Zumrad (shirin qalampir)
Zumrad — kechpishar shirin qalampir navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida Kaliforniya Vonder (AQSH) populyasiyasidan koʻp marta yakka tanlash yoʻli bilan chiqarilgan (1988). Tupi ixcham, yaxshi barglangan, bal. 40—54 sm. Bargi yashil, oʻrtacha kattalikda. Mevasi prizmasimon, yuzasi silliq, uchi bir oz qirrali, etining qalinligi 5,2 mm, uz. 8 sm, eni 7,5 sm. Toʻq yashil, pishib yetilgandan soʻng qizil rangga kiradi, xushboʻy. Tarkibida S vitamin (134 mg %), 10—11 % quruq mod-da, 2—6% qand, 1,5% kraxmal, oqsil, yogʻ, kletchatka, vitamin V va V2, karotin bor. Bir dona mevasining ogʻirli-gi 100 g . Uruglari erkin joylashgan, urugʻdonlar soni 3—4 ta. Nihollar toʻliq unib chiqqanidan keyin mevasi yetilguncha oʻsuv davri 153 kun. Hosildorligi 30—35 t/ga ga boradi. Mevasi ovqatga ishlatiladi, turli konservalar tayyorlanadi. (qarang Bolgar qalampiri). [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |