Zohiriylar (arab, zohir — tashqi, oshkor) — Dovud ibn Ali alIsfahoniy az-Zohiriy (883 y.v.e.) asos solgan islom huquqiy maktabi (mazhabi) izdoshlari. Dovud ibn Ali huquqiy amaliyotda Qurʼon va sunnani aynan tushunish va talqin qilishnigina tan olgan birinchi faqih edi. Uning ta-rafdorlari Qurʼon matnidagi yashirin (botiniy) maʼnoni rad etib, uni ma-joz.iy talqin etib boʻlmaydi, deb hisoblaganlar. 3. huquq uslubi masalalarida mantiqiy usullar (raʼy, istih-son va b.)dan foydalanishga keskin qarshi edilar. Keyinchalik, qiyos va ijmoni juda cheklangan darajada qoʻllashga rozi boʻlganlar. 3. mazhabi 10— 13-asrlarda musulmonlar olamida keng tarqaldi. Iroqda 3. oʻz mazhablarini oʻrganishni tashkil qildilar va bu taʼlimotni Iroqdan tashqarida ham faol targʻib qildilar. 3. 15-asrdan asta yoʻq boʻla boshladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil