Zikri sultoniy
Zikri sultoniy - zikr insonning butun borligʻini egallagan holatini aks ettirish uchun qoʻllaniladigan atama. Naqshbandiylikka oid asarlarda besh latoif zikri (zikr latoif al-xamsa) amaliyoti uchraydi.
U tanadagi beshta muayyan oʻrindir. XVIII asr oxirida yashagan naqshbandiylik namoyondasi Mir Dard bu amaliyot borasida ma’lumot bergan. Unga koʻra, koʻksning chap tomonida mavjud boʻlgan qalbda «qalbiy zikr» bor. U muhabbat va shavqda namoyon boʻladi. Soʻng unga «ruhoniy zikr» ergashadi. U koʻksning oʻng tomonidan xotirjamlik va sakinat bilan chiqadi.
«Sirriy zikr» koʻksning chap tomoniga yaqin joydan tavakkulni ifoda etgan holda keladi. «Xafiy zikr» koʻksning tepasidagi oʻng tomonda boʻladi va u gʻaybat va nafsning fano boʻlishi bilan bogʻlanadi. «Eng xafiy zikr» (axfo) esa koʻksning oʻrtasida. Shundan soʻng zikr oʻrni miyaga (sulton) yetib boradi. Soʻngra insonning butun tabiatiga, ya’ni jasadu ruhga oʻtadi. Ana shu holat «sultoniy zikr»deyiladi. Sufiy zikr uning butun tabiatini toʻla-toʻkis qamrab olishi uchun unga diqqatini jamlashi lozim[1].
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Usmonov I, Olimov S, Yo'ldashxo'djayev H, Faxriddinov Z, To'ychiyeva N, Jabborov N, Cho'tmatov J, Rahimov K, Komiljonova Z, Karimova S, Nurmuhammedov D, Erkaboyeva F, Jurayev O Turdiyeva D.. Tasavvuf atamalari. Movarounnahr nashriyoti, 2015 — 360-bet. ISBN 978-9943-12-346-5.