Zufar Faatovich Gimayev (tatarcha: Зөфәр Фоат улы Гыймаев, 1951-yil 9-yanvar, Namangan, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR2002-yil 15-fevral, Qozon, Tatariston, Rossiya Federatsiyasi) — sovet va rus hamda tatar rassomi, portretchi. Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan rassom (2012). Tatariston Respublikasi xalq rassomi (2017), Tatariston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (2002). Abdulla Toʻqay nomidagi Tatariston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (2005)[1].

Zufar Faatovich Gimayev
tatarcha: Зөфәр Фоат улы Гыймаев

Tavalludi 9-yanvar 1951-yil
Namangan, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 15-fevral 2022-yil(2022-02-15)
(71 yoshda)
Qozon, Tatariston, Rossiya Federatsiyasi
Millati Tatar

Tarjimayi holi

tahrir

Zufar Gimayev 1951-yil 9-yanvar kuni Namangan shahri, Teraksoy tumanida tavallud topgan[1]. Otasi Faat Shayxelislamovich Gimayev 2-jahon urushi ishtirokchisi, urushdan soʻng oilasi bilan Oʻzbekistonga surgun qilingan. Onasi Farxijamal Shayxiyevna Gimayeva. Gimayev oilada oʻrtancha farzand boʻlgan boʻlib, bir nafar akasi Ferdinand (1947-yilda tugʻilgan) va bir nafar ukasi Shamil (1954-yilda tugʻilgan) boʻlgan[1]. 1952-yilda otasining surgun davri tugab, oila Qozonga koʻchib ketadi. Gimayev 1966-yilda Qozon sanʼat bilim yurtiga oʻqishga kirib, uni 1970-yilda tugatadi[2]. 19701976-yillari Ilya Repin nomidagi Leningrad rassomchilik, haykaltaroshlik va meʼmorchilik institutida (hozirgi Sankt-Peterburg Badiiy sanʼat akademiyasi) oʻqib, rassom va pedagog mutaxassisligi boʻyicha institutni bitiradi[3]. 1980-yilda SSSR Fanlar akademiyasi Qozon ijodiy rassomchilik ustaxonasini tugatgan[2]. Taniqli rassomlar Aleksandr Dmitriyevich Zaysev va Xaris Abdraxmanovich Yakupovdan taʼlim olgan[2]. Gimayev ijodiy faoliyatini dastlab turli rang-tasvir uslublaridan boshlaydi, ayniqsa portret janrida alohida muvaffaqiyatlarga erishgan. Rassomning Abdulla Toʻqay (tatarcha: Габдулла Тукай), Salix Saydashev (tatarcha: Салих Сәйдәшев), Tufan Minnullin (tatarcha: Туфан Миңнуллин), Hasan Tufan (tatarcha: Хәсән Туфан), Baki Urmanche (tatarcha: Бакый Урманче), Sohibjamal Gizzatullina-Voljskaya (tatarcha: Сәхибҗамал Гыйззәтуллина-Волжская) va boshqa tatar madaniyati namoyandalarining portretlari tanqidchilar tomonidan keng eʼtirofga sazovor boʻlgan. Rassom 2022-yil 15-fevral kuni saraton kasalligidan vafot etgan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Ильина М. Е.. Гимаев Зуфар Фаатович (Татарская энциклопедия.), Т. 2, Казань: Институт Татарской энциклопедии Академии наук Республики Татарстан, 2005 — 656-bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 Файнберг А. Б.. Художники Татарии. Ленинград: Издательство «Художник РСФСР», 1983 — 232-bet. 
  3. Червонная С. М.. Гимаев Зуфар Фаатович, Художники советской Татарии (мастера изобразительного искусства Союза художников ТАССР), Казань: Татарское книжное издательство, 1984 — 462-bet.