Zoyit Zaripov
Zoyit Zaripov (1912, Taxtakupir tumani — 1981.17.5, Nukus) — karaqalpoq aktyori. Oʻzbekiston xalq artisti (1969). Faoliyatini "Tong nuri" teatri truppasida boshlagan (1927). 1930-yildan Qoraqalpoq teatrida. Qoraqalpoq professional teatr sanʼati shakllanishida katta rol uynagan. Salbiy, hajviy va grotesk rollar ustasi. Ijodi ifoda vositalarining aniqligi, fikrning tugalligi, nutq va harakatlarning mukammal ishlanganligi bilan harakterli. Eng yaxshi rollari: Tilmoch ("Kuklan botir"), Serman ("Oygul va Obod"), Qutim soʻpi ("Berdaq"), Hakimzoda vazir ("Oshiq Gʻarib"), Turman ("Ravshan") va b.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |