Zuluk solish
Zuluk solish — davolash choralaridan biri. Ayniqsa Sharq tabobatida keng qoʻllangan. Jagʻli zuluklarssh tibbiyot zulugi solinadi. U chuchuk suv xavzalarida yashaydi, shuningdek, lab. da urchitiladi. Tibbiyot zulugining boʻyi 8—12 sm, vazni 2 g, yashil rangli, orqasida uzunasiga ketgan zar-gʻaldoq yoʻllari, ogʻzida tishchali uchta jagʻi va soʻlak bezlari bor. Zuluk terini tishlari bilan teshib, soʻlak bezlaridan girudin degan modda chiqaradi, bu modda qonning ivishiga toʻskinlik qiladi. Och zuluk 30—60 min. da 10— 15 ml qon soʻra oladi. Har bir zuluk ozgina qon soʻradi, shuning uchun zuluk qon soʻrib tushgandan keyin jarohat picha qonab turgani maʼqul. Soʻngra jarohat va uning atrofiga steril material yopiladi. Gipertoniya kasalligining baʼzi shakllari, tromboflebit, miokard infarqta, stenokardiya, nevrit, radikulit, chipqon chiqqanda va b. kasalliklarda vrach zuluk solishni buyuradi. Zuluk chakkaga (yaxshisi quloq suprasining orqasiga), boʻyinning ensa ostidagi qismiga, yurak va jigar ustidagi teriga va b. aʼzolarga solinadi. [1]
GIRUDOTERAPIYA- TIBBIYOTDA ZULUK BILAN DAVOLASH TEXNOLOGIYALARI. GIRUDOTERAPIYA SOHASINING RIVOJI: Dastlab girudoterapiyaning foydasi faqat qon chiqarishda deb hisolangan. Uning foydasini qadimgi Misrda, Yunoniston va rimda bilishgan va keng foydalanishgan. Malika Kleopatra oʻz goʻzalligini saqlah maqsadida undan keng foydalangan. Zuluklarning tarixda keng qoʻllanganligidan hatto misr exromlariga ularning rasmlari tusgirilgan. u keyinchalik u juda omalashib ketdi va koʻplab foydalari topildi. zuluk soʻlagi tarkibida 200 dan ortiq moddalar boʻlib ulardan 15 ga yaqini biologik aktiv moddalar va odam organizmiga juda koʻp foydalari topilgan.
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |