Zohirjon Akramxonov (1994-yil 2-may, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik futbol mutaxassisi.

Zohirjon Rustamjon oʻgʻli Akramxonov
Tavalludi 2-may 1994-yil (1994-05-02) (30 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston milliy universiteti (2016)
Kasbi Futbol mutaxassisi
Faoliyat yillari 2015-yildan hozirgacha
Dini Islom

Biografiyasi

tahrir

1994-yil 2-may kuni Andijon viloyatida tugʻilgan[1].

2015-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini va 2022-yilda UEFA akademiyasini tugatgan[2].

2015-yildan 2017-yilgacha „Lokomotiv Toshkent“ futbol klubi matbuot xizmatida ishlagan[3].

2017-yildan 2024-yilgacha Oʻzbekiston Professional futbol ligasida matbuot boʻlimi boshligʻi, keyinchalik klublarni litsenziyalash va xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi, bir vaqtning oʻzida musobaqalar oʻtkazish boʻyicha komissari boʻlgan[4][5].

2023-yilda Varshavada oʻtgan Jahon Professional futbol ligalari assotsiatsiyasining (World Leagues Forum) yillik umumiy yigʻilishida Oʻzbekiston va uning futboli haqida taqdimot oʻtkazgan.

2022-yildan 2024-yilgacha Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi komissari boʻlgan, 2020-yildan buyon Osiyo Futbol Konfederatsiyasi komissari hisoblanadi[6].

2024-yil 1-dekabrdan buyon Osiyo Futbol Konfederatsiyasi professional futbol departamentida faoliyat yuritmoqda[7].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir