Ziyo samadiy (1914.15.4, Toldiqoʻrgʻon viloyati Panfilov qishlogʻi) — uygʻur yozuvchisi, davlat va jamoat arbobi, zamonaviy uygʻur adabiyoti asoschilaridan. Qozogʻiston xalq yozuvchisi (1986). Sharqiy Turkistonda yashagan (1931—60). Gomindan hukumatiga qarshi ozodlik kurashida qatnashgan, qamalgan (1937—44). XXR Shinjon (Sinszyan) uygʻur muxtor respublikasi madaniyat ishlari vaziri, yozuvchilar uyushmasi raisi (1950—57). 1957 y. Xitoy Kompartiyasi rahbarlarining siyosatiga qarshi chiqqani uchun hamma lavozimlardan boʻshatilgan va Qurla viloyatiga ogʻir jismoniy mehnat jabhasiga yuborilgan. 1961 y. Qozogʻistonga qaytgan. Sheʼrlari 1934 y. dan "Ili gazeti" da bosilgan. Pyesalari ("Qonli dogʻ", 1934; "Xitoy zindonlarida", 1947; "Loshmon", 1950; "Zulmga zavol", 1952), tarixiy romanlari ("Moyimxon", 1965; "Yillar siri", toʻrt kitobdan iborat, 1967—96; "Gʻani botir", 1979; "Ahmad afandi", 1977) da uygʻur xalqining milliy ozodlik kurashi oʻz ifodasini topgan.

ManbalarTahrirlash

  • Moyimxon, T., 1972; Yillar siri, roman, T., 1986.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil