Zobuliston
Zobuliston — oʻrta asrlarda Afgʻonistonning jan. kismi bilan Balujistonning shim. qismidan iborat hudud nomi. Kobuliston, Xuroson, Seyiston, Makron va Sind bilan chegaradosh bulgan. 3. togʻli, oqar suvlari koʻp bir bahavo yer boʻlib, aholisi shijoatkorligi bilan dong chiqargandi. Oʻsha kezlarda Gʻazna, Maymand va Kalot uning maʼmuriy markazlaridan bulgan. "Shohnoma" da juda kup tilga olingan 3. nomi hozirgi kunda isteʼmoldan chiqqan bulib, uning hududi Afgʻoniston bilan Balujistonga qoʻshib yuborilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |