Parhez, diyeta — miqdori, kimyoviy tarkibi, kaloriyaliligi (quvvati) va pishirib tayyorlanishi jihatidan maxsus tanlangan ovqat ratsioni, sogʻlom kishilar hamda bemorlarga moʻljallangan ovqatlanish rejimi. Parhezda organizmning oziq-ovqatlarga boʻlgan fiziologik ehtiyoji qondiriladi. Bemorlarga parhez buyurilganda moddalar almashinuvi yoki biror aʼzo funksiyasi buzilgan boʻlsa, uning faoliyatini tiklash koʻzda tutiladi. Buning uchun baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari maxsus usullar bilan kayta ishlanadi. Yara kasalligi, kolit, yogʻ bosish va boshqa kasalliklarda parhez keng qoʻllanadi. Kasallikning davri, boskichi va fazasiga qarab, Parhezning bir necha varianti tavsiya etiladi. Kasalxonada davolanayotgan bemorga vrach kam ovqat yeyiladigan kunlar (masalan, 1-2 kun) belgilaydi. Bu kunlarda bemorni ataylab qisman och qoʻyish uchun alohida ratsiondan foydalaniladi[1].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil