Zhang Lu
张鹭
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zhang Lu
Tavallud sanasi 6-sentyabr 1987-yil (1987-09-06) (36 yosh)
Tavallud joyi Tianjin, Xitoy
Boʻyi 1.92 m (6 ft 3 12 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shenzhen
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2003 Tianjin Locomotive
2004 Liaoning Whowin
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2015 Liaoning Whowin 231 (0)
2016—2019 Tianjin Quanjian 112 (0)
2020 Shenzhen 26 (0)
Milliy terma jamoa
2010 Xitoy 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 31-dekabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2014-yil 26-oktyabr uchun)

Zhang Lu (talaffuzi: Chjan Lu) (1987-yil 6-sentyabrda Tianjinda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining Shenzhen klubida oʻynaydi.

Klub faoliyati tahrir

Zhang Lu futbolchilik faoliyatini 2005-yilda yoshlar jamoasini tugatgandan soʻng „Liaoning Whowin“da boshlagan. Yosh boʻlishiga qaramay, u debyut mavsumida tezda Liaoning jamoasida oʻzini namoyon qilgan. Jamoa 2008-yilgi liga mavsumida ikkinchi divizionga tushib ketgan[1]. Ushbu muvaffaqiyatsizlikka qaramay, Zhang Liaoning bilan qolgan va jamoaga ikkinchi divizion chempionligini qoʻlga kiritishga yordam bergan.

2016-yilning 12-yanvarida Zhang Xitoyning Birinchi ligasida o‘z shahrining „Tianjin Quanjian“ klubiga o‘tgan[2]. Klubdagi birinchi mavsumida u oʻzini asosiy darvozabon sifatida koʻrsatgan va Xitoy Superligasiga chiqgan hamda jamoasi bilan divizion chempionligini qoʻlga kiritgan[3]. U oʻzini jamoaning asosiy oʻyinchisi sifatida koʻrsatgan va ularga tarixda birinchi marta uchinchi oʻrinni egallab, OChL yoʻllanmasini qoʻlga kiritishga yordam bergan[4].

2019-yil 18-sentyabrda Zhang Yoʻl politsiyasi tomonidan tekshirilgan va qon tekshiruvi uning qonida alkogol miqdori 253,3 ekanligini aniqlangan. U 21-sentabr kuni avtomobilni mast holda boshqarganlikda gumonlanib qo‘lga olingan[5]./Xitoy futbol assotsiatsiyasi, Zhangning milliy terma jamoadagi mashgʻulotlari va musobaqalar saralashini bekor qilishga qaror qilgan[6]. U 2019-yil 26-sentyabrda to‘rt oylik sinov muddatiga hukm qilingan[7].

2020-yil iyul oyida Zhang Shenzhen FC bilan shartnoma imzolagan „Tianjin Tianhai“ning sakkiz sobiq oʻyinchisidan biri edi[8]. U Shenzhen uchun debyutini 2020-yil 28-oktabr kuni „Shijiazhuang Ever Bright FC“ga qarshi o‘yinda o‘tkazgan[9].

Xalqaro faoliyati tahrir

Zhang 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish uchun dastlabki tarkibga kiritilgan edi, biroq u uchinchi tanlov darozaboni boʻlgan va oxirgi oʻn sakkiz kishilik yakuniy tarkibga kiritilmagan[10]. U Xitoy milliy futbol jamoasi uchun 2010-yil 3-martda Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan, ammo oʻyin FIFA tomonidan tan olinmagan[11].

Shaxsiy hayoti tahrir

Zhang 2013-yilning 9-noyabrida Liaoning televideniyesi boshlovchisi Chen Mi (bàngín) bilan turmush qurgan[12].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Liaoning Whowin 2004 Xitoy Super Ligasi 0 0 0 0 0 0 - 0 0
2005 5 0 1 0 1 0 - 7 0
2006 17 0 1 0 - - 18 0
2007 20 0 - - - 20 0
2008 19 0 - - - 19 0
2009 Xitoy Birinchi Ligasi 24 0 - - - 24 0
2010 Xitoy Super ligasi 25 0 - - - 25 0
2011 21 0 2 0 - - 23 0
2012 30 0 4 0 - - 34 0
2013 15 0 1 0 - - 16 0
2014 29 0 1 0 - - 30 0
2015 26 0 0 0 - - 26 0
Jami 231 0 10 0 1 0 0 0 242 0
Tianjin Quanjian 2016 Xitoy Birinchi Ligasi 30 0 2 0 - - 32 0
2017 Xitoy Super ligasi 30 0 2 0 - - 32 0
2018 30 0 0 0 - 10 0 40 0
2019 22 0 1 0 - - 23 0
Jami 112 0 5 0 0 0 10 0 127 0
Shenzhen 2020 Xitoy Super ligasi 4 0 0 0 - - 4 0
2021 22 0 3 0 - - 25 0
Jami 26 0 3 0 0 0 0 0 29 0
Karyerada jami 369 0 18 0 1 0 10 0 398 0

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Liaoning Whowin

  • Xitoy Birinchi ligasi : 2009[13]

"Tianjin Quanjian" F.C.

  • Xitoy Birinchi ligasi : 2016[14]

Manbalar tahrir

  1. „China 2008“. rsssf.com (2009-yil 3-aprel). 2010-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-sentyabr.
  2. 权健发海报宣布张鹭加盟 at sports.sohu.com 2016-01-12 Retrieved 2016-01-12
  3. „2016赛季中甲积分榜“. sports.sina.com.cn (2016-yil 12-mart). Qaraldi: 2019-yil 31-iyul.
  4. „China 2017“. rsssf.com (2018-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
  5. „国门张鹭醉驾被天津警方刑拘 涉嫌危险驾驶罪“. Netease (2019-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 21-sentyabr.
  6. „中国男足国门张鹭涉嫌醉驾被足协取消国家队集训和比赛“. Lianhe Zaobao (2019-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 21-sentyabr.
  7. „国足门将张鹭醉驾被判处拘役四个月,并处罚金一万元_“ (2019-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 26-sentyabr.
  8. „8 former players of disbanded Tianjin Tianhai join Shenzhen Football Club“. Xinhuanet. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  9. „SHENZHEN VS. CANGZHOU MIGHTY LIONS 1 - 0“. uk.soccerway.com (2020-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
  10. „国足公布26人集训名单 连鲁各有五将海外无人入选“. sports.sina.com.cn (2006-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 29-sentyabr.
  11. „Portugal vs. China PR 2-0“. uk.soccerway.com (2010-yil 3-mart). Qaraldi: 2014-yil 25-avgust.
  12. „娇妻讲与辽足门将相识历程 张鹭偷订机票造浪漫“. Shenyang Evening News (2013-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 21-sentyabr.
  13. „中甲最终积分榜:辽宁冠军南昌冲超成功 四川降级“. sports.sina.com.cn (2009-yil 28-mart). Qaraldi: 2019-yil 22-avgust.
  14. „2016赛季中甲积分榜“. sports.sina.com.cn (2016-yil 12-mart). Qaraldi: 2019-yil 6-avgust.