Zou Zheng
邹正
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zou Zheng
Tavallud sanasi 7-fevral 1988-yil (1988-02-07) (36 yosh)
Tavallud joyi Qingdao, Shandong, Xitoy
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sichuan Jiuniu
Raqami 25
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2002 Qingdao Hainiu
2005—2007 Qingdao Jonoon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2014 Qingdao Jonoon 170 (13)
2015—2018 Guangzhou Evergrande 45 (3)
2019—2022 Guangzhou R&F 9 (0)
2020Qingdao Huanghai (Ijara) 11 (0)
2021Qingdao Huanghai (Ijara) 12 (0)
2022 Sichuan Jiuniu 0 (0)
Milliy terma jamoa
2015 Xitoy 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 19-aprel uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2019-yil 21-aprel uchun)

Zou Zheng (talaffuzi: Szou Chjen) (1988-yil 7-fevralda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoyning birinchi ligasi vakili Sichuan Jiuniu jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati tahrir

Zou Zheng futbolchilik faoliyatini 2001-yilda Qingdao Jonun yoshlar akademiyasida oʻynashdan boshlagan. U 2002 va 2005-yillar orasida ota-onasi bilan Oklendga koʻchib oʻtgan[1]. U Qingdao Jonunga qaytib kelgan va 2007-yilgi mavsumda asosiy jamoaga koʻtarilgan. Zou klubdagi debyutini 2007-yilning 4-noyabrida Shenzhen Xiangxuega qarshi oʻyinda (2:2) oʻtkazgan[2]. Uning klub uchun birinchi golini 2008-yil 15-sentyabrda Dalian Shidega qarshi oʻyinda kiritgan[3].

2014-yil 24-dekabrda Zou Xitoy Superligasi vakili Guancgzhou Evergrandga oʻtgan[4]. U klubdagi debyutini 2015-yilning 9-martida Shijiazhuang Ever Brightga qarshi o‘yinda (2:1) o‘tkazgan. Zou klub uchun birinchi golini 2015-yil 20-iyun kuni Shandong Luneng Taishanga qarshi o‘yinda (2:1) kiritgan[5]. 2015-yil 21-sentabrda Zou o‘zining mavsumdagi ikkinchi golini Guangzhou R&Fga qarshi o‘yinda (2:1) kiritgan[6]. Zou „Guancgzhou“ tarkibida oʻttizta oʻyinda maydonga tushgan va 2015-yilgi mavsum oxirida oʻzining birinchi Superliga va Osiyo Chempionlar Ligasi chempionligini qoʻlga kiritgan.

2015-yilning 17-dekabrida Zou 2015-yilgi FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida „Barselona“ga qarshi o‘yinda Luis Suares tomonidan qoʻpollik ishlatilib, chap oyog‘ining to‘pig‘i singan va to‘pig‘i bo‘g‘imidan chiqib ketgan[7][8]. U 2015-yilning 18-dekabrida va 2016-yilning 4-yanvarida Yaponiyada ikki marta operatsiya qilingan[9][10]. Zou jarohatidan tuzalib 2016-yil 15-oktabr kuni „Shijiazhuang Ever Bright“ga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[11]. 2017-yilning 15-iyulida u „Shandong Luneng“ga qarshi oʻyinda golga mualliflik qilgan[12]. Zou 2017-yilgi mavsumdan soʻng „Tianjin Syuantszyan“ga oʻtishi mumkinligi haqida gap soʻzlar tarqlagan[13]. Biroq, u oxir-oqibat „Guangzhou Evergrand“, „Tianjin Quanjian“ va „ Shangha Shenhua“ oʻrtasidagi bir qator kelishmovchiliklar tufayli klubda qolgan[14].

2019-yil 28-fevralda Zou yuqori diviziondagi Guangzhou R&F jamoasiga oʻtgan va uch yillik shartnoma imzolagan[15].

Xalqaro faoliyati tahrir

Zou Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2015-yilning 8-sentabr kuni JCh—2018 saralash bosqichi doirasida Maldiv orollariga qarshi o‘yinda (3:0) o‘tkazgan[16].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Qingdao Jonoon 2007 Xitoy Super Ligasi 1 0 - - - 1 0
2008 22 2 - - - 22 2
2009 25 0 - - - 25 0
2010 28 2 - - - 28 2
2011 29 4 0 0 - - 29 4
2012 23 1 0 0 - - 23 1
2013 25 2 1 0 - - 26 2
2014 Xitoy Birinchi Ligasi 17 2 2 0 - - 19 2
Jami 170 13 3 0 0 0 0 0 173 13
Guangzhou Evergrande 2015 Xitoy Super Ligasi 18 2 1 0 9 0 2 0 30 2
2016 4 0 1 0 0 0 0 0 5 0
2017 15 1 2 0 4 0 0 0 21 1
2018 8 0 2 0 0 0 0 0 10 0
Jami 45 3 6 0 13 0 2 0 66 3
Guangzhou R&F 2019 Xitoy Super Ligasi 9 0 1 0 - - 10 0
Qingdao Huanghai (Ijara) 2020 Xitoy Super Ligasi 11 0 0 0 - - 11 0
Karyerada jami 235 16 10 0 13 0 2 0 253 16

Xalqaro statistika tahrir

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2015-yil 3 0
Jami 3 0

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Guangzhou Evergrand

Manbalar tahrir

  1. „专访邹正:身体已恢复90% 爸妈为了我搬10多次家“. sports.163.com (2016-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 28-mart.
  2. „进球战一波三折 深圳2-2青岛保级成功“. sports.sohu.com (2007-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 24-sentyabr.
  3. „詹姆斯无力救主 大连1-2青岛客场不胜“. sports.sohu.com (2008-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 24-sentyabr.
  4. „恒大官方宣布邹正张佳祺加盟球队“. sports.sohu.com (2014-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 25-dekabr.
  5. „邹正:作为青岛人灭鲁能太兴奋 下轮恒大必胜国安“. sports.163.com (2015-yil 20-iyun). 2018-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-iyul.
  6. „中超-高拉特点射邹正绝杀 恒大2-1富力仍榜首“. sports.sina.com (2015-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 19-iyul.
  7. „世俱-苏神戴帽邹正断腿重伤 恒大0-3巴萨将争第3“. sports.sina.com (2015-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 19-iyul.
  8. „刘永灼证实邹正腓骨骨折脚踝移位 众队友祈福“. sports.qq.com (2015-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 19-iyul.
  9. „邹正转院首次手术成功 历时90分钟还需二次手术“. sports.sohu.com (2015-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 19-iyul.
  10. „邹正第二次手术顺利完成 10日左右可返广州疗养“. sports.sina.com (2016-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 19-iyul.
  11. „303天后,邹正回来了“. goalchina.net (2016-yil 17-oktyabr). 2016-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-oktyabr.
  12. „中超-高拉特头槌邹正破门 恒大2-1鲁能仍居榜首“. sina.com.cn (2017-yil 15-iyul). Qaraldi: 2017-yil 20-iyul.
  13. „津媒:邹正加盟权健只差官宣 苏宁前国脚也已谈妥“. 163.com (2017-yil 11-noyabr). 2018-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-mart.
  14. „曝恒大最终放弃张修维交易 卡帅不想减少两名边卫“. Sina (2018-yil 1-mart). Qaraldi: 2018-yil 28-mart.
  15. „富力官宣三年合约签下邹正 广州德比曾绝杀新东家“. Sina (2019-yil 28-fevral). Qaraldi: 2019-yil 1-mart.
  16. „恒大拼命郎成绝杀英雄 这球或将左右争冠格局“. sports.sina.com (2015-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 19-iyul.
  17. „http://sports.sina.com.cn/china/cfacup/2016-11-27/doc-ifxyawmm3563464.shtml“ (zh). Sports.sina.com.cn (2016-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-avgust.