Zijlar
Zijlar (fors. — boʻyra) — qad. astronomik jadvallar. Oʻrta asrlarda barcha astronomik rasadxonalar oʻz oldiga Quyosh, Oy va oddiy koʻz bilan koʻrinadigan sayyoralarning yulduzlar orasidagi harakatlarini kuzatish, kuzatish maʼlumotlari asosida astronomik doimiylarning qiymatlarini hisoblab topish; Oy va Quyosh taqvimlariga tegishli maʼlumotlarning jadvallarini tuzish; shuningdek, yulduzlarning koordinatalari, yirik aholi punktlari va shaharlarning geografik koordinatalarini aniklab, ularni jadvallarda aks ettirish kabi vazifalarni qoʻyardi. Rasadxonalar faoliyatining katta qismi olingan kuzatish maʼlumotlari asosida jadvallar tuzishni taqozo qilardi. Bunday koʻp jadvallarni oʻz ichiga olgan astronomik asarlar, odatda, "zij" deb yuritilar edi. Jadvallarning tik (vertikal) va yotiq (gorizontal) chiziqlari (sonlari bilan birga) boʻyrani eslatgani uchun ham mazkur risolalar shunday nom bilan atalgan, deb taxmin qilinadi. 3. yoylarning sinuslari, yaʼni vatarlari jadvallarini, trigonometrik funksiyalar jadvallarini ham oʻz ichiga olgan. Fors olimlari qoʻlyozmalarida "zij" atamasi 7-asrdan boshlab, arab xalifaligida astronomiyaga oid mashhur 3. 9-asrdan boshlab uchraydi. 9-asr oʻrtalarida Klavdiy Ptolemey (2-asr) ning "Almagest" ("al-Majistiy") astronomik asari arab tiliga oʻgirilgan.
Umuman, 8, 9asrlarda kariyb 100 ga yaqin 3. tuzilganligi maʼlum. Ulardan 20 ga yaqini mualliflarning bevosita astronomik kuzatishlari asosida tuzilgan boʻlib, koʻpchiligi Oʻrta Osiyoda, aniqrogʻi, Movarounnahrda yoki Movarounnahr olimlari ishtirokida tuzilgan. Koʻp 3. ularni tuzuvchi olimlarga homiylik qilgan davlat arboblariga bagʻishlangan.
Sharqda eng mashhur 3. quyidagilardir: Muhammad ibn Muso alXorazmiy (taxminan 780—850) va Abbos ibn Sayd al-Javhariy (9-asr) tomonidan tuzilgan va abbosiylar xalifasi Maʼmun arRashidga (813—883) bagʻishlangan "Ziji alMaʼmuniy", Sobiylar toifasidan chiqqan Muhammad alBattoniy (850— 929) tomonidan tuzilgan "Ziji asSobiy", marvlik Ahmad ibn Abdulloq Habash alHosib (9-asr) tomonidan tuzilgan "Ziji alHabashiy", Umar Xayyom (1048—1131) tomonidan tuzilgan va saljuq sultoni Malikshoh ibn Ali Arslonga (1072—1092) bagʻishlangan "Ziji Malikshohiy", marvlik Abulfath Abdurrahmon alHaziniy (12-asr) tomonidan tuzilgan "Ziji alHaziniy", Abu Rayhon Beruniynint Gʻazna sultoni Maʼsud Gʻaznaviyga bagʻishlangan "Qonuni Maʼsudiy"si, ozarbayjon astronomi Nasriddin Tusiy (1201 — 1274) rahbarligida tuzilib, moʻgʻul xoni Xalokuga bagʻishlangan "Ziji Ilxoniy", Gʻiyosiddin Jamshid alKoshiy (taxminan 14—15 a.lar) tomonidan tuzilib, Ulugʻbekka bagʻishlangan "Ziji Xoqoniy", Ulugʻbek va uning shogirdlari tomonidan tuzilgan "Ziji Koʻragoniy ("Ziji Ulugʻbek") va b. Dastlabki Z.ning aniqligi Ptolemey jadvalining aniqligidek boʻlgan, biroq keyingi Z.da ancha yuqori aniqlikka erishilgan. Chunonchi, alXorazmiy zijida oltmishlik sanoq sistemasida sinuslar jadvali G oraliqda uch xona aniqlikda va kotangenslar jadvali bir xona aniqlikda berilgan. Habash alHosibning zijida sinus, sinusverzus, tangens, kotangens va kosekanslar jadvali G oraliqda uch xona aniqlik bilan berilgan. Beruniyning "Qonuni Maʼsudiy" asarida sinuslar jadvali 15’ oraliq bilan, tangenslar jadvali G oraliq bilan berilgan. Beruniy, xususan, sin G ni 10 8 gacha aniqlik bilan hisoblagan. Eng aniq zijlardan biri Ulugbekning "Ziji Koʻragoniy"si boʻlib, unda 1018 ta yulduzning ekliptik koordinatalar sistemasidagi holati koʻrsatilgan va sinuslar jadvali G oraliq bilan, tangenslar jadvali 45° gacha G aniklik bilan, 46° dan 90° gacha 5’ aniklik bilan berilgan. Ulugʻbek ziji buyicha trigonometrik funksiyalar qiymatlarini qariyb 10~10 gacha aniklik bilan hisoblash mumkin. Sharq mamlakatlarida tuzilgan 3. Gʻarbiy Yevropada trigonometriya va astronomiyaning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Xususan, alXorazmiy, alBattoniy, alHaziniy, Beruniy, Nasriddin Tusiy va Ulugʻbek jadvallari II — 17asr Gʻarbiy Yevropa olimlariga maʼlum boʻlib, gʻarb tillariga tarjima qilingan va Yevropada fan va madaniyatning rivojlanishida muhim oʻrin tutgan.
Adabiyot
tahrir- Yushkevich A. P., Istoriya matematiki v sredniye veka, M., 1961; Kari Niyazov T. N., Astronomicheskaya shkola Ulugbeka, Izbr. trudi t. 6, T., 1967; M a medbe ili G. D., Osnovatel Maraginskoy observatorii Muhammed Nasireddin Tuyey, Baku, 1961; Geveliy Yan., Atlas zvyozdnogo neba, T., 1968.
Abdumajid Rahimov, Mamatmuso Mamadazimov.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |