Zohir Qoʻchqor oʻgʻli

(Zohir Qo`chqor o`g`lidan yoʻnaltirildi)

Zohir Qoʻchqor oʻgʻli (1920, Buxoro viloyati) — oʻzbek baxshisi. Doston va termalar kuylashni bobolari Rahmon va Quvvat baxshi (19—20-asr) lardan oʻrgangan. Islom shoirnint shogirdi. "Ernazarxon", "Nurali", "Goʻroʻgʻli" turkum dostonlari, "Tillo qiz" va b. dostonlarni mahorat bilan kuylagan. Undan "Goʻroʻgʻlining tugʻilishi", "Hasanxon", "Avazning Yulduzkoʻz pariga borishi", "Oytoʻra bilan Mastura", "Kunlarim" kabi 20 dan ortiq doston va koʻpgina termalar yozib olingan. Oʻzbekiston FA Qoʻlyozmalar instituti chiqargan "Oʻzbek xalq dostonlari katologi" (1986)da Z.ning 21 dostoni (va-riantlari bilan) tavsifi bor.

Manbalar

tahrir
  • Hasanxon [nashrga tayyorlovchi M. Mir-zayeva]. T., 1969.[1]


  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil