Akmal Boqijonovich Zokirov (1971.7.5, Toshkent) — kikboksing boʻyicha jahon chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi (1996). 1993-yildan Toshkentdagi "Billur" sport klubida kikboksing bilan shugʻullana boshladi. Murabbiysi — B. Sh. Zokirov. 3. 1994 — 98 yillarda Oʻzbekiston chempioni, 1994-yil Osiyo chempionatida 1-oʻrin, 1995-yil jahon chempionatida (Kiyev) 2-oʻrinni egalladi. 9 jahon chempionatida (Praga, 1996) 55 kg vaznda gʻolib boʻldi. Birmingem (Angliya), Dubrovnik (Xorvatiya), Gdansk (Polsha)da boʻlib oʻtgan jahon chempionatlari sovrindori. Zokirov yosh kikboksingchilar bilan munta-zam mashgʻulot olib boradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil