Zirh
Zirh — 1) odamlarni, harbiy texnikani, qurolyarogʻ, turli mudofaa inshootlarini oʻq, snaryad, aviatsiya bombalari va yadro portlashlarning shikayet beruvchi taʼsirlaridan himoya qiluvchi vosita. Asosan, zirh poʻlatidan qilinadi. 3. oʻq va snaryadlarning taʼsiriga qarshilik koʻrsatadigan chidamli va snaryadlar koʻp martalab tekkanda yemirilmaydigan boʻlishi lozim. Bu xususiyatlar poʻlatning kimyoviy tarkibini, eritish texnologiyasini, termik ishlov berishni, ulardan tayyorlanadigan detal va buyumlarning texnologik jarayonlarini tanlab taʼminlanadi. Vazifasiga kura, 3. oʻqqa va snaryad parchalariga karshi, snaryadga qarshi, tayyorlash xususiyatiga koʻra prokatlangan va quyma; tuzilishiga kura, monolit (yaxlit), kombinatsiya lashgan; ichki tuzilishiga kura, gomogen (bir jinsli), geterogen (kesimi boʻyicha xossalari bir xil boʻlmagan) xillariga boʻlinadi. 3. alyuminiyplastmassa yoki poʻlatalyuminiyplastmassa aralashmasidan ham tayyorlanishi mumkin. Qadim zamonlarda ham Z.dan foydalanishgan (mas, oʻq va qilich zarbidan badanni himoya qiladigan vositalar). Harbiy avtomobil va bronepoyezdlar, tank, kema, samolyotlar Z.langan; 2) zirhli mollyuskalarning chigʻanogʻi va zirxlilarning teri skeletini anglatuvchi tushuncha. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |