Zinaida Kovalevskaya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Zinaida Mixaylovna Kovalevskaya (1902, Saratov viloyati — 1979.5.11, Samarqand) — Oʻzbekiston xalq rassomi (1964). Qozon rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1922—27), 1943-yilda I. Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik institutida sirtdan diplom yoqlagan. 1930-yildan Oʻzbekistonda. 1932—49 yillarda Samarqand rassomlik bilim yurtida pedagog. Kovalevskaya asarlarida oʻzbek diyori va uning kishilari yorqin boʻyoqlarda nafis aks ettirilgan. Portretlar ("Ota portreti", 1939; "Ona portreti", 1945; rus rassomlari P. Benkov, 1945; B. M. Teplov, 1952; S. Rakova, 1961-y. va boshqalar), manzaralar ("Eski shahar koʻchasi", 1945;"Hovuz boʻyidagi choyxona", 1945; "Urgutda", 1956-y. va boshqalar), oʻzbek ayollari tasvirlangan lavhalar ("Teatr lojasida", 1937; "Velosiped musobaqasining gʻolibasi", 1939; "Xalq ijodi ustalari", 1947-y. va boshqalar), natyurmortlar ("Natyurmort", 1955; "Qovoq", 1961) yaratgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |