Zarchoʻva (Curcuma) – zanjabildoshlarning oilasiga mansub koʻp yillik oʻt oʻsimlik. 50 dan ortiqturi bor. Ikki turi Osiyo, Afrika va Avstraliyaning tropik xududlarida oʻsadi. Hindiston, Indoneziya, Xitoyning janubida ekiladigan (S. Jonga L.) turi koʻproq ahamiyatga ega. Asosan, xushbuy, ildizi tarkibida 1,5—5% efir moyi va zararsiz sariq modda bor. Ildizi kukun holida ishlatiladi, issiq suvda tez eriydi, oziqovqatga (palovni tillarang qilishda zirvakka yoki yuvilgan guruchga qoʻshiladi). Zarchoʻvadan olinadigan sariq buyoq loklarga rang berishda ishlatiladi. Ikkinchisining ildizpoyasidan olinadigan achchiq modda likyor tayyorlashda va tibbiyotda qoʻllaniladi. Yovvoyi turlarining ildizpoyasidan kraxmal olinadi. Zarchoʻva ildizpoyasidan kupaytiriladi[1].

Zarchoʻrva

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil