Zevarxon
"ZEVARXON" — oʻzbek xalq dostoni. Mavzui va uslubi jihatidan yozma adabiyotdagi sarguzasht asarlarga yaqin. Dostonda muhabbat, sadoqat va doʻstlik gʻoyalari tarannum etiladi. Unda Bogʻdod shahzodasi Zevarxon ov vaqtida Shamshod podshosining qizi Malikai Xubonni uchratib, unga oshiq boʻlib qolishi, ikki yosh birbirlariga yetishgunga qadar boshdan kechirgan sarguzashtlar hikoya etiladi. Malikai Xubon timsolida goʻzal, aqlidrok, fahmu farosatda va kuchquvvatda erkaklardan qolishmaydigan ayollar obrazi mujassamlangan. "Zevarxon" ning turli variantlari Oʻzbekiston FA Til va adabiyot instituti arxivida saqlanadi. Fozil Yoʻldosh oʻgʻli aytgan variant nashr etilgan (1970).[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |