"Buyuk Tolstoy" ning onasi

tahrir

Jahonda shunday insonlar borki, ularning shuhrati asrlar oshsa ham kamaymaydi. Yangi-yangi avlodlar ham ularni biladi, ularga havas qiladi. Ikki asrdan beri hayoti va faoliyati odamlar tilidan tushmaydigan, asarlari qayta-qayta o’qiladigan buyuk rus adibi LevTolstoyning betakror yozuvchi bo’lib yetishishida uning onasining beqiyos hissasi bor. Uning betakror asarlarini o’qir ekanman, bunday istedodning tug’ilishi, voyaga yetishiga sababchi bo’lgan inson, ya’ni uning volidasi, mehribon ayol Mariya Volkosnkaya haqida biroz qiziqdim.

Mariya Volkonskoya- senator, Yekaterina II ning ko’zga ko’ringan safdoshi va maxsus kotibi, knyaz Nikolay Sergeyevich Volkonskiyning qizi edi. Imperator Yekaterina II knyzni o’tkir aqli, to’g’riso’zligi va toqirligi uchun yuksak qadrlardi. 1793-yilda u knyazni Rosssiyaning Germaniyadagi elchisi qilib tayinladi. Ammo 1794-yilda knyaz noma’lum sabablarga ko’ra ishdan chetlatildi.

Pushkinning avlodi.

Mariya Volkonskaya otasining urug’I knyaz OlegSvyatoslavich orqali Pyuriklarga borib taqaladi. Mariyaning onasi esa Yekaterina Dmitriyevna Volkonskaya bo’lib, buyuk rus shoiri pushkinning avlodidan bo’lgan.

Bolkonskiylar oilasining Yasnaya Polyanada yer-mulki bo’lib, ular shu yerda istiqomat qilishardi. Knyaz Sergeyevich bu yerda hashamatli qo’rg’on qurdirib, atrofida bog’ yaratdi.

Bu yerdagi gumbazli shiyponda knyazning oshnalari bilan ajoyib suhbatlar bo’lardi. Shuningdek, bu yerda kataxo’jalik tashkil qilingandi. Kreposnoy dehqonlardan tuzilgan musiqachilar orkestiri esa kun bo’yi musiqa chalib, mehmonlarni xushnud etishardi.

O’nta o’g’ildan a’lo qiz

“Mening bobom juda qattiqo’l, talabchan xo’jayin sanalar, ammo uning shavfqatsizlik va raxmsizlik bilan birovni ranjitgani haqida eshitmaganman,- deb yozgandi Lev Tolstoy. Uning aqlli insonligi , o’zining ulkan dehqon xo’jaligida dehqonlarga ko’rsatgan mehribonligi va ga’mxo’rligi borasida esa ko’p eshitganman”.

Nikolay Sergeyevich o’gil ko’rishni, merosxo’r o’g’il uning sharifi va naslini davom ettieishini orzu qilgan. Biroq  1790-yil uning oilasida qiz farzand dunyoga keladi. Qizaloqqa Mariya deb ism beradilar. Qizcha ikki yoshga to’lganida onasi Yekaterina Dmitriyevna og’ir dardga chalinib vafot etadi. Ota esa qizini xotinining akasining oilasiga berishga majbur bo’ladi, chunki uni Arxangelsk viloyatining gubernatori etib tayinlaydi. Xizmat uncha ko’p davom etmadi. 1799-yil u faxriy gubernator bo’lib iste’foga chiqadi.

Knyaz Volkonskiy qizini tog’asining uyidan olib keladi va u bilan yanaYasnaya Polyanada yashay boshlaydi. U qizi Marinani juda yaxshi ko’rardi, ammo tarbiyasiga qattiq e’tibor berardi, ochiqcha erkalamasdi. Knyaz merosxo’r qizizga har tomonlama mukammal bilim va tarbiya berishga harakat qilardi. Qiz ingliz tilini chuqur o’zlashtirdi, rus madaniyati va san’ati, tarixidan alohida saboqlar oldi. Shuningdek, matematika, fizika, geografiya, falsafa fanlaridan malakali ustozlardan dars oldi. Mariya bolaligidanoq boshqa yosh aslzoda xonimlardan o’zining tabiiy chiroyi, favqulodda iste’dodi  va bilim, farosati bilan ajralib turardi.

Bo’lajak buyuk adibning buyuk onasi besh tilda mukammal gaplasha olar, dabiy ijod bilan shug’ullanar, klavikord va arfa musiqa asboblarida ajoyib musiqiy asarlarni ijro etardi.

Adiba, pedagog, ruhshunos.

Mariya o’zining harakatlari, fikr mulohazalari va kamchiliklari haqida ochiq oydin yozilgan kundalik tutar, unda fazilatlarni yuksaltirish, kamchiliklardan holi bo’lish borasida o’ziga o’zi maslahatlar berardi.

O’zining arxivida ikkita kata nasriy asar, sehrli ertak,fransuz tilida yozilgan “O’rmon ertaklari” va to’planmagan ikkita qismli “Rus Pamelasi”qissasi saqlanib qolgan. Shuncha obro’ va e’tibor bo’lsada ba’zida uning ko’zlari yoshlanib turardi. Yoshi o’ttirga yaqinlashib qolgan badavlat va ma’lumotli knyaz qizi o’z tuyg’ularini odamlardan yashirardi. Knyzga  kuyov bo’laman dehan yigitlarni qizning sovuqqonligi va otasining savlati, zaharxandaligi va takabburona muomalasi cho’chitar edi.

Ota o’limidan so’ng…

Mariya Nikolayevna qariqiz maqomiga endigina ko’ngan edi. Ammo otasining kutilmaganda 1821- yil 3-fevralda vafot etishi uning hayotini butunlay o’zgartirib yubordi. Boshida u o’zini yo’qotib qo’ydi. Yolg’izlik va ozodlik uni qo’rquvga soldi. M. I. Protasovaga yozgan xatida u shunday degandi: “ siz mening qayg’umni tushuna olasiz, chunki men qanday otani yo’qotganimni bilasiz. Otam men uchun yashadi, o’zining barcha orzularini menda ko’rdi. U nafaqat mening otam, balki eng yaqin sirdoshim, do’stim edi. Iyunda Yasnaya Polyanaga ketaman va u yerda umrbod qolaman. Beg’ubor bolaligim o’tgan, otamning mehri va g’amxo’rligi ostida o’ynab kulin yashagan damlarni eslatib turuvchi bu joydan men hech qachon ketmayman”.

Mariya Nikolayevna hayotda o’zining maqsadini yo’qotgan odamdek his qilardi. Kimgadir yordam berishni, kimnidir sevib qolib kerakli inson bo’lishni hohlardi. U boyligining yarmin dugonasi Xenessa xonimga berdi va hatto uning nikoh to’yini ham o’tkazib berdi.  Mariyaning qarindoshlari va do’stlari uning bu holidan xavotirga tushni va unga kuyov izlay boshladilar.

Boy kelin izlab

Tasodifni qarangki, shunday kunlarda graf Nikolay Ilvich Tolstoyning qarindoshlari garfning o’limidan so’ng moddiy tomondan qiyin ahvolga tushib qolishgan. Tolstoyning o’g’li Nikolayga boy kelin qidirishayotgan edi. Boshida manfaatli den qaralgan nikohga nikohdan o’tuvchilar kelajakda baxtli oilaga asos soldilar. Yoshlar kutilmaganda bir-birlarini yaxshi ko’rib qolishdi. 1822-yi 9-iyulda ularning to’yi bo’lib o’tadi. Kuyov 28, kelin esa 32 yoshda edi. Lev Tolstoyning yozishicha otasi onasiga xuddi qonida podshohning qoni oqayotgan malikalarga qilinadigan muomala qilgan. “ Otam onam bilan juda faxrlanar, uning qalbini zabt etish uchun tinmay harakat qilar,  ularni o’zaro mehr, sadoqat va muhabbat tuyg’ulari bog’lab turardi” deydi yozuvchi.

1823-yil 21-iyunda ularning to’ng’ich ʻg’li nikolay dunyoga keladi. 1829-yil Sergey, 1827-yil Dimitriy, 1828-yilda esa o’z volidasi grafina Mriya Nikolayevna Volkonskayaga abadiy hayot tuhfa etgan bo’lajak iste’dodli adib Lev dunyoga keldi.

38 yoshida grafinya to’rt o’g’ilning baxtiyor onasiga, kata va ahil oilaning bekasiga aylandi. U qalban yoshligidagi kabi oliyjanob, romantik va rahmdilligicha qoladi.

Ona qiyofasi

Baxtli oilaga ko’z tegdimi yoki Tangrining iradasimi Marina Nikolayevna uzoq kutilgan qiz mashani dunyoga keltiradi va oradan olti oy o’tgach 1830-yil 4-avgustda hayotdan ko’z yumadi. Lev o’shanda bor yog’I ikki yosgda edi.

Adib voyaga yetar ekan uzoq yillar davomida Bolkonskiylar nasli tarixini o’rganib chiqdi. Oilaviy arxivda saqlangan barcha xat va kundaliklarni qayta qayta mutolaa qildi. Unga bitta narsa alan qilardi. Oilaviy albomlarning birortasida onasining portreti yoki surati saqlanmagan. U hayolida onasining siymosini taklashga astoydil harakat qilar edi. U onasining qiyofasini o’zining o’lmas asarlarida mehr bilan gavdalantiradi, volidasiga muhabbati bilan aks ettiradi. Avtobiografik asarlari bo’lmish “Bolalik” da onasini shunday ta’riflaydi: “ bolasi boshini mayin, oppoq qo’llari bilan silayotgan ayol, qop-qora, iliq boquvchi, yorug’lik va muhabbatga to’la ko’zlar sohibasi…”

Javobsiz savol

Adib bir umr onasi xotirasiga ta’zim qilib yashadi. U uchun onasi eng mukammal inson edi. Onasidan bolaligida jisman ayrilgan bo’lsa-da, ona bolani bir umr ruhiy bog’liqlik tark etmadi. Onasiga qilgan iltijolari unga hayot qiyinchiliklarini yengishga yordam berdi, matonat bilan olg’a yurishga madadkor bo’ldi. Onasining buyuk qalbi yozuvchi hayotini doim munavvar  qiluvchi chiroq bo’ldi. U o’z qahramoni siymosini ko’ngillarni eritguvchi Mariya Bolkonskaya va “Urish va tinchlik” romani intihosida baxtli onaga aylangan maftunkor va dilbar Natasha Rostova timsolida hayolan yaratdi.

Tolstoy o’zi uchun qadrli bo’lgan ayollardan ham doim onasining siymosini, qalbida jo’sh urgan farzandlik qiyofasini izlab yashadi.  U nafaqat tashqi ko’rinishda, balki ichki dunyosi ham onasiga o’xshagan ayolni qidirisgdan charchamadi. Uning yuragini bir javobsiz savol o’rtardi. Onamdayin yana bir ayol dunyoda tug’ilarmikan, unungdek, yuksak fazilatlar sohibasi bo’larmikan? Kim biladi deysiz, balki shu savolga javob topish uning hayotiy mazmuni bo’lgandur. Butun umri davomida onasi timsolini izlahan buyuk adibning favqulodda iqtidori, qobiliyati, geniyalnigi xam balki shundadir…


Foydalanilgan adabiyotlar;

·        Sobr. Soch., t. 1-22, M., 1978-1-86: Asarlar, 1-5j.lar, T., 1978-80: iqrornoma, T.,1998

·        Ad: Karimov E.A. Chelovek v izobrajenii Tolstogo, M. 1967: xrapchenko M.B., Tolstoy kak xudojnik, m., 1971: lom u nov K.,

·        Jizn Tolstogo, M., 1981

Umida Mustafaqulova Umida Mustafaqulova (munozara) 19:42, 1-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

Millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglik o`zbek xalqining yuksak qadriyatidir.

tahrir

Davlatimiz madhiyasidan o`rin olgan ushbu misralar asrlar davomida xalqimiz ongida, qalbida joy olgan oliy qadriyatning yaqqol ifodasidir. Darhaqiqat, o’zbek millati dunyoga o`zining moddiy boyliklari bilan emas, balki, ma’naviyati, madaniyati, yuksak bilim salohiyati eng asosiysi, bag`rikenglik tamoyillariga asoslangan insoniy qadriyatlari bilan tan olinmoqda, olamga yuz tutmoqda. Bunday o`lmas fazilatlar kecha yoki bugun shakllanib qolgan emas. Moziyda tortib bugungi kunimiz, hattoki kelajagimiz ham aynan shunday tinchlik, osoyishtalik omili bo’lgan diniy bag`rikenlik tamoyillariga asoslanadi, yana mustahkamlanadi.

Yurtimiz xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo`lgan kishilarning bir zaminda buyuk g`oya va sof  niyatlar yo`lida hamkor va hamjixat bo`lib yashashligi bag`rikenglikning yorqin namunasi emasmi, axir?!

“… din umuminsoniy axloq me’yorlarini o`ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan. Madaniyat katta ta’sir ko`rsatgan"(2)

Mustaqil o`lkamiz O`zbekistomda 130 dan ortiq millat vakillari bo`lib, aholining 94% islom diniga, 3,5%ga yaqini provaslav va qolganlari boshqa konfessiyalarga mansublarni tashkil etadi.

Respublikamizda 16 ta diniy konfessiyaga mansub 22339 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2065 tasi islomiy, 157 tasi xristian tashkilotlar, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasidir. Bulardan tashqari Konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda ular tinch-omon yashab kelmoqdalar. Islomda ham bag`rikenglik masalasi o`zining ilk davridayoq namoyon bo`ldi. Jahon dinlarining ichida faqat Islomda e’tiqod erkinligi ochiq-oydin e’lon qilingan. Bu borada Qur’oni karimning “Baqara” surasining 256-oyatida shunday marhamat qilinadi: “Dinda majburlash yo`q…”.(3)

Totuvlik va diniy bag`rikenglik Islomning tamal toshi, e’tiqod va dinlar tarixidagi bir omildir. Islom ilk davrdanoq boshqa dinlarga tazyiq o`tkazmadi. Birinchi kunlardanoq diniy bag`rikenglikning olamshumul shiorlarini o`rtaga tashladi: “Barcha samoviy dinlar bir manba, bir buloqdan suv ichadi, hamma payg`ambarlar birodarlardir, risolatda ular o`rtasida hech qanday afzallik yo`q, e’tiqodga, dinga majburlash mumkin emas, ilohiy diyonatlarning barcha ibodatxonalari himoya va mudofaa qilish kerak, dinlardagi ixtiloflar, qotillik va adovatlarga sabab bo`lmasligi, yaxshilik silai rahmdan to`smasligi lozim”(4) va hokazolar. O`lkamizda qadimda Islom dinini bag`rikenglik tamoyiliga asos solgan ota-bobolarimiz faoliyatlari kabi hozirda ham masjidlar faoliyat ko`rsatayotgani  nasroniylar cherkovi, yahudiylar ibodatxonalari va boshqa din vakillari butxonalari ish olib bormoqda. Albatta, bu davlatimizda olib borilayotgan diniy bag`rikenglikning oliy ko`rinishidir.

“Mahalliy aholi bechora ko`chmanchi (rus dehqonlar)ga hamdardlik bilan mehribonlik qilishmoqda, aks holda ularning ko`pchiligi ocharchilik va muhtojlikdan o`lib ketar edi”(5)- deb yozadi tarixchi Ieromanax Xariton o`zining estaliklarida. Bu jumla qaysi davrga oid ekanligini anglagandirsiz?! Ha, albatta, bu butun dunyo tarixining qora kunlari bo`lmish Jahon urushi yillaridagi qora kunlar… “Sen yetim emassan”(6)- deya baralla ayta olgan bag’rikeng o`zbek xalqi dunyoga insoniylikning oliy ko`rinishini yaqqol aks ettira oldi. O`tmish voqealari bunga tirik guvoh. 

Tarixdan ma`lumki, O`zbekiston hududi qadimdan diniy bag`rikenglik borasida dunyoga namuna bo`lib kelgan. Shuningdek, yurtimizdan yetishib chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Marg`inoniy, Abu Lays Samarqandiy, Alouddin Kosoniy kabi ulamolar tomonidan ta’rif etilgan asarlarda o`zga din vakillariga nisbatan bag`rikeng bo`lish masalasiga alohida ahamiyat qaratilgan. Sohibqiron Amir Temur ham davlat siyosatini millatlararo totuvlik, diniy bag`rikenglik tamoyillari asosida olib borganligi o`zining “Temur tuzuklari” asarida yaqqol isbotini topadi. Uning uzoq vorisi bo`lmish shoh va shoir Boburning nevarasi Akbarshoh esa bu yuksak fazilatlarning chinakam sohibi bo`la olganligini butun dunyo tan olgan. Uning ham podsholigida olib borgan diniy  bag`rikenglikka asoslangan siyosati nomi oldiga “Buyuk” atamasini qo`shib aytilishiga sabab bo`ldi. Chunonchi,  buyuk fazilat sohibi bunday ehtiromga loyiq ishlarning keng miqiyosda amalga oshirgan buyuk shaxs edi. Albatta, yuksak faxr-iftixor bilan aytish joizki, biz shunday ajdodlarning avlodlarimiz, ulardan o`rnak olib ulg`aymoqdamiz. Buyuk ajdodlarimizning boy madaniyat va ma’rifat buloqlaridan bahramand bo`lgan xalqimiz nafaqat millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglik kabi din-u diyonat, iymon-u e’tiqod, odob-u axloq, mehr-u muruvvat, oli, farzand tarbiyasi, ota ona hurmati va izzati borasida ham o`ziga xos keng fe’llilik, saxovat va mo`tadillik tamoyillariga amal qilib kelmoqda. Mamalakatimiz tarixan ko`p millatli o`lka bo`lganligi sababli bu zaminda turli-tuman din vakillarining emin-erkin yashashlari uchunbarcha sharoitlar yaratilgan. Yurtimizdagi boshqa tashkilotlar qatori diniy jamoalar ham jamiyat taraqqiyotida tobora faol ishtirok etib, xalqimizning ma’naviyati va qadriyatinini tiklash, o`zligimizni anglash, eng asosiysi mustaqilligimizni mustahkam, boqiy bo`lishiga hissalarini qo`shmoqdalar.

“Diniy bag`rikenglik- tinchlik va barqarorlik garovi”- shiori ostida ko`plab ma’naviy va amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. O`zbekiston Respublikasida bag`rikenglik tushunchasining eng asosiy hujjati bu Konstitutsiyadir.

Darhaqiqat, Konstitutsiyamizda ham biron fuqaroni biron dinga majburlab kiritish ta’qiqlangan, har bir inson haq-huquqi, erkinligi kafolatlaganligi xususida shunday deyiladi: “ Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo`l qo`yilmaydi.”.(7) diniy bag`rikenglik tamoyili qomusimizning barcha moddalarida o`z aksini topgan.

 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqimizning dunyoqarashida tobora chuqur va mustahkam o`rin egallayotgan bag`rikenglik tamoyili to`g`risida shunday deydi: “Bizning qadimiy va sahovatli zaminimizda ko`p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo`stlik ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag`rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo`lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi”.(8)

O’zbekistonning kelajagi tinchlik va bag`rikenglik, madaniyatlararo totuvlik kabi omillar bilan chambarchas bog`liqdir. Milliy va diniy sohada olib borilayotgan siyosatimiz BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi” moddalari va ruhiga hamohang ekani hamda davlatimiz vijdon erkinligini ta’minlash borasida o`z zimmasiga olgan barcha xalqaro shartnomalarni to`la-to`kis bajarib kelayotgani alohida tak’kidlanadi. Ayniqsa, hozirgi vaqtda dunyoning uzoq-yaqin turli hududlarida tashvishli voqealar tobora keskinlashib borayotgan bir vaziyatda yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni saqlash, diniy bag`rikenglik va hamkorlik g`oyalarini keng yoyish, adovat va murosasizlikka olib boruvchi har qanday yo`lning payini qirqish muhim ahamiyat kasb etishi, shu bois, bugungi murakkab bir davrda insoniyat uchun tinchlik va barqarorlik ne’matlari qanchalik ulkan qiymatga ega ekanini chuqur anglab yetmog`imiz darkor.

2016-yilning 29-oktabr kuni Respublikada faoliyat olib borayotgan diniy konfessiyalar rahbarlari bilan uchrashuvdan so`ng, AQSH Davlat kotibi o`rinbosari Tomas Shennon O`zbekiston Hukumatining diniy sohada olib borayotgan izchil siyosatga yuqori baho bergan.

Shuningdek, BMT Inson huquqlari bo`yicha bosh komissari Zayd al-Husaynning 2017-yil 11-may kuni Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan diniy konfessiyalar hamda milliy-madaniy markazlar rahbarlari bilan bo`lgan uchrashuv davomida “ Bugungi dinlararo va millarlararo totuvlikni turli davlatlar tomonidan o`rnak bo`lishga loyiq”(9) – degan so`zlari alohida e’tiborga molikdir.

“ 2017—2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar Strategiyasi” da ham xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta’minlash masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Harakatlar Strategiyasini hayotga joriy etish doirasida amalga oshiralayotgan o`zgarishlar natijasi o`laroq mamlakatimizda millatlararo va konfessiyalararo muloqotni yanada rivojlantirish mexanizmlari takomillishtirildi.

O`zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari o`tkazilgan majlisida “Xalqlar do`stligi kunini belgilash to`g`risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilishi ham xalqimiz azaldan ardoqlagan do’stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Negaki, ushbu qonunning maqsadi – xalqlar do’stligi kunini bayram qilishdan asosiy maqsad insonlar, xalqlar, davlatlar, umuman olganda jamiyatning turli qatlamlari hamda tuzilmalari o’rtasida hamjihatlik, bag`rikenglik, millatlararo totuvlikni mustahkamlash va do`stlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan iborat. (30-iyul “ Xalqaro do’stlik kuni”)

O’zbekiston dunyoviy davlat bo`lib, bu yerda turli din va diniy e’tiqod vakillari istiqomat qiladi. Mamlakatimiz hududida yashovchi barcha insonlar teng huquqli fuqorolardir. Bu esa davlat taqdiriga ta’sir etuvchi qarorlarni alohida olingan bir millat emas, balki ko`p millatli xalq qabul qilishi kerakligini anglatadi, axir uning gullab yashnashi ham aynan unga bog`liq. Biz bir-birimiz bilan ko`z ilg`aydigan va ilg`amaydigan rishtalar bilan bog`langanmiz, hayotimizni baxtli, har tomonlama qulay, zavqli, jo`shqin qilishdan mafaatdormiz, toki kelajak avlod nafaqat an’analarimizni davom ettirsin, balki bizning ezgulik ulasha olishimiz va o`zaro bag`rikengligimiz bilan faxrlansin.

“O`zgalarni hurmat qilish orqali , biz, avvalambor, o`zimizni hurmat qilgan bo`lamiz” prinsipi dunyoni tom ma’noda yaxshi tomonga o`zgartira oladi. Bu prinsip esa bir-birimizga nisbatan inson bo`lib qolishimiz kerakligini yana bir bor eslatib turish imkoniyatini beradi. O`rtamizdagi farqlar esa bunga to`siq bo`lmasin.

Taniqli fransuz yozuvchisi Antuan de Sent-Eksyuperi bejizga shunday demagan: “ Agar sizga o`xshamasam, bu bilan men sizni  aslo haqorat qilmayman, aksincha, men sizga hayr-ehson qilaman”.(10)

XX asr bashariyat tarixiga ikkita Jahon urushi sodir bo`lgan asr sifatida yozildi. Butun olam afkor ommasi  XXI asr tinchlik asri bo`lmog`i uchun kurashmoqda. Bu yo`lda diniy bag`rikenglik, dinlararo muloqot katta ahamiyat kasb etadi. An’anaviy diniy bag`rikenglik o`lkasi sifatida ma’lum va mashhur bo`lgan O`zbekiston bu jabhada ham o`z vazifasini sharaf bilan ado etmoqda.

Xulosa qilib aytganda, hozirgi O`zbekiston kunda diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlik borasida   butun dunyoga namuna bo`lmoqda. Jahon urushalari davridayoq o`zining oliy qadriyati bilan sobit tura olgan xalq bugun olam ahlining ulkan tashakkurlariga erishmoqda. Bu azaliy va abadiy tamoyillar doimo barhayotdir. Biz o`sib kelayotgan yosh avlod buni chuqur va teran anglamog`imiz lozim. Zero, Yangi O`zbekistonni yangicha fikrlaydigan Yoshlar quradi. Bu qal`a poydevori mustahkam bo`lmog`i kerak.


 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati :

1. Oripov A. O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi / 1991.

2. Karimov I.A “O`zbekiston XXI asr  bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobi / 2000.

3. Qur’oni Karim “Baqara” surasi 256-oyat

4. Qur’oni Karim “Mumtahana” surasi 8-oyat

5. Ieromanax Xariton “Estaliklar”

6. G`. G`ulom “Sen yetim emassan” kitobi

7. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-modda / 1992.

8. Sh. Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” kitobi / 2017.

9. Zayd al-Husayn / 2017.

10. Antuan de Sent-Eksyuperi “ Kichkina Shahzoda”

11. Z. Ismoilov, D. Rahimjonov, J. Najmiddinov “Dunyo dinlari tarixi” / 2017

Umida Mustafaqulova Umida Mustafaqulova (munozara) 19:46, 1-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

Ijodda va hayotda birday ibrat

tahrir

Ulug` ajdodimiz Ibrat taxallusini o’ziga bejiz tanlamagan. Uning Vatan va yurt taraqqiyoti yo’lidagi fidokorona hayoti nafaqat o`z davrida, balki bugungi kunda ham barchamiz uchun haqiqiy ibrat namunasi bo’lib kelmoqda.

Sh. Mirziyoyev


Annotatsiya: Shoir, olim, noshir, pedagog, din arbobi va islohotchi sifatida umrini Vatan va millat manfaatiga qaratgan Is’hoqxon Ibrat hayoti va ijodi o`z davri hamda bugungi kun adabiyoti uchun ulkan ahamiyat kasb etadi. Uning qimmatli asarlari Mustaqillik sharofati bilan qayta tiklandi, zamondoshlarimiz ma’naviy dunyosini kengaytirishda katta ulush qo`shib kelmoqda.

Kalit so’zlar: “Ibrat”, Namangan, Xo`ja Ahmad Yassaviy avlodi, “Lug`ati sitt ul-sina”, “Jome’ ul-xutut”, “usuli savtida”, litokrafik mashina, “Ilmi Ibrat”, “Matbaai Is’hoqiya”, “Tarixi chopxona”, “Kutubxonayi Is`hoqiya”, Xilvatiy, “Devoni Ibrat”  

Bugungi kunda o’zbek adabiyotiga salmoqli ulish qo’shgan adaiblar ijodi, ajdodlardan meros qolgan asarlar, umuman, o`zbek adabiyotini chuqur o`rganishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda o`tmish adiblar hayoti hamda ijodini haqqoniy tadqiqetish yuzasidan amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar muhim ahamiyatga ega. Jumlada, tarqqiyparvar ziyoli, atoqli ma’rifatparvar shoir, xattot, jonkuyar muallim, tilshunos va tarixshunos olim, o’zbek matbaachiligi asoschisi, noshir puplitsist I’shoqxon Ibrat ijodi ham keng miqiyosda o`rganilmoqda.

Is’hoqxon Ibrat 1862-yil Namangan shahrining To`raqo`rg`on tumanida ziyoli oilada tug`ilgan. Dastlabki saboqni onasi Huribibidan olgan. Ibratning otasi Junaydullaxo`ja Sunnatilloxo`ja o`g`li turkistonlik mashhur mutasavvif Xoja Ahmad Yassaviy avlodidan bo`lib, bilimli, sohibkor bog`bonlardan bo`lgan.

Ibratning asli ismi Is’hoqxon, Ibrat adabiy taxallusi. Faoliyatining dastlabki yillaridan boshlab ma’rifatparvar, shoir, pedagog olim sifatida zamondoshlarini zamona ilmi, ilg`or madaniyat, yangicha ta’lim-tarbiya tizimidan ibrat olishga da’vat etdi, jahon ilmi va madaniyatidagihar bir yangilikdan o`zi ham ibrat olib yashadi va ulardan o`z xalqini bahramand qilish yo`lida tinmay mehnat qildi. Shuning uchun o`ziga “Ibrat” taxallusini tanlagan.

Ibrat Qo`qondagi Muhammad Siddiq Tunqator madrasasida tahsil oldi. U yerda Qo`qon adabiy muhiti namoyondalari Muqumiy, Furqat va Zavqiylar bilan do`stlashdi, ular ijodidan bahramand bo`ldi. Shoir Qo`qonda arab, fors tillarini mukammal o`rgandi. Tarix, tilshunoslik bilan jiddiy shug`ullandi. O`z qishlog`iga qaytgach, maktab ochdi, lekin bu maktab general-gubernatorlik amaldorlari tomonidan yopildi.

Is’hoqxon Ibrat Turkiya, Eron, Misr va Arabistonga safar qiladi. Onasi Huribibi bilan Haj ibodatini bajaradi. Biroq onasi Jidda shahrida qattiq betob bo`lib, olamdan o`tgach, Makka shahridan Qizil dengiz va Hind okeani orqali Hindistonga kelib, Kalkuttada yashaydi. Ibrat Rus tili va bu yerda ko`p ishlatiladigan arbailison, ya’ni to`rt tilni: arab, fors, hind-urdu va ingliz tillarini mukammal o`rganadi, xalq hayoti, madaniyati, san’ati bilan yaqindan tanishadi, ilmiy asarlari uchun qimmatli manbaalar to`playdi. Naqqoshlik, ya’ni masjid –madrasalar peshtoqiga naqsh solish va xattotlik bilan kun kechiradi. Ilm va hunarli kishi xor bo`lmasligini aytib, yoshlarni komil inson bo`lishga undaydi:

Har kasb pasha qilg’il, bo`lmas senga amal qut,

Bekasb o`tsang, Ibrat muhtoj non o`lursan.

O`z yurtiga qaytgach, yurtdoshlariga til o`rganishni da’vat etib, arab alifbosida tilshunoslikka oid “Lug`ati-sitta al-sina” asarini yaratadi. Ibratga qadar ham ruscha-o`zbekcha, o`zbekcha-ruscha lug`atlar (V.Nalivkin, M.Nalivkinalarning “Русско-сартовский словар” kabilar) yaratilgan, biroq krill alifbosida yaratilgan ushbu kitoblar o`zbek tilini o`rganuvchi ruslar va ruscha savodi bo`lgan sanoqli o`zbeklar uchun mo`ljallangan edi. Mazkur lug`tning arab alifbosida yaratilishiga xuddi shu jihat turtki bo`ldi va bu mrakkab vazifaga o`zbek ma’rifatparvarlari, pedagoglari orasida birinchi bo`lib Ibrat qo`l urdi. Mingdan ortiq faol so`zlarni o`z ichiga olgan “Lug`ati sitta al-sina” asaridan rus tili asosiy o`quv fani bo`lgan jadid maktablarida ham foydalanilgan.

Ibratning tilshunoslikka oid “Jome-ul-xutut” (“Yozuvlar majmuasi”) asari yozuvlar tarixiga bag`ishlagan. Asar dunyoda mashhur bo`lgan 41 xil yozuv sistemasi va husnixat san`atiga oid bilimlar bilan boyitilgan.

Ma’rifatparvar ijodkor Ibrat hovlisida qishloq bolalari uchun bepul “usuli savtiya” maktabini ochadi va o`z hisobidab parta, stol-stul, yangi kitoblar, darsliklar, daftar, doska, globus kabi yangi o`quv qurollari olib keladi. O`qitish ishkari o`zi tuzgan dastur asosida olib borilib, bir haftalik dars jadvali asosida ziyoli pedagoglar yordamida amalga oshirilgan.

Ibrat yana bir hayrli ishga qo`l uradi. Orenburgdan pulini 10 yil mobaynida to`lash sharti bilan Gaufman ismli manbaachidan litografik mashina sotib olib, katta mashaqqat bilan Qo`qongacha poyezdda, Qo`qondan To`raqo`rg`ongacha tuyalarda olib kelib, bosmaxona tashkil etadi. “Matbaai Is’hoqiya” nomi bilan ishga tushirilgan ushbu matbaada turli kitoblar, savod chiqarishga oid risolalar, darsliklar, plakatlar, tabriknomalar muntazam nashr etib turiladi. Ibratning husnixatga, xat-savod chiqarishga bag’ishlangan “San`ati Ibrat” nomli she’rlar to`plami, yozuvlar tarixiga bag`ishlangan “Jome ul Xutut” kabi asarlari ham o`zi tashkil etgan matbaada nashr etilgan. “Matbaai Is’hoqiya” belgisi sifatida nur tarqatayotgan quyosh tasviri ishlanib, quyosh ichiga “ilm” so’zi yozilgan. Bu bilan Ibrat ilmi nur sochayotgan quyoshga o`xshatadi.

Bu ramziy tasvir mazkur matbaada chop etilgan barcha kitoblarda mavjud. Ibrat o`zining “Tarixi chopnoma” she’rida ushbu chopnomani ochishdan maqsad olamga ilm nurini taratish ekanligini aytadi. Nodir qo’lyozmalar avlodlarga ma’naviy meros bo’lib qolishini chin dildan hohlagan shoir yoshlarni ilm-ma’rifat egallab, ezgu nom qoldirishga chorlaydi:

Maqsad bu ishdan erdi olamg`a ilm kasri,

Ham qo`ymoqg`a asarlar yodovari jahona.


Bizdin keyingilar ko`p ilm-u hunar toparlar,

Hayfoki, anda biz yo`q yo`q e’timoqxona.


Olamda ushbu ona sonsiz kishilar o`tdi,

Mingdin biri qo`yubdur olamg`a bir nishona.


Bu yorug` olamda ko`p boylik to`plab, lekin hech kimga yaxshilik qila olamagan, ezgu ishlar bilan o`z umrini boyita olmagan kimsalarga achinish hissi Ibratni doim hushyorlikka chorlagan:


Men katta boy emasdim kim aylamas binoyi,

Daxlim yetishmas erdi ro`zg`or-u choy-u nona.


Sad hayfkim, g’anilar safini bilmadilar,

Yeb-ichdilar semurub, sig`may turub chopona.


O’z asrimizda o`tdi bir necha ag`niyolar,

Qoldirmayin nishona yer ostin etti xona.


Bul senga katta ibrat, hushyor bo`lki ketdi,

Emdi senga kelurmu ketgan u ota-ona?


Xalq orasida kitoblarga bo`lgan talabning ortishi natijasida “Matbaai Is’hoqiya” litografiyasi 1910-yilda Namangan shahriga ko`chirilib, tipolitografiyaga aylantiriladi va shu tariqa hozirga qadar faoliyat yuritib kelayotgan Is’hoqxin Ibrat nomidagi matbaa-bosmaxonasiga asos solinadi.

Ibrat o`z uyida “Kutubxonai Is’hoqiya” nomli kutubxona tashkil qilinadi. Kutubxonadagi ellikdan ortiq darslik va qo`llanmalar hamda ta’lim-tarbiya, o`qitishga oid o`zbek, rus, turk, tatar, fors-tojik tillaridagi ko`plab kitoblardan butun qishloq ahli unumli foydalangan. Kutubxonaning maktab o`quvchilariga bag’ishlangan qismida Saisrasul Saidazizovning “Ustozi avval”, Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq” kabi kitoblari mavjud bo`lgan. Adabiyotshunos olim Ulug’bek Dolimov ma’lumotiga ko`ra O`Zrfa Sharqshunoslik instituti Qo`lyozmalar fondida saqlanuvchi Yusuf Xos Hojibning “Qutadg;u billig” asari Namangan nusxasi ham “Kutubxonai Is’hoqiya”ga mansub. Kutubxonada kitoblar sonining ortib borishiga “Matbaai Is’hoqiya”ning o`rni katta, chunki chop etilgan kitoblarning deyarli hammasidan bir necha nusxa “Kutubxonai I’shoqiya”ga topshirilar edi. Kutubxonada o`sha vaqt chop etiladigan turli gazeta va jurnallar ham bo`lgan. Afsuski, kutubxonadagi ko`plab nodir kitoblar qatag’on davrida yo`q qilingan.

  Ibrat o`zbek xalqi hayot va tarixini chuqur o`rgandi va shu asosda “Tarixi Farg’ona” asarini yaratadi. Asarda Qo`qon xonligida hukmronlik qilgan xonlar, ayniqsa, Qo`qon xonligining so`nggi hukmdori Xudoyorxon faoliyati, qipchoq qirg’ini, O`rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi fojialari haqida ma’lumot beriladi. Bundan tashqari asarda Farg’ona viloyati tarkibiga kirgan shahar va qishloqlarning kelib chiqish tarixi, geografik joylashuvi, tabiati haqida muhim ma’lumotlar ham bayon etilgan.

     Is’hoqxon Ibrat ta’lim-tarbiya sohasida jadidchilik g’oyalarini jonkuyarlik bilan himoya qiladi. To`raqo`rg’onda chet o`lkalarda yaratilgan fan-texnika yangiliklari, jumladan, grammafon, musiqa javoni, kinoapparat, fotoapparat keltiriladi. O`z uyida kinofilmni ko`rsatishni tashkil qiladi, suratxona ochadi. Bu yangiliklar Namangan ahlining madaniy hayotida muhim voqea bo`ladi. Ibratning tashabbusi bilan Namangan adabiy muhitida ijod qilayotgan bir guruh shoirlarBuxoroga o`qishga ketish oldidan estalik uchun rasmga tushishadi. Mana shu rasmlar orasidan faqatjiydakapalik shoir Xilvatiyning surati yaxshi saqlanib qolgan. Mustaqillik sharofati bilan Xilvatiy asarlari nashrdan chiqdi. Bugungi o`quvchi Xilvatiy asarlari bilan uning rasmini ham ko`rish imkoniyatiga Ibrat tufayli muyassar bo`ldi.

Ibrat hayoti davomida ko`plab savobli ishlarni amalga oshirdi. Chunonchi, otasidan qolgan uch tanob yerni xalq uchun gulbog’ qildi. Juda ko`p xildagi manzarali va mevali daraxtlar ektirdi. Darvozaga “Xush kelibsiz Is’hoqiya bog’iga” deb yozdirdi. Afsuski bu bog’ bugungi kungacha saqlanib qolmagan.

Adibning “Tarixiy madaniyat” asarida 20  yil ichida  14 ta ilmiy-tarixiy, lingvistik asarlari va 30 yillik nazmiy ijodining majmuyi bo`lmish “Devoni Ibrat” she’rlar to`plamini yaratgani haqida ma’lumotlar yozib qoldirilgan.

Is’hoqxon Ibrat lirikasi soda va ravonligi, vaznlarining o`ynoqiligi, tasvirlarning o`ziga xos yuksak badiiyat bilan  yaratilganligi jihatidan ahamiyatli. Shoir ijodida hayot haqiqati rangin bo`yoqlarda aks ettirilgan va  bu ularga xalqona ohang baxsh eta olganligi bois Ahmad Yassaviy, Navoiy, Atoiy, Mashrab g`azallari kabi san’atkorlar tomonidan qo`shiq qilib kulangan.

Qatag`on shamoli Ibratni ham chetlab o`tmadi. O`z jonini yurt istiqboli yo`lida fido qilishga qodir, ma’rifatli, ziyoli vatandoshlarimiz qatori 75 yoshli nuroniy shoir Ibrat ham 1937-yilning ilk bahorida qamoqqa olinadi. Qamoqdagi jismoniy, ruhiy azoblarga dosh bera olmagan ma’rifatparvar shoir ikki oydan so`ng Andijon turmasida  hayotdan ko`z yumadi. Qabri qayerdaligi no’malum. Qatag`on qurbonlari bo`lgan ziyolilarimioz qatori Is`hoqxon Ibrat ham 1959-yilda oqlangan.

Xullas, Is’hoqxon Ibratning hayot yo`li va ilmiy faoliyatini o`rganish orqali yoshlarimiz qalbida vatanga muhabbat, ilm-fan va kasb hunar egallashga g`ayrat, san’atga, adabiyotga oshuftalik hissi o’sadi. Vatanparvar, ma`rifatparvar shoir Is’hoqxon Ibratning barchamizga ibrat bo’ladigan xayrli ishlari xalqimiz xotirasida mangu yashaydi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

Istiqlol qahramonlari. Ibrat. Ajziy. So`fizoda. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1999. 55-bet./ 60-bet.

Alixon Halilbekov. Namangan adabiy muhiti. T.: Ruhafzo, 1998. 157-bet.

Til va Adabiyot ta’limi. Ozoda Boltaboyeva. Is’hoqxon Ibrat. T.: Ilmiy-metodik jurnal, 27-bet

Umida Mustafaqulova


Umida Mustafaqulova (munozara) 19:50, 1-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

Turkiy tillar va ularning tasnifi

tahrir

Turkiy tilIar oilasiga 70 ga yaqin tilIar kirib, bu tillarda 200

mln.ga yaqin kishi so'zlashadi I.  Turkiy xalqlar mustaqiI turk

jumhuriyatlarida, Rossiya, Ruminiya, Polsha, Turkiya, BoIgariya,

Yugoslaviya, Eron, Qoshg'ar (Sharqiy Turkiston), g'arbi-shimoliy Xitoy kabi mamlakatlardajoylashgan, turkiy xalqlarning vakilIarini dunyoning hamma mamlakat va o'Ikalarida uchratish

mumkin.

Fonetik, grammatik, Ieksik tomondan yaqin turgan tilIarni


olimlar ural-oltoy va oltoy tiIIari oilalari guruhiga tasnif etadilar.

Ural-oltoy tillari oilasiga quyidagi tillar kiradi:

I.  Fin-ugor tillari.

11. Turkiy tiIlar.

r  Ill. Mo'g'ul tillari.

IY.  Koreya tili.

Y. Yapon tili.

VI. Tungus-manjur tilla:-i.

Bu nazariyaning asoschilari - R.Rask, V.SllOtt, M.AKastren, O. Betling, Y.Tomsenlardir. Bu nazariyaga ko'p turkiyshunos

olimlar qo'shilmaydi (Yu.Nemet, R.Ramsted, E.D.Polivanov,

ASherbak, V.Kotvich va b.).

Oltoy tillari oilasi tasnifiga quyidagi tilIar kiritilgan:

I. Turkiy.

2. Mo'g'ul.

3. Koreya.

4. Yapon.

5. Tungus-manjur.

Turkiy tillar oilasi nazariyasiga ko'ra, turkiy tillarni  tasnif

qilishda ba'zi olimlar geografik o'rinlashishni asos qiIib oIadilar.

Masalan, Y.Y. Radlov turkiy tillarni to'rt guruhga bo'Iadi:

1) Sharqiy guruh - bunga oItoy, chulim turklari, qaragas,

xakas, sho'r, tuva va yenisey turklari tillari kiradi;

2) G'arbiy guruh - SjI)ir tatarlari, qirg'iz, qozoq, boshqird,

qoraqalpoq tiIlari;

3) O'rta Osiyo guruhi - uyg'ur, o'zbek tillari;

4) Janubiy guruh - turkman, ozarbayjon, turk tillari; yoqut

tiIi esa alohida guruhni tashkiI etadi.

F.E.Korsh, I.Bensig, K.Menges, Y.ABogoroditskiy, G.Ramstedt tasniflari ham geografik (joylashish) asosida bo'lib, tillar birbiridan ayrim xususiyatlari bilangina farqlanadi.

AN.Samoylovich turkiy tiIIarni fonetik xususiyatlariga ko'ra

tasnif qiladi:

I) R guruhi. Bu guruhga qadimgi bulg'or, hozirgi chuvash

tillari kiradi. Bu tillarda boshqa turkiy tillardagi y (qadimgi ~ - Q/

z) tovushi r bo'Iib talaffuz etiladi: oyoq - ura.


Boshqa fonetik xususiyatlari: taxar (to'qqiz), pul (bol), tau//

tu (tog'), sari (sariq), qalan (qolgan).

2) D guruhi. BlInga uyg'ur va shimoli-sharqiy turkiy tillar kiradi.

Bu tillarda "y" tovlIshi  d tarzida (O'rxun-Enasoy yodnomalari,

qaragas, salar, tuva, qadimgi turkiy tillari) yoki z/t tarzida (yoqut

tili) talaffuz qilinadi.

Boshqa fonetik xususiyatlnri: toquz, pol, tag', sarig', qalan.

3) Tau guruhi (tog' so'zini tau deb talaffllz qilinishiga ko'ra).

Bu guruhga shimoli-g'arbdagi turkiy tillar - altay, qirg'iz, qumiq,

qarachay-balqar, qarayim, tatar, boshqird, qozoq, no'g'ay tillari

kiradi. Boshqa fonetik xususiyatlari: tog'uz, ayaq, bol-//bul-, tau,

sari, qalg' an.

4) Tag'liq guruhi (tag'liq deb talaffllz qilinishiga ko'ra). Bu

guruhga janubi-sharqdagi turkiy tillar - eski o'zbek tili, hozirgi

lIyg'ur va o'zbek tillari kiradi. Boshqa fonetik xususiyatlari: tog'uz/

/toqqis, ayaq, bol, tag', sarig', qalg'an// qalgan.

5) Tag'li gllruh (tag'li deb talaffllz qilinishiga ko'ra). Bu guruhga Xorazm o'zbeklari, qipchoq-turkman tillari kiradi: doquz,

ayaq, bol, tag', sari, qalg'an.

6) 0'1 guruhi (bo'l-fe'li 0'1-deb talaffuz qilinishiga ko'ra). Bu

guruhni janllbi-g'arbdagi turkiy tillar tashkil etadi (ozarbayjon,

turk, gagauz tillari).

Boshqa fonetik xlIsusiyatlari: doquz, ayaq, dag', sari, qalan


N.A. Baskakov va boshqa olimlar turkiy tillarni ctnik tarkibiga

ko'ra tasnif qiladilar. Bu tasnifga ko'ra, turkiy tillar sharqiy va

g'arbiy turkiy tillarga bo'linadi.

Turkiy tillarning sharqiy guruhiga qadimgi uyg'ur, tuva, tofalar

(karagas), yoqut, xakas, sho'r, chulem, altay, qirg'iz, Oltoy tillari

kiradi. O'zbek tili tarixi bilan bevosita aloqador bo'lgan g'arbiy

tarmoq turkiy tillar quyidagicha gllruhlarga bo'linadi:

1) O'g'uz guruhi (yoki janubiy va janubi-g'arbiy gllruh).

Bu guruhga turkman, gagauz, ozarbayjon, turk tillari kiradi.

O'g'uz guruhiga kirgan tillarning asosiy xususiyatlari:


a) so'z oxiridagi g, g' tovushlari saqlanadi: beg, dag';

b) so'z boshidagi t, k, q tovushlari jaranglilashadi: ti/-dif, ker

- gor;

d) ba'l - o'rnida a'l - shakli ishlatiIadi;

e) tushum kelishigi -i, qaratqich kelishigi -in shaklida qo'lIanadi, jo'nalish kelishigining -a, ya shakllari bor;

f) singarmoniya, asosan, saqlanadi;

j) sifatdoshning -asi, -mish, -an shakllari qo'lIanadi va boshqalar.

2) Qipchoq guruhi yoki g'arbiy va shimoli-g'arbiy guruhi.

Bu guruhga tatar, boshqird, qarayim, qumiq, qoraqalpoq,

qozoq, qirg'iz, altay, no'g'ay tiIlari  kiradi. Qipchoq guruhiga

mansub turkiy tillarning ba'zi umumiy xususiyatlari:

a) unlilar 8-9 gacha boradi (a -a, I  - i,  II - ii, a - (J,  e);

b) t,  k tovush lari so' z boshida jaranglash maydi (tif, kef);

d) q tovushi x ga, ba'zi o'rinlarda y tovllshi j  ga o'tadi;

e) ch>sh, sh>s: qash so'zi qach o'rnida, qis so'zi qish o'rnida

(qozoq, qoraqalpoq tilida).

3) Qarluq guruhi yoki O'rta Osiyo guruhi.

Bu guruhga o'zbek va hozirgi uyg'ur tillari kiradi. Qarluq guruhiga kiruvchi tillarning asosiy xususiyatIari:

a) tillar va shevalararo unlilar miqdori 6 tadan 9 tagacha o'zgarib

turadi;

b) p, t,  k, q tovushlari ikki unli o'rtasida jarangsizligini saqlay

oladi;

d) so'z oxiridaj, gO, g undoshlari saqlanadi yoki q undoshi k ga

o'tadi;

e) q va k fonemalari farqlanadi;

f) -g'an qo'shimchali sifatdosh juda keng qo'llanadi;

j) qaratqich kelishigining qo'shimchasi to'liq -nilJ shaklida

qo'lIanadi.

4) Bulg'or guruhi.

Bu guruhga chuvash tili va o'lik bulg'or tillari kiradi. Barcha

turkiy tiIlardan o'zining fonetik-morfologik xususiyatlari bilan keskin farqlanadi.


G'. ABDURAHMONOV, SH. SHUKUROV, Q. MAHMUDOV

O'ZBEK TILINING

TARIXIY GRAMMATlKASI

FONETlKA, MORFOLOGIYA VA SINTAKSIS Umida Mustafaqulova (munozara) 19:57, 1-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

O'zbek adabiy tilining asosiy yozma manbalari

tahrir

Xorazmiyning "Muhabbatnoma" asari 1353-yilda yozib tugatilgan bo'lib, til jihatdan o'g'uz tili xususiyatlarini ham aks ettiradi. Sidi Ahmadning "Taashshuqnoma"si tuzilish jihatdan "Muhabbatnoma"ga yaqin turadi. Bu asar 1435-yili yozilgan. Uning muallifi Sidi Ahmad esa Mironshohning o'g'li deb taxmin qilinadi. Asarda qipchoq xususiyatlari kamroq uchraydi. Aliyning "Qissayi Yusuf' asari XIII asrda yozilgan bo'lib, unda o'g'uz-qipchoq tili  xususiyatlari  aks etadi. Asar O'rta Osiyoda yozilgan, deb taxmin qilinadi. Qutbning "Xusrav va Shirin" asari 1340-yili Oltin O'rda xonlaridan O'zbekxon o'g'li Tinibekka atab yozilgan. Tiljihatdan o'g'uz-qipchoq til xususiyatlarini ifodalaydi. Asar Nizomiy tomonidan yozilgan shu nomdagi dostonning turkiylashtirilgan tarjimasi edi. Sayfi Saroiyning "Gulistoni bit-turkiy" asari 1391-yili Misrda yoziladi. Asar qipchoq-o'g'uz tili xususiyatlarini aks ettiradi. Mazkur asar Sa'diyning "Guliston" asari tarjimasidir. Navoiygacha bo'lgan shoirlar: Durbek. XIV asming ikkinchi yarmida ijod etgan. Uning "Yusuf va Zulayho" asari (asar Balxda yozilgan deb taxmin qiIinadi) bizgacha yetib kelgan. Lutfiy. XIV asr oxiri va XV asr o'rtalarida Hirotda yashagan va ijod etgan, ayrim g'azallari va "Gulu Navro'z" dostoni bizga yetib kelgan.

Atoiy. XV asming birinchi yarmida ijod etgan. Go'zal g'azallari bilan mashhur.

Sakkokiy. XV asrning boshlarida Movarounnahrda (asosan, Samarqandda) ijod etgan. Badiiy va mazmun jihatdan mukammal

ajoyib g'azallari bilan mashhur bo'lgan.

Yaqiniy. XV asrning birinchi yarmida Hirotda ijod etgan, uning "O'q-yoyning munozarasi" asari bizga ma'lum.


Abmadiy. xv asrda ijod etib, "Sozlar munozarasi" asari bizgacha yetib kelgan.

Yusuf Amiriy. xv asrning boshlarida Hirotda, Shohruhning o'g'li Boysung'ur Mirzo saroyida ijod etgan. Uning devoni, "Dahnoma" (1429-30), "Bangu chog'ir munozarasi" asarJari bizga ma'-lum.

Mir Haydar. XV asr boshlarida "Telba" taxallusi bilan ijod etgan. Uning "Mahzanul asror" asari bizgacha yetib kelgan.

Xo'jandiy. XIV asr oxiri va  XV asr boshlarida Xo'jandda (taxallusiga ko'ra, asl ismi esa ma'lum emas) ijod etgan. "Latofatnoma" asari bilan mashhurdir.

Husayniy. Temuriylar sulolasidan bo'lmish Abulg'oziy Husayn Boyqaroning taxallusidir (1438-39-yili tug'ilib, 1469—1506-yillarda Xurosonda hukmronlik qildi). Uning devonlari bizgacha yetib kelgan.

XIV asr oxiri - XV asr boshlarida ijod etgan shoirlardan yana Javhariy, Qambar o'g'li, Qosim, Mansur baxshi, Gadoiy, Mir Sayid, Haydar Xorazmiy va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Shunisi muhimki, Navoiygacha bo'lgan bu shoirlarning asarlarida eski turkiy til an'analari davom ettirilishi bilan birga, jonli til xususiyatlari ko'proq o'rin egallaydi.


G'. ABDURAHMONOV, SH. SHUKUROV, Q. MAHMUDOV

O'ZBEK TILINING

TARIXIY GRAMMATlKASI

FONETlKA, MORFOLOGIYA VA SINTAKSIS Umida Mustafaqulova (munozara) 20:03, 1-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

Muhammad Solihning o`zbek adabiy tilining shakllanishiga qo`shgan hissasi

tahrir

Muhammad Solih XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asr boshlarida yashab ijod etgan, uning "Shayboniynoma" asari 15IO-yilda yozib tugatilgan. Asar nazm yo'li bilan yozilgan bo'lishiga qaramay, tili sodda va hozirgi zamon tiliga ancha yaqin. Asar tilida ba'zi sheva xususiyatlari ham aks etgan. Majlisiyning (XVI asrning birinchi yarmida Xorazmda ijod etgan) "Qissayi Sayfulmulk" dostoni, Abdulvahob xo'ja o'g'li Poshoxojaning (taxallusi - Xoja, XVI asrda ijod etgan) "Gulzor" va "Miftohul adl" asarlari eski o'zbek tili an'analarini o'zida aks ettirgan.

Eski o'zbek tili O'rta Osiyo adabiy tilining bevosita davomidir. O'rta Osiyo adabiy tilidagi asosiy xususiyatlar eski o'zbek tilida davom etadi. Shu bilan birga, ba'zi tit xususiyatlari eski o'zbek tilida o'zgaradi. Bu hol til taraqqiyoti tufayli ro'y beradigan tabiiy va qonuniy hodisadir. Masalan, eski o'zbek tilida !l tovushi, asosan y bilan almashadi; shart fe'lining qo'shimchasi -sar tamoman -sa shakliga o'tadi; kelishik affikslaridan oldin qo'lIanadigan n (ininda) tovushi eski o'zbek tilida kam uchraydi; sonning to'rtinch, beshinch shakllari ishlatiladi; tushum kclishigining -ig'/-ig shakli, jo'nalish kelishigining -g'aru/-garu shakli, vosita kelishigi qo'shimchasi tamom~m qo'llanmaydi; ravishdosh va sifatdoshning qadimgi shakllari iste'moldan chiqadi; yangi ko'makchilar qo'llaniladi (ko'ra, yarasha va boshqalar); harakat nomining -moq shakli kamroq qo'llanib, uning o'rnida -ish shakli ko'proq ishlatila boshlaydi va boshqalar. Umida Mustafaqulova (munozara) 20:06, 1-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

GOMER "KIM"

tahrir

  Qadimgi  yunon  epopeyalari  «Iliada»  va  «Odisseya»ningmuallill  sifatida  jahon  kitobxonlariga  tanish.  Gomer  shaxsiyati, tug'ilgan joyi  va qachon  yashab  o'tganligi  to'g'risida  turli  faraz  vataxminlar yuradi.  Turli xil manbalar  uning tugʻilgan joyini  turlicha— Smirna, Xios, Kolofon,  Itaka,  Pilos, Argos, Afina deb koʻrsatadilar.U yashagan davrni ham turlicha  taxmin qiladilar.  Miloddan oldingi VIII  asrda  yashab  o ’tganligi  va  Smima  uning  vatani  bo'lganligi to'g'risidagi  fiki  haqiqatga  yaqin  deb  hisoblanadi.  Shoir  hayotigaoid turli rivoyatlar toʻqilgan.  Masalan,  Smima rivoyatiga koʻra uning otasi  Meleta daryosi xudosi, onasi esa ma’buda Kreteida, tarbiyachisi Smirna  rapsodi  Femiy  boʻlgan.

Gomerning  koʻzi  ojiz  bo'lganligi  toʻgʻrisidagi  rivoyatlar  Apollon Delosskiyga  atalgan  gimndagi  parchaga  asoslanadi.  Gomer soʻzining ma’nosi  ham  uning  ojizligiga  ishora  boʻlib  xizmat  qilgan  bolishi ehtimol.  Tadqiqotchilaming  fikricha,  «gomer»  grekcha  soʻz  emas,  u «ojiz« yoki «garovga olingan»  ma’nolarini anglatadi.  Shu sababli  ham ba'zi  olimlar  uni  yunon  tili  va  madaniyatini  qabul  qilgan  «varvar» yoki  «yarim  varvar»  qabilalardan chiqqan deb  taxmin  qiladilar.

Gomer  «Iliada»  va  «Odisseya»dan  tashqari  «Epik  turkum»ning, «Oyxaliyaning  olinishi»,  «Margit»  hazil  qoʻshigʻi  hamda  «Sichqonlar

va qurbaqalar jangi» dostoni, epigrammalar va epitalamiyalarning ham muallifidir.  Bizgacha bu asarlardan «Iliada» va «Odisseya»dan tashqari

gimnlar, epigrammalar va «Sichqonlar va qurbaqalar jangi» yetib kelgan. Gomerning «Iliada» va «Odisseya» dostonlari epos sohasida yuksak

darajadagi  san’at  namunalari  sanaladi.  Bu  asarlar  3000  yildan  beri eng sevib oʻqiladigan asarlar boʻlib kelmoqda. Gomer ijodini o ʻrganish

juda  qadim  zamonlardan  boshlangan.  Vizantiya  imperiyasi  davrlaridayoq  maktablarda  Gomer asarlari  oʻqitilgan. «lliada»ning  umumiy  hajmi  157000  she’riy  satrdan  iborat.  Ba’zi tadqiqotchilar  bu  she’rlar  shu  darajada  mukammal  kompozitsiyaga egaki, koʻzi ojiz odam bunday ishga qodir emas, Gomer koʻr bo`lmagan bo`lsa  kerak,  degan  fikmi  bildiradilar.  Yana  shu  narsa  diqqatga sazovorki,  «Iliada»  muallifi juda  kuzatuvchan  bo'lgan,  uning  tasviri nihoyatda  batafsilligi  va  aniqligi  bilan  ajralib  turadi.  Hatto  Troya shahrida qazish ishlari olib borgan arxeolog Shliman qoʻlidan «Iliada» asarini  qoʻymagan,  undan  geografik  va  topografik  xarita  sifatida foydalangan. Gomer buyuk soʻz ustasi sifatida ham hamon kitobxonlar qalbini  zabt  etib  kelmoqda.  Gomer  asarlarida  soʻzning  ahamiyati beqiyos,  uning  soʻz  boyligiga  ta’rif  yoʻq,  u  qo'llagan  badiiy  tasvir vositalari  nihoyatda goʻzal  va  betakrordir.

«lliada»  va  «Odisseya»  asarlari  uslubi  haqida gap  ketganda,  ba'zi olimlar tomonidan  har  ikki  asarni  ham bir  muallif yozganligi  shubha

ostiga  olinadi.  Har  ikki  dostonda  ham  qadimgi  afsonalar, «sayyohlaming  hikoyalari»  va  miken  davri  guvohlarining  hikoyalari yigʻilgan, biroq ayni paytda sujetning puxtaligi va xarakterlar tasviridagi haqqoniylik  bu  asarlami  og'zaki  epik  ijod  namunalaridan  farqlaydi. «Iliada»  muallifi  loniyadan  chiqqan  va  asarini  Troya  urushining  boy materiallari  asosida  yozgan  bo Isa  kerak.  «Iliada»  dostoni  voqealari bir  necha  hafta  ichida  roʻy  beradi,  biroq  o'quvchi  troya  urushining butun  tarixini  biladi  deb  hisoblanadi.  «Odisseya»  ayni  shu  muallif yoki  uning shogirdi tomonidan keyinroq yozilgan boʻlsa  kerak,  degan qarash ham mavjud. «Odisseya» qahramonlari o'rtasidagi munosabatlar chigalroq,  uning  qahramonlari  «Iliada»  qahramonlariga  nisbatan  bir qadar  hayotiyroq.  Muallif Sharqiy  0 ʻrta  Yer  dengizi  mamlakatlarini

ishdada  chuqur  bilishini  namoyish  qiladi.  Dostonlar  o'rtasida  mantiqiy yaqinlik  ham  mavjud.  Biroq  «Odisseya»  o'ziga  xosligi,  sujetning puxlaligi  va  originalligi  bilan  ajralib  turadi.

Qadimgi  yunonlar  Gomemi  sevib  oʻqiganlar.  0 ʻz  davrida  ham uning naqadar shuhrat qozonganligini Shimoliy Qora dengiz sohillarida

qo'lga kiritilgan topilma misolida ham  koʻrish  mumkin.  Bu sohillarda qadimda  antik  davrda  gullab-yashnagan  yunon  mustamlakalari

joylashgan.  U  yerda  tosh  parchasi  topilgan,  unda  «Iliada»  dan «Yulduzlar  tarqadi...»  deb  boshlanuvchi  she’riy  satr  so'zlari  o ʻyib

yozilgan.  Yozuv  tugatilmagan  va  xatolari  boʻlganligi  tufayli  olimlar uni mustaqil ijodni endi boshlagan tosh yoʻnuvchi yoki uning shogirdi

bitgan,  deb hisoblaydilar.  Biroq miloddan oldingi  II  asrga mansub bu bitik  Gomerning  shuhrati  naqadar ulugʻ  boʻlganligini  tasdiqlaydi.


SHOSRA  N OR M A TO V A

J A H O N  A D A BIY O TI


UMIDA MUSTAFAQULOVA Umida Mustafaqulova (munozara) 20:20, 1-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

Assalomu alaykum, Vikipediyaga xush kelibsiz

tahrir
  Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Umida Mustafaqulova!
  Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

 
Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
  Maqolalarni nomlash
  Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
  Qoida va koʻrsatmalar
  Tasvirlar bilan bezash
  Mualliflik huquqlari
  Glossariy
Sakinabonu (munozara) 08:28, 28-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish