Zeynel Abidin masjidi va majmuasi

Zeynel Abidin masjidi majmuasi (turkcha: Zeynel Abidin Camii ve Külliyesi) Turkiyaning janubi-sharqidagi Mardin viloyati Nusaybin shahridagi tarixiy-diniy qurilish majmuasi.

Majmua Mardin viloyatining Nusaybin ilchesida (tuman) joylashgan. Bino imom Zeynel Abidin sharafiga shunday nomlangan. Bino hududidan topilgan bir qancha yozuvlarga koʻra inshoot 1159-yilda bunyod etilgan. Majmua tarkibiga masjid, madrasa va Zeynel Abidinning qabri kiradi.

Jahon merosi maqomi

tahrir

Ushbu hudud yaqin atrofdagi Mor Yakup cherkovi bilan birgalikda 2014-yilning 15-aprelida madaniy yodgorlik sifatida UNESCOning jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[1].

Manbalar

tahrir