Joʻja kabob (forscha: جوجه‌ کباب — juje kabāb) Eron oshxonasining eng mashhur taomlaridan biri boʻlib, anʼanaviy eron kaboblaridandir.

Joʻja kabob. Zaʼfaron solingani uchun sariq boʻladi.

Tayyorlanishi tahrir

Joʻja kabobni pishirish uchun avval tovuq go‘shti mayda boʻlaklarga boʻlinadi va uni limon suvi, to‘g‘ralgan piyoz, zaʼfaron va ziravorlar bilan bir idishga uzoq vaqt (taxminan uch soat) solib qoʻyiladi. Go‘sht bo‘laklari marinadlangandan so‘ng, uzun sixga tiqib chiqiladi. Sixlar choʻgʻlangan qoʻra yoki mangal ustiga terilib, yaxshilab pishiriladi.

Joʻja kabob yumshoq va suvli bo‘lishi uchun yangi va muzlatilmagan go‘shtni ishlatgan maʼqul. Bunda, avval zaʼfaron, keyin ziravor va mayonez qoʻshiladi. Soʻng ozgina yog‘ va to‘g‘ralgan piyoz solinib, uch soatcha marinadlanadi. Eng oxirida tabiiy limon suvi qoʻshilib, yana yarim soatcha marinadlanadi. Agar limon suvi erta qoʻshilsa, goʻsht boʻlaklari quruq boʻlib pishishi mumkin.

Manbalar tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • Nasrin Bojari. Oltmish xil kabob. -Hamadon, „Tala“ nashriyoti, 2006.