Zilola mahallasi
Zilola mahallasi — Bektemir tumanidagi mahalla. „Rohat“, „Mirishkor“, „Chashma“, „Istiqbol“ mahallalari bilan chegaradosh. 1991-yilda tashkil topgan. Mahalla hududi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga qarashli „Suvmash“ zavodining ishchi va xizmatchilari iltimosiga binoan „Zilola“ deb atalgan.
Zilola mahallasi | |
---|---|
Mamlakat | O'zbekiston |
{{{tuman_turi}}} | Bektemir |
Aholisi (2009) |
3 175 |
Aholisi 3175 kishi. Milliy tarkibi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozok, koreys, tatarlar ham yashaydi (2009). Mahalla hududida 2 ta koʻcha, 2 ta sport maydonchasi, novvoyxona, bolalar bogʻchasi, bozorcha joylashgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.