Zona (musiqada) — muayyan tovushning tebranish doirasi. 3. nazariyasini rus akustik olimi N. Garbuzov (1880—1955) asoslab bergan. Musiqa tovushlarining umumiy xususiyati saqlangan holda miqdoriy ifodasi (tebranish tezligi, tarkibi, kuchi, davomiyligi va b.) oʻzgarib turadi. Musiqa tovushqatorining har bir pogʻonasiga bir xil tebranishlar emas, maʼlum tebranishlar doirasi toʻgʻri keladi. Maye, birinchi oktava "lya" tovushining umumiy ifodasi 440 gs tebranishga teng deb hisoblansa ham aslida uning tebranish doirasi, yaʼni Z.si 435—445 tebranishlarni oʻz ichiga oladi. Musiqa tovushning bu xususiyatlarini Sharqda ilk bor Forobiy va Ibn Sinolar taʼkidlashgan. Oʻzbek xalq musiqasining 3. xususiyatlarini musiqashunos L. Koval tadqiq etgan.

Adabiyot tahrir

  • Koval L. G., Intonatsionniy stroy oʻzbekskoy narodnoy muziki, T., 1990.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil