Zu Qarad gʻazoti, shuningdek, Gʻaba gʻazoti deb ham ataladi, hijriy 627-yilning sentyabr oyida boʻlib oʻtgan, baʼzi olimlarning maʼlumotlariga koʻra, Xaybar jangidan oldin, hijriy 6-yilning 12-oyida sodir boʻlgan[3][4].

Zu Qarad yurishi
Sanalar Milodiy 627-yil sentyabr (hijriy 6-yil 4 yoki 12-oyi)
Urush yeri Zu Qarad
Natija * Abdurahmon Uyana ibn Hisn al-Fazoriy musulmonlarning sog‘in tuyalarini talon-taroj qilgan
* Muhammad va uning odamlari dushman ortidan quvib, mollarning yarmini qaytarib olgan[1][2]
Qoʻmondonlar
Salama ibn al-Akva Abdurahmon Uyana ibn Hisn al-Fazoriy
Kuchlar
500–700 nafar jangchilar yigʻilgan, biroq ulardan 8 nafari yuborilgan[1] 40 otliq[1]

Islom paygʻambari Muhammad Banu Lahyon qabilasi bilan urush olib borib Madinaga qaytganidan keyin Abdurahmon Uyana ibn Hisn al-Fazoriy boshchiligidagi gʻatafonlik qurolli guruh shahar chetiga bostirib kirishgan va 20 bosh sogʻin tuyani tortib olishgan. Ular, shuningdek, choʻponni ham oʻldirib, uning xotinini asir qilib olishgan[5].

Yurish tahrir

Hujum sabablari tahrir

Abdurahmon Uyana ibn Hisn al-Fazoriy musulmonlarga qarshi bosqin uyushtirib, tuyalarni talon-taroj qilgan va yoʻllaridan chiqqan choʻponni ham oʻldirib, xotinini oʻgʻirlab ketgan. Ushbu voqeadan birinchi boʻlib Salama ibn al-Akva xabar topgan va dushmanning orqasidan quvib ketgan. Voqeadan keyinroq xabar topgan Muhammad ham ularning ketidan tushgan[5].

Ikki oʻrtadagi jang Madinadan bir kunlik masofada joylashgan suv ombori Zu Qaradda boʻlib oʻtgan. Baʼzi ulamolarning fikricha, ushbu jang Xaybar jangidan uch kun oldin sodir boʻlgan.

Musulmonlarning javobi tahrir

Muhammad Madinaga qaytayotib, Zu Qarad degan joyda toʻxtab, qurbonlik sifatida tuya soʻygan[5].

Muhammad dushmanning ketidan taʼqib uyushtirish uchun 500–700 nafar jangchilarni toʻplagan boʻlsa-da, ularga qarshi faqatgina 8 ta otliq yuborgan. Dushman tarafdan 40 chavandoz jangchilar ishtirok etgan. Yakunda musulmonlarning qoʻli baland kelgan, oʻlja qilib olingan tuyalarning yarmi qaytarib olingan. Musulmonlar dushmanning 4 nafar jangchisini oʻldirgan.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Watt, W. Montgomery. Muhammad at Medina. Oxford University Press, 1956 — 42 bet. ISBN 978-0-19-577307-1. „Then there was the raid on Muhammad's private herd of camels by 'Uyaynah b. Hisn al-Fazari, who was doubtless annoyed because Muhammad had broken off negotiations with him over the withdrawal of Ghatafan. The raid was a small affair. Only 40 enemy horsemen were involved, and the booty was only 20 milking camels; 8 Muslims pursued on horseback, recovered half the camels, and killed 4 of the raiders for the loss of i of their own number.“  (free online)
  2. Mubarakpuri, Saifur Rahman Al (2002), When the Moon Split, DarusSalam, 228-bet, ISBN 978-9960-897-28-8
  3. Hawarey, Mosab. The Journey of Prophecy; Days of Peace and War (Arabic). Islamic Book Trust, 2010. ISBN 9789957051648. 
  4. Tabari, Al (25 Sep 1990), The last years of the Prophet, Isma’il Qurban Husayn tomonidan tarjima qilingan, State University of New York Press
  5. 5,0 5,1 5,2 Mufti, M. Mukarram Ahmed (Dec 2007), Encyclopaedia of Islam, Anmol Publications Pvt Ltd., 228-bet, ISBN 978-81-261-2339-1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Mufti Dec 2007 103" defined multiple times with different content