Fors tilida oshpazlikka oid 4 ta mustaqil kitob bor:

  1. Hoji Muhammad Ali Belorchi Bag‘dodiyning pazandachilik va uning sanoati bo‘yicha ish kitobi. Bu kitob Shoh Ismoil davrida yozilgan
  2. Nurullohning Madal al-Hiyova asari. U Shoh Abbosning oshpazi boʻlgan.
  3. „Shoh Jahon nusxasi“ Hindistondagi Boburiy shohlaridan biri Shoh Jahon (1027-1068) davrida yozilgan.
  4. Nodir Mirzo „Kornome“ asari. Nodir Mirzo Qojarlar davridagi yozilgan „Tabriz tarixi“ kitob muallifi hamdir.

Eron oshpazligi Afgʻoniston, Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston, Iroq va Turkiya oshpazligi bilan oxshash tomonlari bor.

Galereya tahrir

Eron taomlari roʻyxati tahrir

Forscha nomi Oʻqilishi Forscha nomi Oʻqilishi
آش āsh اشکنه eshkene
باقلاپلو bāghla polo بریان

(بریون)

beryan
ترشی torŝi حلوا halvā
خاگینه xāgine خورش قیمه khoreš
سمبوسه sambose شربت šarbat
شله زرد šole zard آبگوشت Obgusht
شیربرنج širberenj شیرین‌پلو širin polou
عدس‌پلو adas polou هلیم Halim (ovqat)
قلیه ماهی gheliye Mahi قلیه میگو gheliye Meygu
فرنی Ferni عدسی adasi
کاچی Kochi کباب kabāb
کله پاچه kale pāče کلوچه Koloče
کوفته kufte آلبالوپلو ālbālu polou
دلمه dolme دمپختک Dempaxtak
رشته‌پلو reshte polou کوکو kuku
زرشک‌پلو zerešk polou سبزی‌پلو sabzi polou
کتلت kotlet کلم‌پلو Kalampelyo
کله‌جوش Kalejush لوبیاپلو lubiyā polou
میرزاقاسمی mirza ghāsemi نخودپلو noxud polou
یتیمچه yatimče ترخینه tarxine
ته‌چین tahčin کباب چنجه kabāb-e čenje
فسنجان fesenjān شیشلیک šišlik
قورمه‌سبزی Qorme sabzi تخم مرغ گوجه toxm-e morgh-e guje
کشک بادمجان kashk-e bademjan هلیم بادمجان halim bademjān

Mavzuga oid maqolalar tahrir

Manbalar tahrir

Adabiyotlar tahrir

  1. "Tehrān". Encyclopædia Britannica. https://www.britannica.com/place/Tehran/Cultural-life. Qaraldi: April 16, 2018. "Persian cuisine is characterized by the use of lime and saffron, the blend of meats with fruits and nuts, a unique way of cooking rice, and Iranian hospitality. Food is subtly spiced, delicate in flavour and appearance, and not typically hot or spicy. Many recipes date back to ancient times; Iran’s historical contacts have assisted in the exchange of ingredients, flavours, textures, and styles with various cultures ranging from the Mediterranean Sea region to China, some of whom retain these influences today." 
  2. Clark, Melissa. „Persian Cuisine, Fragrant and Rich With Symbolism“. New York Times (2016-yil 19-aprel).

Tashqi havola tahrir