Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Finikchik!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Umarjon Rahimov (munozara) 12:08, 10-Mart 2023 (UTC)Javob berish

Vikifikator tahrir

Salom. Vikipediyaga qoʻshayotgan hissangiz hurmatga loyiq. Oʻzbek Vikipediyasida oʻ, gʻ harflari hamda tutuq belgisining yozilishiga eʼtiborli boʻling. Buning uchun, maqolani yozib yoki tahrirlab boʻlganingizdan soʻng, tahrir oynasining pastidagi „Vikifikator“ tugmasini bosing. Shunda, bu tugma sizning matningizni qoidalarga muvofiq toʻgʻrilab beradi.--Amir.Temur (munozara) 17:16, 29-Iyun 2022 (UTC)Javob berish

‎Maude Apatow tahrir

Salom. {{Aktyor bilgiqutisi}} andozasidan foydalanar ekansiz, tasvir izohi uchun sarlavha parametridan emas, balki imzo parametridan foydalaning. Keraksiz joylarda boʻshliq (probel) tashlamang. Malikxan munozara 07:47, 7-Iyul 2022 (UTC)Javob berish

Laila (aktrisa) tahrir

Hormang. Avvalambor, koʻngilli boʻlib hissa qoʻshayotganingiz uchun tashakkur. Maqolani Laila (aktrisa)dan Lailaga koʻchirdim. Nega? Chunki, oʻzbekcha Vikipediyada Laila nomli maqola yoʻq, shu sababli unga disambig qoʻshishga hojat ham yoʻq. Yoqimli tahrirlar tilayman. Malikxan munozara 19:35, 1-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Lakshmi (aktrisa) maqolasini Lakshmiga koʻchirdim. Iltimos, yozganlarimga amal qiling. Malikxan munozara 20:39, 1-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
Assalomu alaykum, hoʻp boʻladi) Finikchik (munozara) 18:20, 2-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

{{manbalar}} andozasidan foydalanish tahrir

Hormang qardosh! Avvalambor, O‘zbekcha Vikipediyaga hissa qo‘shayotganingiz uchun tashakkur! Lekin, bir masala mavjud. Har maqola yaratganingizda ==Manbalar== bo‘limida {{manbalar}} andozasini qoldirib ketishni unutib qo‘ymoqdasiz. Iltimos, keyingi maqolalarni bunday xatolikka yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilsangiz. Maroqli tahrirlar tilayman. Hurmat bilan, Optima D (munozara) 21:44, 3-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Salom! Rahmat sizga oqko‘ngil inson Finikchik (munozara) 17:13, 4-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

{{Qizlik familyasi}} yoki {{QF}} andozalaridan foydalanish tahrir

Hormang, qardosh! Biror bir aktirsaning qizlik familyasini yozmoq uchun ajoyib andoza mavjud. Istasangiz qo'llashingiz mumkin. {{QF}} andozasi bilan tanishib chiqishingizni maslahat beraman. MaxiMillian  (menga yozish!) 05:39, 7-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Salom! Rahmat sizga, albatta foydalanaman) Finikchik (munozara) 05:42, 7-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Joy sahifasini koʻchirish tahrir

Hormang, Gulasal. Joy sahifasini Park Soo-young yoki Joy (qoʻshiqchi)ga koʻchirish taklifim bor. Nima deysiz? Muzaffar murodovich (munozara) 15:05, 20-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Salom, Muzaffar Murodovich! To'g'ri aytasiz, o'zim ham ikkilanib turgan edim) Finikchik (munozara) 15:15, 20-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
Maqolani Joyga qayta koʻchirdim. Masalan, Rayhon (qoʻshiqchi) nomli maqola Rayhon Gʻaniyeva, deb nomlanmagan. Joy (qoʻshiqchi)ga koʻchirmasligimiz sababi oʻzbekcha Vikipediyada Joy nomli maqola yoʻq, shuning uchun unga qoʻshiqchi, deb disambig qoʻshilmaydi. Malikxan munozara 15:42, 20-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
Tushunarli, rahmat Finikchik (munozara) 15:46, 20-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Sahifani koʻchirish taklifi tahrir

Oxirgi maqolangizni koʻchirish va atoqli otlarga ichki havola berish taklifim bor Muzaffar murodovich (munozara) 16:05, 24-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Mayli nima deb ko`chirish kerak? Finikchik (munozara) 16:07, 24-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
"Islom dinining ayol olimlalari" boʻlib qolgan. Olimalari' ga oʻzgartirish kerak Muzaffar murodovich (munozara) 16:11, 24-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
ichki havola deb qizartirib chiqishni aytyapsizmi?)) Finikchik (munozara) 16:09, 24-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
@Finikchik ha shunday Muzaffar murodovich (munozara) 16:11, 24-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Zaynab binti Jahsh tahrir

Salom. Vikipediya diniy sayt emas. Maqolalarda „s.a.v.“, „a.s.“ va boshqa shu kabi gonorativlardan foydalanmang. Maqolalar neytral ohangda yozilishi lozim. Misol uchun, maqolalarda „Muhammad s.a.v“ emas, shunchaki „Muhammad“ deb yozing. Iloji boʻlsa, qolgan maqolalaringizda ham buni tuzatib chiqing.

Yoqimli tahrirlar tilayman.

Malikxan munozara 15:18, 28-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Salom. Tushunarli rahmat) Finikchik (munozara) 15:23, 28-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
Tarjima qilayotganda maqola mazmuniga eʼtiborli boʻling. Yaqinda yaratgan Jack and the Cuckoo-Clock Heart maqolangizni olsak, mana bu jumlaga eʼtiboringizni qaratmoqchiman: 2013-yilda fransuz 3D animatsion musiqiy fantastik film. Maqolani yaratgandan keyin oʻzingiz ham oʻqib koʻring. Yodda tuting, 2 ming soʻzda iborat mazmunsiz maqoladan 200 ta soʻzdan iborat mazmunli maqola afzaldir.
Malikxan munozara 15:41, 28-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
Maqolani tahrirlayotib ikki marta o'qib chiqqanman, rostdan ham siz yuborgan jumla mazmunsiz bo'lib qolgan, albatta by meni e'tiborsizligimdan. Bundan keyin yanada yahshiroq qilib tahrirlashga harakat qilaman, albatta sizlarning yordamlaringiz bilan. Finikchik (munozara) 16:43, 28-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Minnatdorlik tahrir

  Mendan sizga bir boʻlak oq va qora shokolad!
Mendan sizga bir boʻlak shokolad! Oʻzbekcha Vikipediyada yangi kelgan foydalanuvchilarga berayotgan yordamingiz (jumladan menga ham) uchun minnatdorman! Shu tahlidda yana siz bilan bir qator ishlarni birgalikda amalga oshirishlikdan umidvorman! Yoqimli ishtaxa! PanPanChik (munozara) 07:18, 31-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Forumda ishtirok eting! tahrir

Salom, Finikchik Vikipediyada faol va tajribali foydalanuvchilardan biri boʻlganingiz uchun sizni ushbu forumda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman! MaxiMillian (talk) 10:39, 14-Oktabr 2022 (UTC)

Ovoz berishda ishtirok eting! tahrir

Assalomu alaykum! Ushbu sahifada boʻlayotgan ovoz berish jarayonida qatnashishingizni iltimos qilib qolgan boʻlar edim. Soʻrovnomaga befarqlik koʻzi ostida boqmasligingiz, ovoz berishda ishtirok etishingiz, Vikimizda tahrirlar soninig oshishiga xizmat qilishi mumkin. Hurmat bilan MaxiMillian (talk) 12:56, 12-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

Bajarildi ^_^ Finikchik (munozara) 13:40, 12-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

Hadya tahrir

  Oʻzbekcha vikipediyaga qoʻshayotgan hissangiz uchun raxmat, bu atirgul sizga, doimo shu gul kabi yashnab yuring :) DarkHorse(munozara) 15:37, 27-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish
Rahmat! Finikchik (munozara) 15:39, 27-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

Orden tahrir

  Faxrli tarjimon ordeni
Hurmatli Finikchik, Oʻzbekcha Vikipediyaga qo'shayotgan salmoqli hissangiz uchun, WikiOromgoh ostloyihasida yangi foydalanuvchilarga berayotgan yordamingiz uchun sizni Tarjimon ordeni bilan mukofotlashga ijozat bergaysiz. Umid qilamanki, maqolalaringiz son va sifat jihatdan yanada yuksalib boradi. Umarjon Rahimov (munozara) 07:49, 26-Noyabr 2022 (UTC).Javob berish
Tashakkurlar! Finikchik (munozara) 08:55, 26-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

Neytrallik tahrir

Salom! Ummu Kulsum bint Muhammad maqolasi bo'yicha bezovta qilyapman. Vikipediya:Betaraflik sahifasi bilan tanishsiz deb umid qilganim holda shuni sizga eslatmoqchimanki, s.a.v, r.a, alayhisalom kabi so'zlarni payg'ambarlar va boshqa diniy shaxslar ismi yonidan yozmasangiz. Hurmat bilan, MaxiMillian (talk) 00:56, 1-Dekabr 2022 (UTC)Javob berish

Yulduz tahrir

  Portalchilar“ yulduzi
Hurmatli, Finikchik sizni "Portalchilar" jamoasiga a'zo bo'lganingiz uchun tabriklagan holda, ushbu yulduzni sizga sovg'a qilmoqchiman. Biz bilan birga bo'lishni tanlaganingiz uchun tashakkurlar! Hurmat bilan, MaxiMillian (talk) 06:36, 5-Dekabr 2022 (UTC)Javob berish
Rahmat katta! Finikchik (munozara) 10:28, 5-Dekabr 2022 (UTC)Javob berish

8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tahrir

Fayl:Women's day.png 8-mart bilan!

Assalomu alaykum do'stim Gulasal ! Sizni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan chin qalbimizdan qutlab, Sizga baxoriy tabassum, mustaxkam sixat-salomatlik, quyosh xarorati-yu olam-olam quvonchga to‘la xissiyotlarni yo‘ldosh bo‘lishiga tilakdosh bo‘lib qolamiz!

Lablaringizdan samimiy kulgu, xonadoningizdan baxt-saodat tuyg‘ulari, ezgulik xissi, nur va sevinch, mehr va muxabbat aslo arimasin!
Samimiy tilaklar ila

HusniddinRasulov(munozara) 20:28, 7-Mart 2023 (UTC)Javob berish

Va alaykum assalom, katta rahmat Husniddin! Onajoningizni meni nomimdan tabriklab qoʻying Finikchik (munozara) 01:29, 8-Mart 2023 (UTC)Javob berish

Soʻrovnomada qatnashing! tahrir

Salom! Mana bu sahifada administratorlik bayrogʻini qabul qilib olish uchun nomzodimni qoʻygan edim. Iltimos, soʻrovnomada oʻz ovozingiz bilan ishtirok etsangiz! Hurmat bilan, Salazarov 17:59, 9-Iyun 2023 (UTC)Javob berish

Chustiy tahrir

Hayrli kun! Chustiyni tahrirlayotgan edim oxiriga yetmagandim hali siz ham tahrirlabsiz shunga oʻzimga tegishli joyini tahrirlar marafoniga qoʻysam maylimi? Abdufattohov Ibrohimjon (munozara) 00:31, 10-Iyun 2023 (UTC)Javob berish

Salom. Albatta, oʻzingizning tahriringizni kiritsangiz boʻladi. Finikchik 05:02, 10-Iyun 2023 (UTC)Javob berish

Avtomat tarjima tahrir

Hormang! Avtomat tarjimachi faxriy yorligʻini olmoqchmisiz? :) Sal evi bilan-da endi.

"Yulduz Usmanova 1980-yillarning oxirida oʻzining „Maida“ debyut albomini chiqarish orqali oʻz vatanida tan olindi."

"Mayda" deb yozilgan narsa qanday qilib "Maida" boʻlib qoldi? Maida-maida. Usmonova qanday qilib Usmanova boʻldi? Keyin, qoʻshiqchi qanday tan olinadi? Bir kun belgilanib, hamma oʻzbek bir dalada toʻplanib, tan olish yoki olmaslik haqida ovoz beradimi? "добилась признания у себя на родине" — vatanida shuhrat qozondi, desa boʻladi-ku odam tilida.

Bu bir misol xolos. Avtomat tarjima bilan boʻlsa-da mukofot olmoqchilar: kimni laqillamtoqchisizlar? Yoki bizni lox deb oʻylaysizlarmi? Mukofot yaxshi, ammo til haqida ham sal qaygʻuraylik. Ertaga siz yaratgan axlat tarjima tufayli Google Translate kabi mashina tarjimonlar yanada yomon tarjima qila boshlaydi. Bu birgina muammo xolos. Asosiy muammo esa uzwiki axlatga toʻlayotgani. Laziz Baxtiyorov (munozara) 05:30, 13-Iyun 2023 (UTC)Javob berish

Nima keragi bor Nodir Atayevning xabarini Copy paste qilishni, guruhda oʻqib javobini ham berib boʻldim. Finikchik 06:10, 13-Iyun 2023 (UTC)Javob berish
Munozara sahifada tarix uchun saqlab qoʻydim. Sizga noqulaylik tugʻdirmaydi deb umid qilaman. Hurmat bilan Laziz Baxtiyorov (munozara) 06:28, 13-Iyun 2023 (UTC)Javob berish
bemalol ;) Finikchik 06:34, 13-Iyun 2023 (UTC)Javob berish
Rahmat) Laziz Baxtiyorov (munozara) 06:39, 13-Iyun 2023 (UTC)Javob berish

TM nomzodi tahrir

Assalomu alaykum. Mana bu yerda tanlangan maqola uchun nomzod koʻrsatilgan. Ovoz berishda faollikka chaqiraman. Hurmat bilan, Mrjavokh1r (munozara) Mrjavokh1r (munozara) 08:18, 30-Iyul 2023 (UTC)Javob berish

Tanlangan maqola uchun nomzod tahrir

Assalamu alaykum xurmatli admin va faol foydalanuvchi. Men Inson yuragi nomli maqolamni TM uchun nomzod qilib koʻrsatmoqchiman. Bu jarayonda sizning ovozingiz katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Fikr-mulohazalaringizni kutib qolaman. Hurmat bilan Wikisurgery94 (munozara) 09:42, 30-Iyul 2023 (UTC)Javob berish

TM statusi tahrir

TM statusi uchun qoʻyilgan ushbu maqolamga izoh bildirishingizni, xatolarini koʻrsatib oʻtishingiz, hamda loyiq koʻrsangiz, rozilik ishoratini qoldirishingizni soʻrab qolgan boʻlar edim! Mahmud Hamrayev (munozara) 10:43, 22-Avgust 2023 (UTC)Javob berish