Zimnonsoy
Zimnonsoy — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy, Serkalisoy (Teraklisoy)ning chap irmogʻi. Chatqol tizmasining tarmogʻi — Qoraqush togʻi (3864 m)ning shim.gʻarbiy yon bagʻirlaridan oqib tushadigan 30 dan ziyod mayda irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Boshlanishida yon bagʻirlari tik va tor vodiyda tez oqadi. Oʻrta oqimida soy vodiysi bir oz kengayadi. Uzunligi 18 km. 3., asosan, qor va qisman yomgʻir suvlaridan toʻyinadi, suvi may — iyun oylarida koʻpayadi, kam suvli davr dek. — fevralga toʻgʻri keladi[1].
Zimnonsoy | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 13 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |