Vikipediya:Administratorlar forumi

(Vikipediya:AFdan yoʻnaltirildi)
Eng oxirgi fikr: 7 kun oldin (Nataev tomonidan „Laziz Baxtiyorov tomonidan amalga oshirilgan gʻarazli faoliyatlar“ mavzusida)


Administratorlar forumiga xush kelibsiz!

Bu sahifa administratorlarga oid masalalarni muhokama qilish uchun moʻljallangan.


Tepaga
Pastga

SIisj yaratgan maqolalarni oʻchirish tahrir

SIisj tomonidan yaratilgan 100lab maqolalardan koʻpchiligi mutlaqo ensiklopedik ahamiyatga ega emas deb oʻylayman. Shuningdek, maqolalarni yaratish uchun manba sifatida koʻrsatilgan Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi ham qanaqadir tijoriy maqsadda yozilgan kitobga oʻxshaydi. Shuningdek, ushbu foydalanuvchining foydalanuvchi sahifasida ham oʻziga xos hisobot tarzidagi jadval mavjud. Aniq ishonchim komil boʻlmasa-da, ushbu foydalanuvchi ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmagan qator maqolalarni maʼlum haq evaziga kiritadi, degan gumondaman. Qolaversa, tijoriy maqsadlarda maqolalarni chop qilish bilan shugʻullanadigan bir telegram kanalda ushbu foydalanuvchining ishlari reklama qilingani ham shubha oshishi uchun asos boʻlmoqda. Ushbu reklama orqali ham kanal oʻz aʼzolari oldida ishonchliroq koʻrinishga harakat qilgan. Laziz Baxtiyorov (munozara) 06:15, 25-Dekabr 2023 (UTC)Javob berish

Bu yerda ovoz berish shart emas, chunki ovoz beriladigan narsa emas bu. SIisj yaratgan har bir maqolani yaqindan tekshirib chiqish zarur. Birdaniga oʻchirish variant emas, chunki „Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi“ erkin litsenziya bilan yoyinlanibdi. (Bu maqolaning oʻzi ham EAga ega yoki yoʻqligi koʻrib chiqilishi kerak.)
Mazkur ensiklopediya nufuzli manba boʻla olmaydi, chunki podzemkada buyurtmaga qilib berishadigan referatdek yozilgan kitob ekan. Sahifalari Microsoft Wordda bezatilgan va maktab oʻquvchisi ishiga oʻxshaydi. „Science and Innovation“ MChJ nufuzli tashkilot yoki nashriyot emas. Qizigʻi, kitobda „Ensiklopediyada chop etilgan olimlar biografiyalari taniqliolimlar.uz platformasida va wikipedia.org onlayn ochiq ensiklopediyasida ham joylashtirilgan“, deb yozilibdi. Kiritilgani mayliku-ya, oʻchirilishi mumkinligi haqida yozishmabdi-da. Asarga kiritilgan shaxslar buyurtma asosida kiritilgan boʻlishi ham ehtimoldan xoli emas.
Shuning uchun SIisj yaratgan har bir maqolani koʻrib chiqib, VP:OLIMLAR mezonlariga javob bermaydiganlarinii oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatish kerak. Har birini individual tarzda koʻrib chiqib, oʻchirish yoki olib qolish toʻgʻrisida xulosa chiqaramiz. Nataev munozara 14:44, 25-Dekabr 2023 (UTC)Javob berish

Izohlar tahrir

  1.   Roziman. Biroq, uning hissasini birma bir tekshirib chiqmoq kerak. Chunki, orada bir qancha rektorlar haqida ham yozib ketganiga guvoh boʻlganman. Ammo, juda koʻp maqolalarini unvonini sotib olgan yoki Ilmiy ishimni kimgadir qildiradigan odamlar haqida. Salazarov 06:40, 25-Dekabr 2023 (UTC)Javob berish
  2.   Roziman – yuqorida aytilgan fikrlarda jon bor. koʻplab maqolasini oʻchirilishi tayin. Oz sonli EAga ega maqolasini tahrirlab olib qolish kerak. Alpasli (munozara) 08:32, 25-Dekabr 2023 (UTC)Javob berish
  3.   Roziman – Yuqorida ikki foydalanuvchi bildirgan fikrlarga qoʻshilaman. Umarxon III (munozara) 09:40, 25-Dekabr 2023 (UTC).Javob berish
  4.   Roziman. Yuqorida aytib oʻtilgan Salazarovning fikrlariga toʻliq qoʻshilaman. SIisj kimligini bilmadimku-ya, ammo ancha tajribali vikipediyachi ekanligi maqolalarining chiroyli rasmiylashtirilganligidan bilinib turibdi. Uning ayrim hissalari taxsinga sazovor, ammo tijoriy maqsadda, copy-paste shaklda yozilgan va ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmagan maqolalarini oʻchirish tarafdoriman. PanPanChik #yozish 10:57, 25-Dekabr 2023 (UTC)Javob berish

Xulosa tahrir

Administrator statusini berish tahrir

Administrator statusini berish uchun 2019-yilda faol foydalanuvchilar kamsonli ekanligi sababli yengillik kiritilgan. WikiStipendiya loyihasi natijasida aktiv foydalanuvchilar soni bir necha barobarga koʻpaygani bois oʻzbekcha Vikipediyaga administratorni saylash jarayonini tubdan qayta koʻrib chiqish kerak boʻlyapti. Administratorlikka nomzodga qoʻyilgan talablarni hechboʻlmaganda faol foydalanuvchilari oʻzbekcha Vikipediyaga mos darajaga teng yoki yuqori Vikipediya loyihalari darajasiga chiqmagunicha vaqtinchalik (masalan, 2 oyga) toʻxtatib turishni taklif etaman. Administratorlarni yangi talablarni ishlab chiqishda faol boʻlishlariga chorlab qolaman. Kimda qanaqa foydali takliflar bor? — Kagansky munozara 22:10, 7-Aprel 2024 (UTC)Javob berish

Xayrli kun Vikipediyachilar. Men ruscha va nemischa Vikipediyalarida boʻlgani kabi, saylovchilar soni boʻyicha qoida talabini kiritishni taklif qilaman. Masalan, ruschada bu 30 foydalanuvchi, nemischada esa 50, biz ham xuddi shunday qilishimiz yoki bu raqamni biroz kamaytirishimiz mumkin/ Artemev Nikolay (munozara) 04:04, 16-Aprel 2024 (UTC)Javob berish
Administratorlikka nomzodni tanlashda ovoz beruvchilarning hissalariga ham alohida eʼtibor berilishi haqida qoidalarda kiritib oʻtish tarafdoriman. Hozir biz butun Oʻzbekiston boʻylab turli vikiklublar, talabalar vikijamoalari shakllanayotganini kuzatyapmiz. Shu guruhlar orasidan adminlikka noloyiqroq kimdir soʻrov qoʻysa, guruh aʼzolari yollanma armiyadek rozi ovoz berib tashlashini cheklash, hayotiy manfaatlar (tanish-bilishchilik) Vikipediyaga koʻchib oʻtishining oldini olish zarur. Bunda administratorlikni qoʻlga kiritish uchun ovoz berganlar orasida kamida 10 nafar joriy administrator, kamida 3 nafar joriy rasmiyatchi va kamida 5 nafar joriy xulosa chiqaruvchilarning rozi ovozlari boʻlishi kerakligini rasmiylashtirish kerak deb oʻylayman. Jamshid Nurqul (munozara) 13:55, 16-Aprel 2024 (UTC)Javob berish
Yuqoridagi fikrlarga qoʻshilaman. Ayni damda davom etayotgan soʻrvni odatdagidek yopib, kelgusida talablarni yuqoridagi takliflar asosida qatʼiylashtirish tarafdoriman. Ayni damda bizda admin huquqiga ega foydalanuvchilar soni boshqa jamoalardagidan bir necha barobarga yuqori. Masalan, mart oyida trwikida 551 ming tahrir qilinibdi. Ulardagi adminlar soni 20 nafar. Bizda esa atigi 87 ming tahrir qilingan, ammo amaldagi adminlar soni 15 nafar. Va hokazo. Nataev munozara 22:23, 22-Aprel 2024 (UTC)Javob berish

Fikrlar tahrir

Salom. Mana bu tahrirdagi fikrlarga (uzwikida faol foydalanuvchilar va tahrirlar sonining kamligi, adminlar sonining koʻpligi) qoʻshilaman. Hozircha 15ta administrator yetarli deb hisoblayman. Menimcha, hali bunday qoida rasman mavjud boʻlmasa-da, birorta maqolani statusga (tanlangan maqola, tanlangan roʻyxat, yaxshi maqola, xushsifat maqola) olib chiqmagan foydalanuvchining administrator boʻlishi (bu statusda qolishi) ham mumkin emas. Oddiy foydalanuvchi boʻlib ham, namunali tahrirlar qilayotgan tahrirchilarimiz talaygina. Diwikiped, Muzaffar Murodovich, Boboyev1996, Hasan Alimov AnvarxonM shular qatoridan. Umarxon III (munozara) 06:04, 11-Aprel 2024 (UTC).Javob berish

Vandalism tahrir

Please protect the following two pages from IP for at least one year:

Yahya (munozara) 11:36, 17-Aprel 2024 (UTC)Javob berish

Hey! The attacks seem to have stopped, so I see no reason for protection. However, I'll try to keep an eye on these two entries. Nataev munozara 22:28, 22-Aprel 2024 (UTC)Javob berish

Yangi foydalanuvchilarni Vikipediyadan sovutmang! tahrir

WikiStipendiya III marafoni boshlanganidan buyon yangi foydalanuvchilarning Vikipediyaga aʼzo boʻlish soni ortmoqda, va baxtga qarshi ularning katta qismi hali Vikipediya qoidalaridan toʻliq xabardor emas.

Shunday holatda eliminatorlik va administratorlik statusiga ega foydalanuvchilardan yangi foydalanuvchilarni „qopmasliklarini“, maqola yaratganiga koʻp vaqt oʻtmasdan unga oʻzgartirishlar kiritib (garchi foydali boʻlsa ham) tahrirlar toʻqnashuviga sabab boʻlmasliklarini va maqola yaratuvchisini ogohlantirmasdan, maqolani oʻchirib tashlamasliklarini soʻragan boʻlar edim. Bunday holatlarlarning ayrimlari quyidagilar:

  • Ma'lumotnoma maqolasi Alpasli tomonidan oʻchirib tashlangan. Oʻchirish sababi:EA. Vaholanki boshqa Vikipediyalarda bu maqola avvaldan mavjud (jumaladan: ru:Справочник). Garchi maqola plagiat tekshiruvida yuqori koʻrsatkich bergan boʻlsa-da foydalanuvchiga uni tuzatish imkoniyati berilmagan. Maqola 7 soat ichida gumdon qilingan.
  • 16:9 maqolasi Axadjon1 tomonidan hech qanday ogohlantirish berilmasdan, maqola soʻnggi tahriridan 1 daqiqa ham oʻtmasdan oʻchirib tashlangan.
  • Guljamol Shukurova maqolasi oʻchirishga munozarasi ochilgan boʻlishiga qaramay, muhokamasiz Alpasli tomonidan oʻchirib tashlangan.

Iltimos yangi foydalanuvchilar bilan xushmuomala boʻlaylik va ezgu maqsadni koʻzlaylik.

Yana shu singari holatlar yuz berishda davom etsa status egalarini bayroqdan mahrum qilishni soʻragan boʻlar edim. PanPanChik #yozish 14:10, 3-May 2024 (UTC)Javob berish

Panpanchik, ilk oʻchirilgan maqola EA bilan emas, noensiklopedik ravishda yaratilgani va shunga asoslangan matni, mualliflik huquqlarini yaqqol buzilgani sababli oʻchirilgan. Buni izohda ham qayd etganman, tushunib oʻqimaganingizga aminman. Ikkinchi maqolaga kelsak, Tezda oʻchirishga berib oʻchirilgani maqbul deb yozganman oʻchirish izohimda. Chunki shaxsning Ensiklopedik ahamiyati Vikipediya talab mezonlariga umuman mos kelmaydi. Siz doimgidek qaysidir tanishingizni yonini olayotgangga oʻxshayapsiz. Man asosan oʻzbekcha Vikipediya foydasini koʻzlab harakat etyapman. Iltimos, siz ham asl maqsadingizni aytsangiz, Panpanchik. Alpasli (munozara) 14:34, 3-May 2024 (UTC)Javob berish
@Panpanchik maqolani bir koʻrsangiz boʻlar ekan, ayni oʻsha paytdagi xolati qoidalarga mos emas edi, toʻgʻri tezda oʻchirilgan ammo, xolati yaxshi maqolani oʻchirmaganman, bu gap bilan menda ayb yoʻq demoqchi emasman, bundan buyogʻiga albatta eʼtiborliroq boʻlaman. Axadjon1 (munozara) 14:42, 3-May 2024 (UTC)Javob berish
Keltirilgan holatni toʻgʻri baholab, kerakli xulosa chiqarganingiz uchun minnatdorman. PanPanChik #yozish 17:08, 3-May 2024 (UTC)Javob berish
Avvalo men qaysidir tanishlarimni yonini olmayman! Har bir yangi vikichi men uchun ahamiyatli. Birinchi holat noensiklopedik maqola: Shuningdek, mualliflik huquqining buzilish ehtimoli yuqori. yozuvi ila oʻchirilgan. Noensiklopedik emasligini esa boshqa vikipediyalarda borligi bilan isbotladim. Matnning oʻzi ensiklopedik tilda yozilmaganlogi esa alohida masala va imkon berilsa, uni toʻgʻirlash mumkin boʻlar edi. Toʻgʻri tahrirchi hali yangi va kuchli plagiat qilgan. Lekin maqolani 7 soat ichida gumdon qilishga asos koʻrmadim. 2-maqola esa baribir qayta yaratildi va oʻchirishga munozarasi boshlangan. Oʻylaymanki uni ham shoshma-shosharlik bilan munozarasiz oʻchirib yubormaysiz va muhokamani yopilishini kutasiz. Boshqa tomondan mening shaxsiyatimga dahl qilmasangiz. Qachonlardir ukamning statusli maqolasida uni yoqlab fikr bildirganim bu har bir ishimni ayni kimnidir himoyasi yoki manfaati uchun qilinayapti degani emas! Va ezgu maqsaddan oʻzgasini koʻzlamaganman. Yuqoridagilarni keltirish orqali kimnidir qoralashni emas yangi foydalanuvchilar harakatiga erkinlik berishni soʻrab yozganman. Avvalgi marafonlarda ham har doim yangi foydalanuvchiarning huquqlari uchun kurashib kelganman. Hozir ham ayni shu holat kuzatilmoqda, faqatgina bu safar munozara telegram guruhida emas ayni Vikipediyada koʻrilyapti. PanPanChik #yozish 17:07, 3-May 2024 (UTC)Javob berish
Panpanchik, man yangi foydalanuvchilarga koʻproq imkon/e’tibor berilishining tarafdoriman. Avval ham aytdim: yangilar Vikipediyani tushunmasligi mumkin, buni yechimi nisbatan oson, oʻrgatsa boʻladi. Ammo matn yozishni oʻrgatish mushkul, tajribamga tayanib aytadigan boʻlsam, deyarli imkonsiz. Yozish qobiliyati/istagi shaxsning fitratida boʻlmasa qiyin. Qisqasi, bu jarayon (marafonlar) mobaynida tajribali foydalanuvchilar asosan yaratilgan maqolaning texnik holatiga yordam berishi kerak. AT maqola yaratish oson, shuningdek, boʻsh qoʻyilsa, juda tez suratda koʻpayib ketadi. AT maqolalar masalasida necha bor muhokama oʻtkazganimiz koʻpchilikka ma’lum (Taxminimcha, siz ulardan xabarsiz) Va eng muhimi, yangi foydalanuvchilarning aksariyati oromgoh va qoʻyilgan yutuq dardida, ya’ni Vikipediyaga ezgu maqsadni koʻzlab kelgan emas. Mashina tarjimasiga yoʻl qoʻygan va noensiklopedik hamda ensiklopedik ahamiyati mavjud boʻlmagan maqola yaratgan foydalanuvchilarning tomonini nega tutib olganingiz hamon qorongʻuligicha qolyapti manga. Bunday holatda, tanishlaringizni yonini olyayotgan misol taassurot uygʻotishingiz tabiiy har kimda. Sizdan yana bir bora iltimos, muhokama ochishga undagan asl niyatingizni roʻyi-rost yozsangiz. Alpasli (munozara) 21:51, 3-May 2024 (UTC)Javob berish
Axadjon1 maqolalarni oʻchirishga berish jarayonida maqolaning tarixiga bir bor nazar tashlashni maslahat beraman. Markaziy Razvedka Boshqarmasi kabi vandalizmga uchragan maqolalarni oʻchirishga berish va oʻchirib yuborish holatlari kuzatilmoqda. Alpasli tezda oʻchirishga berilgan yoki oʻchirishga berilgan maqolalarni oʻchirib yuborishdan avval maqola tarixi bilan ham qiziqib koʻrsangiz maʼqul boʻlardi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 09:17, 14-May 2024 (UTC)Javob berish
Xop eʼtiborliroq boʻlaman, bu safardan keyin. Axadjon1 (munozara) 09:35, 14-May 2024 (UTC)Javob berish
Laziz Baxtiyorov, hushyorligingiz uchun rahmat, eʼtiborli boʻlaman. Alpasli (munozara) 09:57, 14-May 2024 (UTC)Javob berish
Laziz Baxtiyorov, AT maqolalar tarafdorligi oʻrniga oʻz maqolalaringiz matnini oʻnglab chiqsangiz ancha maqsadga muvofiq ish boʻlar edi. Shuningdek, mana bu maqolangiz ham mashina tarjimasidir. Mashina tarjimasi bilan bogʻliq holatlarga qarshi ayovsiz ravishda kurashilyapti. Halal bermasangiz soz boʻladi. Yoqimli tahrirlar. Alpasli (munozara) 05:49, 16-May 2024 (UTC)Javob berish
Yirik matnlar tuzatib chiqilyapti. Hushyorligingiz uchun rahmat. Endi yanada eʼtiborli boʻlaman. Menga qiziq tomoni ayovsiz kurash masalasi qayerda muhokama qilingan va kelishilgan? Shu haqda batafsil maʼlumot bera olasizmi? Laziz Baxtiyorov (munozara) 08:40, 16-May 2024 (UTC)Javob berish
Laziz Baxtiyorov, mashina tarjimasiga qarshi keng koʻlamli kurashish uchun muhokama oʻtkazish shart deb oʻylasangiz adashasiz. Biz administratorlar birinchi galda maqolalarning sof oʻzbek tilida yozilishi bilan bogʻliq jarayonni nazorat ostida tutishimiz zarur. AT maqolalar sonini koʻpaytirgandan naf yoʻq. Google tarjimon zotan bor. Alpasli (munozara) 17:50, 16-May 2024 (UTC)Javob berish

Oʻchirishga soʻrovini yopish tahrir

Assalomu alaykum, hurmatli administratorlar. Maqolalarni oʻchirishga berilishi munozara talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Maqolaning holati qanaqa boʻlishidan qatʼiy nazar qoidalarga rioya qilsak durust boʻlar edi. Jumladan, Oʻchirishga soʻrovini yopish qoidasida Oʻchirishga berilgan, yaʼni {{Oʻchirishga}} andozasi qoʻyilgan sahifa uchun soʻrovni yopish jarayoni keltirib oʻtilgan. Oʻchirishga berilgan maqolalarni oʻchirishdan avval mazkur qoida bilan tanishib chiqish hamda unga amal qilishingizni soʻrayman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 05:11, 4-May 2024 (UTC)Javob berish

Laziz Baxtiyorov tomonidan amalga oshirilgan gʻarazli faoliyatlar tahrir

Pichoq borib suyakka qadalmagunga qadar bu muhokamani ochish xayolimga ham kelgan emasdi. Ammo Vikipediyadagi faoliyatim, shaxsiy hayotim hamda ish jarayonimga salbiy taʼsir etayotgani, ruhiy tomondan yomon ahvolga solayotgani, muammolar tugʻdirayotgani va tinimsiz koʻngilsiz holatlar yuzaga keltirayotgani bois bunga ortiq chidash niyatim yoʻq. Insonning shaʼni, qadr-qimmatiga qaratilgan har qanday tuhmatli holatlar Vikipediya qonun-qoidalari boʻyicha taʼqiqlangan. Oʻzbekiston qonunchiligida ham bunga oid qonunlar mavjud. Shuningdek, Vikipediya foydalanuvchilarining samarali faoliyatiga salbiy taʼsir oʻtkazadigan xatti-harakatlarni muntazam sodir etib kelinishi bilan bogʻliq har qanday faoliyat qoralanadi.

Soʻnggi kunlar mobaynida toʻqilgan boʻhtonlardan boshlab, yaqin oʻtmishda uyushtirilgan gʻarazli niyatdagi ishlar orasidan baʼzilarini misol tariqasida havola etishni maqsad qildim. Xususan:

  • Laziz Baxtiyorovning mana shu hisob Alpaslining sevgilisi yaratilishida qoʻli bor deb oʻylayman va bu hisobni CheckUser orqali tekshirilishini soʻrayman. Hisobni 2024-yilning yanvar oyida: foydalanuvchi shaxsiga nisbatan amalga oshirilgan trolling oʻlaroq baholab oʻchirgandim. Hisobda mening siyosiy qarashlarim, qiziqishlarim kalaka qilingani yaqqol koʻzga tashlanib turipti. Va bu foydalanuvchi sahifasi bir yildan ortiqroq vaqt mobaynida saqlanib turganligi achinarli holat. Shu bilan birga, ushbu foydalanuvchi sahifasi ochilgan vaqtda Facebookda skrinlaridan iborat postlar qoʻyilganidan va shaxsimga nisbatan yaxshi soʻzlar ishlatilmaganidan koʻpchilikning xabari bor (Foydalanuvchi sahifasi yaratilganidan keyin Facebookda ham muhokama qilingan edi. Muhokama ketayotgan bir vaziyatda jahl bilan u linkni guruhga tashlagandim. Ammo post oʻchirilgan va uni suratga olib qoʻyish u vaqtda xayolimga kelmagandi). Shaxsiy adovatga asoslangan bu kabi faoliyat Vikipediya qoidalariga mutlaqo zid deb bilaman. Bundan tashqari, Alpaslining muhabbati, AlpAsli bilan tasodifan uchrashgan qiz va boshqa shu kabi hisoblar ochilib, trolling qilingani koʻpchilikning yodida. Kagansky bu holatni muhokamaga qoʻyishim lozimligini uqtirgan, lekin men muhokamaga qoʻymagandim. Muhokamaga qoʻymaganim uchun hozirgacha koʻp pushaymon boʻlganim rost. Bu tasvirlar orqali guruhda qilingan muhokama jarayoni bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 1, 2
  • 2023-yilning aprel oyida oʻtkazilgan WikiOromgohning 3-mavsumida 7-guruhga administratorlik qilgan Laziz Baxtiyorov guruhidan boʻlgan baʼzi ishtirokchilar undan izn olib (oʻz tilidan shu iqrorni eshitdim, gʻoya muallifi va bu ishni qilishga undov uniki boʻlishi mumkin), keyinchalik „mashhur“ boʻlib ketgan rolikni suratga olishgan. Deyarli barcha vikichilar tomosha qilgan bu rolikni Oʻzbekistonda mehmonda boʻlgan Nataev ham tomosha qilgani qulogʻimga chalingandi. Bu kabi faoliyat asosan biror shaxsni obroʻsizlantirish maqsadida amalga oshiriladi. Rolik havolasi Mendan olingan intervyu mobaynida Vikipediya bilan bogʻliq savollar soʻraldi. 7-guruhdagi foydalanuvchilarning Vikipediya bilan bogʻliq savol soʻrash borasida tajribasi yoʻqligini hisobga olib, savollar shaxsan Laziz Baxtiyorov tomonidan tuzib berilgani haqiqatga yaqin.
  • Laziz Baxtiyorov WikiStipendiya loyihasining hozirgi vaqtdagi menejeriga goʻyo men tomonimdan aytilgan boʻhtonli yolgʻonni yetkazganini oʻz ogʻzi bilan tan oldi. Ammo bu gapni shunchaki suhbat mobaynida aytganini, gʻarazli niyati boʻlmaganini taʼkidlagani bilan man uchun koʻngilsiz holatlarni keltirib chiqardi. Natijada, nomimga oʻta haqoratli soʻzlar aytildi. Buning isboti oʻlaroq tegishli skrinlarni ushbu havola orqali koʻrishingiz mumkin. Shu oʻrinda, skrinda shaxsimga qarata aytilgan oʻta yomon soʻzlar boshqalar tomonidan oʻqilishi man uchun ogʻir holat ekanligini aytib oʻtishim oʻrinli.
  • Shuningdek, Vikipediyaga oid turli guruhlarda keraksiz bahslarni keltirib chiqaraverishidan aksariyat foydalanuvchilar xabardor. Bu bilan bogʻliq juda koʻplab holatlar yuz berganidan qay birini oʻrnak keltirishni ham bilmadim. 1
  • Kecha, 16-may kuni tongi (soat 6:30)da Laziz Baxtiyorga tegishli telegram akkauntidan yana bir shaxsimni kamsitishga qaratilgan xabar kelib tushdi. Xabarda, Oʻz maqsadlariga erishish uchun laganbardorlik qilib turadigan doʻstlaringizni, hamkasblaringizni va tanishlaringizni tabriklang! Albatta, har bir jamoada bunaqa insonlar bor! Kimga yuborishni tushundingiz-a? kabi soʻzlar bor. Xabarga oid skrinni bu havola orqali koʻrishingiz mumkin. Ushbu xabarni bir shaxs tomonidan boshqasiga yuborilishidan maqsad nimaligi aniq — shaxsni tahqirlash. Tonggi soat 6 larda yuborilgan bu xabar hech kimni xushnud qilmasligi tabiiy. Eng asosiysi, oʻzbekcha Vikipediya administratoriga bu narsa yarashmaydi.

Hurmatli Abdulla, Nataev, Malikxan va Kagansky, sizlardan yuqorida sanab oʻtilgan holatlarga javoban qatʼiy bir chora koʻrishingizni iltimos qilib qolaman. Alpasli (munozara) 23:54, 16-May 2024 (UTC)Javob berish

Hormang, @Alpasli! Oʻta jiddiy ayblovlarni qoʻybisiz. Bu ayblovlar chinligi tasdiqlansa, ularning deyarli barchasi Vikimedia Jamgʻarmasi Umumjahon obod-axloq kodeksiga ziddir. Ammo hozirdan shuni ayta olamanki, "yaloqilar kuni" ("yatoqi" soʻzining maʼnosi aslida "podxalim" emas, ammo postda aynan shu maʼno nazarda tutilgani ayon) haqidagi postni shaxsan sizga yuborgani shubhasiz harassmentga kiradi. Umumjahon kodeksiga koʻra, uzoq muddat davom etgan istehzoli sharhlar va agressiya harassmentga kiradi: "In some cases, repeated mockery, sarcasm, or aggression constitute insults collectively, even if individual statements would not."
Shaxsiyatingiz mazax qilingan hisoblarga kelsak, Metada checkuser huquqiga ega foydalanuvchilar koʻrib berishlarini soʻradim. Ammo bu tekshiruvning natijasi qanday boʻlishidan qatʼi nazar, @Laziz Baxtiyorov administratorga munosib boʻlmagan, ezgu maqsad koʻzlanmagan ishlarga qoʻl urganini xulosa qilish uchun yetarli asos bor, degan fikrdaman. Ammo, tabiiyki, Laziz Baxtiyorovning oʻzi hamda bu holatlardan xabardor boshqa foydalanuvchilar fikr bildirishini kutamiz. Nataev munozara 03:41, 17-May 2024 (UTC)Javob berish
Uzoq oʻylab koʻrgan holda, yana bir holatni oshkor etishga qaror qildim. Bu holatning kelib chiqishiga sababchi boʻlgan foydalanuvchi qiz bola boʻlgani bois uni oshkor etmaslik niyatim bor edi. Ammo jiddiy xatolardan xulosa chiqarilmas ekan, ular takrorlanaveradi degan tugal qarorga keldim. Xullas, Miss Kamola oʻzaro telefon yozishmasi mobaynida manga nisbatan hazil tariqasida aytilgan Gay (LGBT) soʻzini atrofidagilarga bexosdan aytgan, bu narsa shaxsimga nisbatan kamsituvchi/kalakali soʻzlar zanjirini boshlab berilishiga sabab boʻlgan ekan. Holat boʻyicha toʻliq(roq) axborotdan kechroq xabar topdim. Liberal jamiyatlardan farqli oʻlaroq, LGBT soʻziga va bunday shaxslarga nisbatan jamiyatimiz insonlarining munosabat oʻta radikaldir. Bunday kishilar oʻlim tahdidlari olishi, obroʻsizlanishi va hatto huquqiy jihatdan ogʻir jazolarga mubtalo etilishi xavfi bor. Bu boʻhton vikichilar orasida tarqalgani sababli menga koʻngilsiz holatlarni keltirib chiqarishi ehtimoli yuqori (keltirib chiqarib boʻlgan ham). Darhaqiqat, Vikipediya foydalanuvchilari orasida biror shaxsga nisbatan qoʻyilgan bu kabi tamgʻa(lar) uning jiddiy shaxs/foydalanuvchi sifatida qabul etilmasligiga sabab boʻladi deb oʻylayman. Yaʼni, obroʻsizlantirishning yana bir shakli. Laziz Baxtiyorov jarayonda ishtirok etgan asosiy shaxslardan biriligini hamda bu gapni ommalashishida oʻziga yarasha hissa qoʻshganini taxmin qilgandim. Menga yetib kelgan xabarlarga koʻra, xabarning yoyilishida asosiy rolni Laziz Baxtiyorov oʻynagan (skrin). Agar hazil tariqasida yozilgan xabar shaxsiy yozishma oʻlaroq qolganida, bu kabi koʻngilsiz holatlarni keltirib chiqarmasligi aniq edi. Biroq taasufki, bunday boʻlmagan. Shaxsimga „hazil“ niqobi ostida har narsaning aytilishi qabul qilib boʻlmas jarayondir. Oʻylaymanki, ushbu muhokama qanday yopilishidan qat’i nazar har kim oʻziga tegishli xulosani chiqarib oladi. Va umid qilamanki, bu muhokama oʻrnak boʻlib, Vikipediya orqali bir-birini taniganlar bundan keyin oʻzaro munosabatda shaxsning qadr-qimmatini kamsitish bilan bogʻliq faoliyat amalga oshirmaydi. Hurmat ila Alpasli (munozara) 19:00, 17-May 2024 (UTC)Javob berish
LGBT borasidagi fikrlaringiz esa toʻlaligicha oʻzingizning tasavvur hamda taxminingizga asoslangani koʻrinib turibdi. Bu borada ham sizning oriyentatsiyangiz borasida qiziqimaganimni va bu shaxsiy tanlovingiz ekanini aytib oʻtmoqchiman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:48, 18-May 2024 (UTC)Javob berish
Assalomu alaykum, hurmatli jamoa aʼzolari. Ochigʻi mazkur munozara haqida mutlaqo xabarim yoʻq edi. Holbuki, munozara ochilishidan bir kun oldin Alpasli bilan kamida 6 soat davomida birga yurdik, loyiha boʻyicha ancha vaqt gaplashdik. Umuman olganda, mazkur foydalanuvchining shaxsiy hayotida ham boʻladigan koʻngilsiz holatlarda meni ayblab yurishi bizni tanigan koʻpchilik uchun yangilik boʻlmasa kerak. Mayli boʻlari boʻlgan ekan. Endi bildirilgan taxmin hamda iddaolarga munosabat bildirib oʻtsam.
  • Mazkur sahifalar yaratilishi hamda uning facebookda muhokama qilinishida aloqam yoʻqligini maʼlum qilaman. Sahifalarni kim yaratgan va bundan qanday manfaat koʻzlagani boʻyicha mutlaqo tasavvurga ega emasman. Facebook yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar har bir shaxsning shaxsiy maydoni boʻlib, unga taʼsir oʻtkazish darajasida emasman. Qolaversa, mazkur xabar mening shaxsimga aloqador sahifalarga joylanmagan. Shuningdek, siyosiy qarash hamda shaxsiy qiziqishlar har kim uchun individual ekanligi, ularning aynan bir shaxsga oid boʻlishini ham anglatmaydi. Jumladan, oʻzim ham oʻzim yoqtiradigan va yoqtirmaydigan qadriyatlarning boshqalar tomonidan hurmat qilinishi yoki hurmat qilinmasligi hamda boshqalar ham aynan men kabi qarashlarga ega boʻlish boʻlmasligi borasida eʼtiroz bildirmayman.
  • Oromgoh masalasidagi fikrlar esa tushunarsiz boʻlmoqda. Yaʼni guruh aʼzolari oromgohdagi adminlarga hazil tariqasida video suratga olsak eʼtiroz boʻlmaydimi deya mendan soʻrashga va men hazil tariqasida olingan videolar zararli emasligini aytganman. Videoni esa koʻp qatori siz aytgan guruhdagi eʼlondan soʻng koʻrganman. Gʻoyalar va ssenariylar yozishga esa qiziqishim va ishtiyoqim yoʻqligi bois bu boradagi fikringizni shunchaki taxmin, jiddiyroq olganda esa tuhmat deb hisoblash mumkin, deb oʻylayman. Savollar borasidagi fikrlarni ham yuqoridagi kabi shunchaki taxmin va tuhmat deb hisoblayman va unga mutlaqo aloqam yoʻqligini maʼlum qilaman. Ayni shu fikrlarni oromgohda mazkur masala muhokama qilinganda Alpaslining oʻziga ham boshqa foydalanuvchilar guvohligida aytganman. Aynan bugunga kelib bu muammoni yana kun tartibiga chiqarishdan qanaqa ezgu maqsad koʻzlangani tushunarsiz boʻlmoqda.
  • Mazkur fikrda esa ochiqdan-ochiq tuhmat qilingan. Yaʼni keltirib oʻtilgan fikrni loyiha menejeriga yetib borishida aloqam yoʻq. Oʻsha jarayonda kimdirdan eshitgan fikrimga aniqlik kiritish maqsadida umumiy suhbatda soʻragan boʻlishim mumkinligini, lekin u suhbat jarayonida menejer yoʻq boʻlganini ayta olaman, xolos. Men aytgan yoki soʻragan fikr qanday qilib yetib borganidan esa, ochigʻi xabarim yoʻq.
  • Mazkur holatda esa yomonlikni koʻzlagan yoki gʻarazli nimadir bor deb oʻylamayman. Shunchaki guruhda qilingan hazil oʻlaroq qabul qilinsa va bu kabi hazillar Vikipediyadan tashqaridagi guruhlarda boshqa foydalanuvchilarga nisbatan ham qilinganini aytib oʻtmoqchiman. Qolaversa, siz skrinshot keltirgan guruhda men boshqa foydalanuvchilarni saviyasizlikda ayblagan izohlar yozmaganman Shaxs sifatida esa boshqa foydalanuvchilarning shaxsiyati haqida ham fikrlar bildirmagan boʻlsam kerak. Skrinshotlarni joylashni oʻzimga ep koʻrmayman. Qiziquvchilar guruhdan koʻrishi mumkin.
  • Oxirgi bandda aytib oʻtilgan xabarni esa faqatgina Alpasliga emas, 10ga yaqin oʻzimga yaqin deb bilgan insonlarga joʻnatganman. Yuqorida aytganim kabi shaxsiy xabarlardagi skrinshotlarni yuklashni oʻzimga ep koʻrmayman. Men joʻnatgan barcha shaxslar buni toʻgʻri qabul qilishgan edi. Lekin bu aynan sizga juda qattiq tegishini tasavvur ham qilmagan edim. Shuningdek, mazkur xabarni Vikipediya administratori emas, real hayotdagi shaxs sifatida yuborganimni aytib oʻtmoqchiman.
Agarda siz nazarda tutgan kabi sizning Vikipediyadagi faoliyatingiz boʻyicha eʼtiroz yoki gʻarazlarim boʻlganda oʻz fikrlarimni Patrullovchi hamda Administratorlik soʻrovlaringizda bildirib oʻtgan boʻlar edim. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:46, 18-May 2024 (UTC)Javob berish
Yuqoridagi ilgari surilgan ayblovlarning faqatgina bittasi, yaʼni birinchi bandi Vikipediyadagi faoliyatga bogʻliq boʻlib, u ham shubhaga asoslangan boʻlib, isbotlanmadi. Umuman olganda matnning umumiy mazmuni koʻproq asossiz gʻiybat va maydakashlikka oʻxshab qolib, asosiy maqsad nima ekani ochiqlanmayapti. Shuning uchun Alpasli shaxsiy hayotingizda sodir boʻladigan har qanday koʻngilsizlikda meni ayblab yurishdan tiyilishingizni soʻrayman.
Oʻzbekcha Vikipediya rasmiyatchi hamda administratorlaridan Alpaslining butun Vikipediya jamoasi oldida asossiz gaplar bilan shaxs hamda Vikipediya foydalanuvchisi sifatida obroʻsizlantirishga uringaniga baho berib, umumiy jamoa maʼqul koʻrgan chorani koʻrishingizni soʻrayman. Vikimediya jamgʻarmasining odob axloq kodeksida ham barcha ishlarda aniqlik hamda tadiqlashga intilish soʻralgan. Aniq tekshiruvlar asosida isbotini topmagan har bir holat uchun Alpaslidan izoh talab qilaman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:55, 18-May 2024 (UTC)Javob berish
  1. Yaʼni guruh aʼzolari oromgohdagi adminlarga hazil tariqasida video suratga olsak eʼtiroz boʻlmaydimi deya mendan soʻrashga va men hazil tariqasida olingan videolar zararli emasligini aytganman. Demak, zararli emasligini aytganingiz videorolik suratga olinayotganidan xabardor ekanligingizni bildiradi. Xabardor ekanligingizni oʻzi bu ishga sherik boʻlganingizning dalolati. Videorolik tufayli hayotimdan kelib chiqqan qiyinchiliklar sababchilaridan biri ekanligingiz kundek ravshan endi.
  2. Oʻsha jarayonda kimdirdan eshitgan fikrimga aniqlik kiritish maqsadida umumiy suhbatda soʻragan boʻlishim mumkinligini, lekin u suhbat jarayonida menejer yoʻq boʻlganini ayta olaman, xolos. Suhbat mobaynida menejer yoʻqligini aytayotganingiz ham siz suhbat deb atayotgan tuhmatni qilganingizning isboti sanaladi. Qanaqa tuhmat qilganingizdan toʻliq xabardor emasman. Ammo keltirilgan skrinda uning natijasi aks etgan. U suhbatda aytilgan haqoratlar sizning boʻyningizda. Oʻzara yigʻilishda ham qanaqa tuhmat aytganingizni ochiqlashdan choʻchidingiz. Ha, aynan choʻchidingiz.
  3. Shunchaki guruhda qilingan hazil oʻlaroq qabul qilinsa va bu kabi hazillar Vikipediyadan tashqaridagi guruhlarda boshqa foydalanuvchilarga nisbatan ham qilinganini aytib oʻtmoqchiman. Shaxsiy hayotingizda qilib yuradigan hazillarni Vikipediyada va yoxud rasmiy guruhlarda ishlatmang. Buni rasmiy soʻrov oʻlaroq qabul eting. Shuningdek, men ishlatgan saviyasiz soʻzi keraksiz bahslar keltirib chiqaraverib, tushuntirilgan holatni anglamasligingizga berilgan taʼrifdir. Tushunmagan holatingiz boʻyicha butun boshli post yozganim yodimda.
  4. Laziz Baxtiyorov, Oxirgi bandda aytib oʻtilgan xabarni esa faqatgina Alpasliga emas, 10ga yaqin oʻzimga yaqin deb bilgan insonlarga... joʻnatganingiz harakatingizni oqlamaydi. Gapning indallosi shuki, men sizning yaqiningiz emasman. Yaqinlaringiz yuborganingiz bu kabi postlarni menga yuborishingiz uchun asos boʻlolmaydi. Ayniqsa, vikichilarga yuborilishiga.
Alpasli (munozara) 12:50, 18-May 2024 (UTC)Javob berish
Yozilgan javoblarning har bir qatorini soʻzma-soʻz izohlash niyatim yoʻq. Ijtimoiy tarmoqlar orqali yozishmalarni esa oʻz xohishingizga binoan qabul qilishingiz LGBT borasidagi skrinshotdan ayon.
Oxirgi band boʻyicha sizni oʻzimga yaqin inson deb oʻylaganimdan taassufdaman. Qolaversa Vikipediyadan tashqaridagi faoliyatimni tartibga solishga urinmasligingizni soʻrayman. Vikipediyadagi faoliyatdan tashqarida vikichi doʻstlarim koʻp va ular bilan munosabatim Vikipediyadagi faoliyatimdan ayro. Ayni xabar joʻnatilishini ham Vikipediyaga bogʻlashingizga mutlaqo qarshiman va bu ikkalasi oʻzaro aloqador eamasligini Vikipediyaning saviyali administratori oʻlaroq yaxshi tushunib turibsiz, deb oʻylayman.
Keyin sizning shaxsiyatingizga bogʻliq dedi-dedi, gʻiybat va maydakashliklarga aniq dalillar boʻlmagani holda meni nomimni aralashtirmasligingizni soʻrayman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 13:01, 18-May 2024 (UTC)Javob berish
Videorolik masalasini ham yopishtirishga urinmang. Bu masala oromgohning oʻzida muhokama qilingan va yopilgan edi. Videorolikning umumiy mazmuni menga mutlaqo qorongʻu boʻlgan va u bilan bevosita siz qatori tanishganimni aytib oʻtganman. Gapni soʻzlarini bittalab tahlil qilish orqali qanaqadir maʼno chiqarishga urinishingiz esa tushunarsiz qolmoqda. Laziz Baxtiyorov (munozara) 13:04, 18-May 2024 (UTC)Javob berish
Laziz Baxtiyorov, umuman olganda, javoblaringizda aybsiz ekanligingizni taʼkidlashdan nariga oʻtmabsiz (ipse dixit). Quyidagi savollarga javob bersangiz:
mazkur foydalanuvchining shaxsiy hayotida ham boʻladigan koʻngilsiz holatlarda meni ayblab yurishi bizni tanigan koʻpchilik uchun yangilik boʻlmasa kerak — bu iddaoga nima asos boʻldi? Buni qanday asoslab bera olasiz? Bu ham oʻsha siz havola qilgan tuhmat emasmi?
siz skrinshot keltirgan guruhda men boshqa foydalanuvchilarni saviyasizlikda ayblagan izohlar yozmaganmanred herring argument boʻlibdi.
Yaʼni guruh aʼzolari oromgohdagi adminlarga hazil tariqasida video suratga olsak eʼtiroz boʻlmaydimi deya mendan soʻrashga[n] — kim soʻragan? Foydalanuvchi nomi nima?
Skrinshotlarni joylashni oʻzimga ep koʻrmayman – oʻzingizni axloqan ustun koʻrsatish oʻrniga sizga qoʻyilgan ayblovlarni rad etish uchun asos boʻla oladigan skrinshotlar boʻlsa, ulashing.
Men joʻnatgan barcha shaxslar buni toʻgʻri qabul qilishgan edi. Lekin bu aynan sizga juda qattiq tegishini tasavvur ham qilmagan edim — Alpasli bilan uzoq muddat davomida doʻstona munosabatda emasligingiz menga ayon. Buni Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi uchun ochilgan Telegram guruhdagi oʻzaro suhbatingizdan xulosa qildim. Shunday ekan, Alpaslini „yaqin“ inson deb koʻrishingiz haqiqatdan yiroq va kishi notoʻgʻri talqin qilishi mumkin boʻlgan bunday dumli postni ezgu niyatda yuborganingizga ishonish qiyin.
Yuqoridagi ilgari surilgan ayblovlarning faqatgina bittasi, yaʼni birinchi bandi Vikipediyadagi faoliyatga bogʻliq boʻlib, u ham shubhaga asoslangan boʻlib, isbotlanmadi – „isbotlanmadi“ emas, oradan koʻp vaqt oʻtgani uchun CheckUser orqali aniqlashning iloji boʻlmadi. Bu ushbu haqoratomuz hisoblarda sizning qoʻlingiz yoʻq degani emas. Ushbu holatlar boʻyicha qanday maʼlumotga ega boʻlsangiz, ulashing. Masalaga qisman oydinlik kiritish uchun qoʻgʻirchoq hisoblar tahrirlarini sizning tahrirlaringiz bilan solishtirib, tahlil qilish mumkin.
matnning umumiy mazmuni koʻproq asossiz gʻiybat va maydakashlikka oʻxshab qolib ... gʻiybat va maydakashliklarga — qayta-qayta „maydakashlik“ va bunga oʻxshash haqoratomuz soʻzlarni yozavermang. Bu yerda oʻta jiddiy masala koʻtarilgan.
Alpasli, siz esa iloji boʻlsa WikiStipendiya xodimi sizni haqorat qilishida Lazizbek qanday rol oʻynaganini izohlab bera olasizmi?
Miss Kamola, Alpaslining oriyentatsiyasi borasidagi „hazillar“ haqida nimalarni bilasiz? Xususan, Lazizbekning bunga qanday aloqasi bor? Izohlab bersangiz, iltimos. Nataev munozara 13:43, 18-May 2024 (UTC)Javob berish
  1. Ushbu iddaoga asos boʻladigan holatlar koʻplab boʻlib oʻtgan. Alpaslining hayotidagi bir necha holatlarda shaxsan mening qoʻlim borligiga shubha qilib yurishini oʻzaro tanishlardan eshitib turaman. Lekin afsuski buni isbotlovchi audio yoki videolarni ulasha olmayman.
  2. Men guruh rahbari boʻlgan 7-guruh aʼzolari. Hazil tariqasida videorolik olish oromgohlar uchun yangilik boʻlmagan. Bu kabi soʻrovlar ham oʻz oʻrnida faqat mazkur oromgoh davomida berilmaganini eslatib oʻtmoqchiman.
  3. Postni yuborishdan hech qanaqa maqsad koʻzlanmagan va bu koʻpchilik qatorida Alpasliga ham joʻnatilfgan. Bu narsani Vikipediya administratori darajasidagi fojeaga aylantirib yuborish kerak emas deb oʻylayman. Chunki Telegram ijtimoiy tarmogʻi va undagi shaxsiy suhbatlar Vikipediya doirasida qamrab olinmaydi deb oʻylayman.
  4. Ushbu profillar boʻyicha hech qanday maʼlumotga ega emasman. Bor maʼlumotim uzwikinewpages kanalidagi baʼzi postlar va telegram guruhida ulashilgan xabarlarni qamrab oladi xolos. Tahrirlarni esa oʻzaro solishtirib chiqishingizga mutlaqo qarshi emasman. Toʻliq va asosli tekshiruv oʻtkazishingiz mumkin.
Laziz Baxtiyorov (munozara) 14:04, 18-May 2024 (UTC)Javob berish
Nataev, WikiStipendiya loyihasi doirasida u xodim bilan munosabatimiz yaxshi edi. Hamkorlikda ozmi-koʻpmi foydali ishlar qilganmiz, nasib boʻlsa, yana qilamiz. Laziz Baxtiyorov bilan suhbatda goʻyo loyiha menejeriga nisbatan kamsituvchi soʻzlar qilganim aytildi. Loyiha menejeri dastlab shunday fikr bildirgach, Laziz Baxtiyorovni chaqirdik. Oʻtkazilgan kichik yigʻilishda Laziz Baxtiyorovning men bilan hech qanaqasiga bunday suhbat qilmagani oshkor boʻldi. Laziz Baxtiyorov boʻlsa, u suhbatni boshqa shaxsdan eshitganini taʼkidladi. Ochigʻi, u suhbatning batafsil bayonidan voqif emasman. Shunisi maʼlumki, bu suhbat ortidan loyiha xodimi shaxsimga nisbatan haqoratli soʻzlar yogʻdirdi. Xulosam shuki, bu menga nisbatan amalga oshirilgan rejali faoliyatlardan biridir. Alpasli (munozara) 14:29, 18-May 2024 (UTC)Javob berish
Hozircha qoʻyilgan uch ayblovga toʻxtalsak.
Birinchisi, Alpasli mazax qilingan hisoblar. Quyidagi jadvalda dastlabki tahlil natijalari bilan tanishingiz mumkin. Bu yerda ikki muhim masala bor: 1) umuman olganda, uchala hisob ham tahrir qilgan soatlarda Lazizbek asosiy hisobidan tahrir qilmagan. Ammo, muhini, qoʻgʻirchoq hisob tahrirlaridan oldin va keyin tahrir qilgan; 2) qoʻgʻirchoq hisoblar yaratilgan oylarda faqat bir tajribali foydalanuvchi Asliddin bilan online muntazam ravishda janjallashgan boʻlib, bu aynan Lazizbekdir. Buni Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi uchun ochilgan Telegram guruhda koʻrishingiz mumkin. (masalan, 19-yavar, 28-yanvar va 19-mart).
Qoʻgʻirchoq hisob Yaratilgan sanasi Ilk tahriri Ilk tahririga izoh Lazizbekning bu davrdagi tahrir faoliyati Qoʻshimcha sharhlar
AlpAsli bilan tasodifan uchrashgan qiz 12:28, 18 January 2023 21:35, 21-Fevral 2023 Manba kodini tahrirlab, notoʻgʻri kursivga olingan maqola mavzusini qalin matnga olgan. Bu esa yangi foydalanuvhchilardan kutiladigan tahrir emas. Lazizbek ushbu tahrirdan oldin (15:50, 11-May 2023) va keyin (16:11, 12-May 2023) tahrir qilgan, ammo qoʻgʻrichoq hisob 11- va 12-may kunlari tahrir qilgan soatlarda oʻz hisobidan umuman tahrir qilmagan. Ikkinchi tahriri ham professional tahrirchi ishi: 1) oʻ va gʻ harflari toʻgʻri yozilgan; 2) tarjima qilingan maqolada manba nuqtadan oldin qoʻyilgan (Content Translation esa nuqtadan keyin qoʻyadi va buni yangi foydalanuvchilar bilmaydi); 3) infoboks toʻgʻri rasmiylashtirilgan. Bundan tashqari, sakkizinchi tahriridayoq insofli foydalanish mezonlari bilan fayl yuklagan. Yangi foydalanuvchilar uchun koʻz koʻrib, quloq eshitmagan hodisa.
AlpAslining sevgilisi 09:31, 25 January 2023 25-Yanvar 2023, 15:40 <<...>> oʻrniga „..“ yozgan, boʻlib, bu yangi foydalanuvchidan kutish mumkin boʻlgan tahrir emas, chunki uzwiki qoidalari qolgan deyarli barcha oʻzbek tilidagi manbalardan farq qiladi. 24-yanvarga qadar va 26-yanvardan keyin muntazam tahrir qilgan odam 25-yanvar, yaʼni qoʻgʻirchoq hisob ochilgan kun umuman tahrir qilmagan. Bu hisobni yaratgan shaxs Vikiomborda ravon ingliz tilida yozilgan qisqa sharh bilan foydalanuvchi sahifasini yaratgan; Lazizbek ingliz tilini oʻrta darajasini bilishini iddao qiladi (en-2).
Alpaslining muhabbati 17:59, 10 February 2023 00:15, 11-Fevral 2023 Ushbu tahrir bilan tarjima maqola yaratilgan boʻlib, bu tahrir tajribali, xususan, Asliddinni "qizlarga suyagi yoʻqlikda" ayblab kelgan foydalanuvchiga xos (Lazizbek Asliddinni "qizlarni boshini aytlantirib yurishini" aytganini Oʻzbekistonda shaxsan oʻzim bir necha bor eshitganman.): 1) originali lotinda yoziladigan ismlar translit qilinmagan (bu qoidani yangi foydalanuvchilarning deyarli 100 foizi bilmaydi); 2) mashina tarjimasida odatda kuzatilgadigan kamchiliklar, xususan, yildan keyin chiziqcha qolib ketishi, "manbalar" boʻlimi nomi xato oʻgirilishi, har bir gap olmosh bilan boshlanishi kabi kamchiliklar bartaraf etilgan; 3) maqola mavzusi qoʻgʻirchoq hisob nomi kabi sevgi/erotika mavzusida. Qoʻgʻirchoq hisob tahriridan yarim soat oldin (23:46, 10-Fevral 2023) tahrir qilgan. Qoʻgʻirchoq hisob yaratilgan kundayoq bu shaxs Vikimaʼliumotlarni tahrirlagan, tahrirlaganda ham erotika mavzusida.
Ikkinchisi, Alpasli ustidan kulingan video. @Alpasli, videoni kim tasvirga olgan? Yozib olinganidan keyin kim montaj qilganini aniqlash lozim. 7-guruh aʼzolari, xususan, Muzaffar Murodovich, Usmonov Gayrat, Obidov Odiljon, AzizjonS, Rabiga Shabatova va Aralbaeva, ushbu video masalasida bilgan maʼlumotlaringizni ulashsangiz, yaxshi boʻlardi.
Nihoyat, Alpaslining oriyentatsiya boʻyicha qilingan qoʻpol hazil. Miss Kamolaning taʼkidlashicha, hazilning Alpasliga aloqasi yoʻq. Bu oʻta jiddiy masala boʻlgani uchun, qoʻshimcha maʼlumot ulashilishini kutganimiz maʼqul deb oʻylayman. Nataev munozara 03:16, 19-May 2024 (UTC)Javob berish
Mazkur jadvaldagilar yuzasidan: birinchi qatorda keltirilgan taxminlar har qanday tajribali foydalanuvchining qoʻlidan kelishi mumkin. Ikkinchi qatorda esa tahrirlar bilan bogʻliq taxminlar keltirilibdi. Maʼlumki, Vikipediya foydalanuvchilariga tahrirlar boʻyicha majburiyat yuklanmagan. Shunday ekan, kunning istalgan vaqtida oʻzimning asosiy sahifam hamda Lazizbek95 sahifasidan tahrirlar amalga oshirganman. Qolaversa, oʻtkaziladigan oromgohlar davomida barcha foydalanuvchilarga asosiy imlo qoidalari hamda fayl yuklash koʻrsatmalari berib oʻtiladi.
Ikkinchi qator boʻyicha, 25-yanvar kuni Laziz Baxtiyorov nomli sahifadan tabiiyki tahrir amalga oshirilmagan. Chunki oʻsha kuni, undan oldingi va keyingi kunlarda ham tahrir ishlarini Lazizbek95 nomli foydalanuvchi sahifamdan amalga oshirganman. 1, 2
Uchinchi foydalanuvchi sahifa yaratilgan vaqtda esa oʻsha vaqtdagi dolzarb boʻlib turgan Turkiya-Suriya zilzilasi haqida yozayotgan boʻlganman va bunday ishlarga vaqtim boʻlmagan. Qolaversa erotika mavzusiga Vikipediyadagi faoliyatim davomida qiziqmaganman va bu mavzuda tahrir qilmaganman. Asliddinning qizlar bilan munosabati masalasida faqatgina mandan eshitgandirsiz, balki boshqalardan ham bunisi menga qorongʻu. Ammo shunisi aniqki, bu masala WikiStipendiya loyihasiga aloqador boʻlgan istalgan foydalanuvchi uchun yangilik emas. Ismlarni translit qilmaslik masalasi esa uzwikichat guruhidagi asosiy muhokama mavzularidan hisoblanadi. Hattoki Nataevning oʻzi ham foydalanuvchilarga ismlarni translit qilmaslik boʻyicha maʼlumot berib keladi.
Umuman olganda, yuqoridagi kabi shaklda istalgan foydalanuvchini ayblash mumkin, deb oʻylayman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 04:27, 19-May 2024 (UTC)Javob berish
birinchi qatorda keltirilgan taxminlar har qanday tajribali foydalanuvchining qoʻlidan kelishi mumkin -- Asliddiin bilan bir yildan oshiq vaqtdan beri, jumladan, qoʻgʻirchoq hisoblar yaratilgan va ular tahrir qilgan paytda janjallashgan yagona tajribali foydalanuvchi sizsiz va buni tasdiqlovchi yozma manbalar borligini yuqorida yozdim.
kunning istalgan vaqtida oʻzimning asosiy sahifam hamda Lazizbek95 sahifasidan tahrirlar amalga oshirganman -- bu men keltirgan argumentni yanada kuchaytirdi, chunki qoʻgʻirchoq hisoblar tahrir amalga oshirgan paytda nafaqat asosiy hisobingizdan, balki qoʻshimcha hisobingizdan ham tahrir qilmagan ekansiz: 17-yanvar: 0 ta tahrir, 21-fevral: 0 ta tahrir, 25-yanvar soat 9:31 va 15:40 da: 0 tahrir va, nihoyat, 10-fevral soat 17:59 va 11-fevral soat 00:15 da: 0 ta tahrir. Siz keltirgan linklarda faqat kunga emas, ayniqsa soatga qarash kerak. Qisqasi, uchta qoʻgʻirchoq hisob tahrir qilgan soatlarda sizning ikki hisobingizdan birorta ham parallel tahrir qilinmagan.
Uchinchi foydalanuvchi sahifa yaratilgan vaqtda esa oʻsha vaqtdagi dolzarb boʻlib turgan Turkiya-Suriya zilzilasi haqida yozayotgan boʻlganman va bunday ishlarga vaqtim boʻlmagan -- yana oʻsha gap, faqat tahrir kuniga emas, soatlarga ham qarang.
Asliddinning qizlar bilan munosabati masalasida faqatgina mandan eshitgandirsiz, balki boshqalardan ham bunisi menga qorongʻu -- buning mavzuga aloqasi yoʻq, chunki aynan siz yaratganingiz aytilayotgan sock hisoblar aynan siz koʻtargan mavzularda tahrir qilgan.
Ismlarni translit qilmaslik masalasi esa uzwikichat guruhidagi asosiy muhokama mavzularidan hisoblanadi. Hattoki Nataevning oʻzi ham foydalanuvchilarga ismlarni translit qilmaslik boʻyicha maʼlumot berib keladi. -- bu yana bir mantiqiy xato, xususan, faulty generalization. Men yozgan bir dona sharhni barcha yangi foydalanuvchi oʻqimagan, oʻqimaydi ham. Qolaversa, bir qoida takror va takror eslatilgani unga amal qilinadi degani emas, ayniqsa yangi foydalanuvchilar tomonidan (Bundan tashqari, ularning barchasi uzwikichat Telegram guruhiga aʼzo emas).
yuqoridagi kabi shaklda istalgan foydalanuvchini ayblash mumkin, deb oʻylayman -- nazariy jihatdan ha, ammo Asliddin aynan sizni ayblayapti, aynan siz u bilan oshkora janjallashib kelasiz, aynan siz bir emas, ikki hisobingizdan qoʻgʻirchoq hisoblar faol boʻlgan paytda umuman tahrir qilmagansiz, aynan siz menga Asliddinning ishqiy munosabatlari haqida soʻz ochgansiz, aynan siz yuborgan istehzoli postlar, sharhlar va h. ushbu munozarada koʻrib chiqilyati.
Nihoyat, Asliddin qoʻl urgan boʻlishi mumkin boʻlgan qoidabuzarliklar haqida yuborgan uzundan-uzoq elektron maktubingizga toʻxtalsam. Yuqorida yozganimdek, red herring argumentlardan tiyiling. Boshqa foydalanuvchining faoliyati boʻyicha daʼvolaringiz boʻlsa, hamma qatori alohida muhokama boshlang, iddaolaringizni asoslab bering (masalan, difflar bilan). Umuman olganda, maktubingiz ohangidan yuqorida iddao qilganingizdek Asliddin oʻzimga yaqin deb bilgan insonlarga kirmasligiga, aksincha, unga qarshi bir necha yillik adovatingiz borligiga amin boʻldim. Nataev munozara 13:32, 19-May 2024 (UTC)Javob berish
Assalomu alaykum Nataev! Asliddin aytayotgan shaxsiy yozishmada shunchaki uning ismi qayd etilgan xolos, aslida unga aloqasi bo‘lmagan mavzu. Buning jiddiy va unga tegishli emasligini uning o‘zi ham ko‘rgan va oddiy qabul qilgan. Nima bo‘lgan taqdirda ham har kimning shaxsiy hayoti - shaxsiy tanlovi. Lazizbekka kelsak, ochig‘i bu gaplarni uning tarqatib yurganligi haqidagi xabarni Asliddinning o‘zidan eshitdim xolos. Bilishimcha unga ham “dedi-dedi” bo‘lib yetib kelgan. Menga ayon bo‘lganlari shu hozircha. Chunki bu masala ochilganiga bir haftadan oshgan bo‘lsa, bu hazillarni eshitib yoki shaxsan guvohi bo‘ladigan darajada hech kim bilan aloqada bo‘lmadim. Bundan oldin ham bu meni qiziqtirmagan. Miss Kamola (munozara) 23:50, 18-May 2024 (UTC)Javob berish
Assalomu alaykum. Yuqorida yozilgan ayblovlarning deyarli barchasi boʻyicha batafsil maʼlumotlarni barcha rasmiyatchilarga e-mail orqali yubordim. Ushbu munozaraga yozmaganimning asosiy sababi yuborilgan xabarda uchinchi tomonlarning qadr-qimmati hamda shaxsiga doir oʻta muhim maʼlumotlar borligi hamda ushbu shaxslar bilan real hayotdagi oʻzaro munosabatlarga ham taʼsir qilishi mumkinligi boʻlgan. Laziz Baxtiyorov (munozara) 04:06, 19-May 2024 (UTC)Javob berish
Ushbu munozaraga yozmaganimning asosiy sababi yuborilgan xabarda uchinchi tomonlarning qadr-qimmati hamda shaxsiga doir oʻta muhim maʼlumotlar borligi hamda ushbu shaxslar bilan real hayotdagi oʻzaro munosabatlarga ham taʼsir qilishi mumkinligi boʻlgan -- yuqorida yozganimdek, har qanday daʼvolaringizni hamma qatori forumda asoslab yozing, ular ham koʻrib chiqiladi. Nataev munozara 13:44, 19-May 2024 (UTC)Javob berish