Vikipediya:Administratorlar forumi

Eng oxirgi fikr: 8 kun oldin (Laziz Baxtiyorov tomonidan „Oʻchirishga soʻrovini yopish“ mavzusida)


Administratorlar forumiga xush kelibsiz!

Bu sahifa administratorlarga oid masalalarni muhokama qilish uchun moʻljallangan.


Tepaga
Pastga

SIisj yaratgan maqolalarni oʻchirish tahrir

SIisj tomonidan yaratilgan 100lab maqolalardan koʻpchiligi mutlaqo ensiklopedik ahamiyatga ega emas deb oʻylayman. Shuningdek, maqolalarni yaratish uchun manba sifatida koʻrsatilgan Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi ham qanaqadir tijoriy maqsadda yozilgan kitobga oʻxshaydi. Shuningdek, ushbu foydalanuvchining foydalanuvchi sahifasida ham oʻziga xos hisobot tarzidagi jadval mavjud. Aniq ishonchim komil boʻlmasa-da, ushbu foydalanuvchi ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmagan qator maqolalarni maʼlum haq evaziga kiritadi, degan gumondaman. Qolaversa, tijoriy maqsadlarda maqolalarni chop qilish bilan shugʻullanadigan bir telegram kanalda ushbu foydalanuvchining ishlari reklama qilingani ham shubha oshishi uchun asos boʻlmoqda. Ushbu reklama orqali ham kanal oʻz aʼzolari oldida ishonchliroq koʻrinishga harakat qilgan. Laziz Baxtiyorov (munozara) 06:15, 25-Dekabr 2023 (UTC)Javob berish

Bu yerda ovoz berish shart emas, chunki ovoz beriladigan narsa emas bu. SIisj yaratgan har bir maqolani yaqindan tekshirib chiqish zarur. Birdaniga oʻchirish variant emas, chunki „Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi“ erkin litsenziya bilan yoyinlanibdi. (Bu maqolaning oʻzi ham EAga ega yoki yoʻqligi koʻrib chiqilishi kerak.)
Mazkur ensiklopediya nufuzli manba boʻla olmaydi, chunki podzemkada buyurtmaga qilib berishadigan referatdek yozilgan kitob ekan. Sahifalari Microsoft Wordda bezatilgan va maktab oʻquvchisi ishiga oʻxshaydi. „Science and Innovation“ MChJ nufuzli tashkilot yoki nashriyot emas. Qizigʻi, kitobda „Ensiklopediyada chop etilgan olimlar biografiyalari taniqliolimlar.uz platformasida va wikipedia.org onlayn ochiq ensiklopediyasida ham joylashtirilgan“, deb yozilibdi. Kiritilgani mayliku-ya, oʻchirilishi mumkinligi haqida yozishmabdi-da. Asarga kiritilgan shaxslar buyurtma asosida kiritilgan boʻlishi ham ehtimoldan xoli emas.
Shuning uchun SIisj yaratgan har bir maqolani koʻrib chiqib, VP:OLIMLAR mezonlariga javob bermaydiganlarinii oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatish kerak. Har birini individual tarzda koʻrib chiqib, oʻchirish yoki olib qolish toʻgʻrisida xulosa chiqaramiz. Nataev munozara 14:44, 25-Dekabr 2023 (UTC)Javob berish

Izohlar tahrir

  1.   Roziman. Biroq, uning hissasini birma bir tekshirib chiqmoq kerak. Chunki, orada bir qancha rektorlar haqida ham yozib ketganiga guvoh boʻlganman. Ammo, juda koʻp maqolalarini unvonini sotib olgan yoki Ilmiy ishimni kimgadir qildiradigan odamlar haqida. Salazarov 06:40, 25-Dekabr 2023 (UTC)Javob berish
  2.   Roziman – yuqorida aytilgan fikrlarda jon bor. koʻplab maqolasini oʻchirilishi tayin. Oz sonli EAga ega maqolasini tahrirlab olib qolish kerak. Alpasli (munozara) 08:32, 25-Dekabr 2023 (UTC)Javob berish
  3.   Roziman – Yuqorida ikki foydalanuvchi bildirgan fikrlarga qoʻshilaman. Umarxon III (munozara) 09:40, 25-Dekabr 2023 (UTC).Javob berish
  4.   Roziman. Yuqorida aytib oʻtilgan Salazarovning fikrlariga toʻliq qoʻshilaman. SIisj kimligini bilmadimku-ya, ammo ancha tajribali vikipediyachi ekanligi maqolalarining chiroyli rasmiylashtirilganligidan bilinib turibdi. Uning ayrim hissalari taxsinga sazovor, ammo tijoriy maqsadda, copy-paste shaklda yozilgan va ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmagan maqolalarini oʻchirish tarafdoriman. PanPanChik #yozish 10:57, 25-Dekabr 2023 (UTC)Javob berish

Xulosa tahrir

Administrator statusini berish tahrir

Administrator statusini berish uchun 2019-yilda faol foydalanuvchilar kamsonli ekanligi sababli yengillik kiritilgan. WikiStipendiya loyihasi natijasida aktiv foydalanuvchilar soni bir necha barobarga koʻpaygani bois oʻzbekcha Vikipediyaga administratorni saylash jarayonini tubdan qayta koʻrib chiqish kerak boʻlyapti. Administratorlikka nomzodga qoʻyilgan talablarni hechboʻlmaganda faol foydalanuvchilari oʻzbekcha Vikipediyaga mos darajaga teng yoki yuqori Vikipediya loyihalari darajasiga chiqmagunicha vaqtinchalik (masalan, 2 oyga) toʻxtatib turishni taklif etaman. Administratorlarni yangi talablarni ishlab chiqishda faol boʻlishlariga chorlab qolaman. Kimda qanaqa foydali takliflar bor? — Kagansky munozara 22:10, 7-Aprel 2024 (UTC)Javob berish

Xayrli kun Vikipediyachilar. Men ruscha va nemischa Vikipediyalarida boʻlgani kabi, saylovchilar soni boʻyicha qoida talabini kiritishni taklif qilaman. Masalan, ruschada bu 30 foydalanuvchi, nemischada esa 50, biz ham xuddi shunday qilishimiz yoki bu raqamni biroz kamaytirishimiz mumkin/ Artemev Nikolay (munozara) 04:04, 16-Aprel 2024 (UTC)Javob berish
Administratorlikka nomzodni tanlashda ovoz beruvchilarning hissalariga ham alohida eʼtibor berilishi haqida qoidalarda kiritib oʻtish tarafdoriman. Hozir biz butun Oʻzbekiston boʻylab turli vikiklublar, talabalar vikijamoalari shakllanayotganini kuzatyapmiz. Shu guruhlar orasidan adminlikka noloyiqroq kimdir soʻrov qoʻysa, guruh aʼzolari yollanma armiyadek rozi ovoz berib tashlashini cheklash, hayotiy manfaatlar (tanish-bilishchilik) Vikipediyaga koʻchib oʻtishining oldini olish zarur. Bunda administratorlikni qoʻlga kiritish uchun ovoz berganlar orasida kamida 10 nafar joriy administrator, kamida 3 nafar joriy rasmiyatchi va kamida 5 nafar joriy xulosa chiqaruvchilarning rozi ovozlari boʻlishi kerakligini rasmiylashtirish kerak deb oʻylayman. Jamshid Nurqul (munozara) 13:55, 16-Aprel 2024 (UTC)Javob berish
Yuqoridagi fikrlarga qoʻshilaman. Ayni damda davom etayotgan soʻrvni odatdagidek yopib, kelgusida talablarni yuqoridagi takliflar asosida qatʼiylashtirish tarafdoriman. Ayni damda bizda admin huquqiga ega foydalanuvchilar soni boshqa jamoalardagidan bir necha barobarga yuqori. Masalan, mart oyida trwikida 551 ming tahrir qilinibdi. Ulardagi adminlar soni 20 nafar. Bizda esa atigi 87 ming tahrir qilingan, ammo amaldagi adminlar soni 15 nafar. Va hokazo. Nataev munozara 22:23, 22-Aprel 2024 (UTC)Javob berish

Fikrlar tahrir

Salom. Mana bu tahrirdagi fikrlarga (uzwikida faol foydalanuvchilar va tahrirlar sonining kamligi, adminlar sonining koʻpligi) qoʻshilaman. Hozircha 15ta administrator yetarli deb hisoblayman. Menimcha, hali bunday qoida rasman mavjud boʻlmasa-da, birorta maqolani statusga (tanlangan maqola, tanlangan roʻyxat, yaxshi maqola, xushsifat maqola) olib chiqmagan foydalanuvchining administrator boʻlishi (bu statusda qolishi) ham mumkin emas. Oddiy foydalanuvchi boʻlib ham, namunali tahrirlar qilayotgan tahrirchilarimiz talaygina. Diwikiped, Muzaffar Murodovich, Boboyev1996, Hasan Alimov AnvarxonM shular qatoridan. Umarxon III (munozara) 06:04, 11-Aprel 2024 (UTC).Javob berish

Vandalism tahrir

Please protect the following two pages from IP for at least one year:

Yahya (munozara) 11:36, 17-Aprel 2024 (UTC)Javob berish

Hey! The attacks seem to have stopped, so I see no reason for protection. However, I'll try to keep an eye on these two entries. Nataev munozara 22:28, 22-Aprel 2024 (UTC)Javob berish

Yangi foydalanuvchilarni Vikipediyadan sovutmang! tahrir

WikiStipendiya III marafoni boshlanganidan buyon yangi foydalanuvchilarning Vikipediyaga aʼzo boʻlish soni ortmoqda, va baxtga qarshi ularning katta qismi hali Vikipediya qoidalaridan toʻliq xabardor emas.

Shunday holatda eliminatorlik va administratorlik statusiga ega foydalanuvchilardan yangi foydalanuvchilarni „qopmasliklarini“, maqola yaratganiga koʻp vaqt oʻtmasdan unga oʻzgartirishlar kiritib (garchi foydali boʻlsa ham) tahrirlar toʻqnashuviga sabab boʻlmasliklarini va maqola yaratuvchisini ogohlantirmasdan, maqolani oʻchirib tashlamasliklarini soʻragan boʻlar edim. Bunday holatlarlarning ayrimlari quyidagilar:

  • Ma'lumotnoma maqolasi Alpasli tomonidan oʻchirib tashlangan. Oʻchirish sababi:EA. Vaholanki boshqa Vikipediyalarda bu maqola avvaldan mavjud (jumaladan: ru:Справочник). Garchi maqola plagiat tekshiruvida yuqori koʻrsatkich bergan boʻlsa-da foydalanuvchiga uni tuzatish imkoniyati berilmagan. Maqola 7 soat ichida gumdon qilingan.
  • 16:9 maqolasi Axadjon1 tomonidan hech qanday ogohlantirish berilmasdan, maqola soʻnggi tahriridan 1 daqiqa ham oʻtmasdan oʻchirib tashlangan.
  • Guljamol Shukurova maqolasi oʻchirishga munozarasi ochilgan boʻlishiga qaramay, muhokamasiz Alpasli tomonidan oʻchirib tashlangan.

Iltimos yangi foydalanuvchilar bilan xushmuomala boʻlaylik va ezgu maqsadni koʻzlaylik.

Yana shu singari holatlar yuz berishda davom etsa status egalarini bayroqdan mahrum qilishni soʻragan boʻlar edim. PanPanChik #yozish 14:10, 3-May 2024 (UTC)Javob berish

Panpanchik, ilk oʻchirilgan maqola EA bilan emas, noensiklopedik ravishda yaratilgani va shunga asoslangan matni, mualliflik huquqlarini yaqqol buzilgani sababli oʻchirilgan. Buni izohda ham qayd etganman, tushunib oʻqimaganingizga aminman. Ikkinchi maqolaga kelsak, Tezda oʻchirishga berib oʻchirilgani maqbul deb yozganman oʻchirish izohimda. Chunki shaxsning Ensiklopedik ahamiyati Vikipediya talab mezonlariga umuman mos kelmaydi. Siz doimgidek qaysidir tanishingizni yonini olayotgangga oʻxshayapsiz. Man asosan oʻzbekcha Vikipediya foydasini koʻzlab harakat etyapman. Iltimos, siz ham asl maqsadingizni aytsangiz, Panpanchik. Alpasli (munozara) 14:34, 3-May 2024 (UTC)Javob berish
@Panpanchik maqolani bir koʻrsangiz boʻlar ekan, ayni oʻsha paytdagi xolati qoidalarga mos emas edi, toʻgʻri tezda oʻchirilgan ammo, xolati yaxshi maqolani oʻchirmaganman, bu gap bilan menda ayb yoʻq demoqchi emasman, bundan buyogʻiga albatta eʼtiborliroq boʻlaman. Axadjon1 (munozara) 14:42, 3-May 2024 (UTC)Javob berish
Keltirilgan holatni toʻgʻri baholab, kerakli xulosa chiqarganingiz uchun minnatdorman. PanPanChik #yozish 17:08, 3-May 2024 (UTC)Javob berish
Avvalo men qaysidir tanishlarimni yonini olmayman! Har bir yangi vikichi men uchun ahamiyatli. Birinchi holat noensiklopedik maqola: Shuningdek, mualliflik huquqining buzilish ehtimoli yuqori. yozuvi ila oʻchirilgan. Noensiklopedik emasligini esa boshqa vikipediyalarda borligi bilan isbotladim. Matnning oʻzi ensiklopedik tilda yozilmaganlogi esa alohida masala va imkon berilsa, uni toʻgʻirlash mumkin boʻlar edi. Toʻgʻri tahrirchi hali yangi va kuchli plagiat qilgan. Lekin maqolani 7 soat ichida gumdon qilishga asos koʻrmadim. 2-maqola esa baribir qayta yaratildi va oʻchirishga munozarasi boshlangan. Oʻylaymanki uni ham shoshma-shosharlik bilan munozarasiz oʻchirib yubormaysiz va muhokamani yopilishini kutasiz. Boshqa tomondan mening shaxsiyatimga dahl qilmasangiz. Qachonlardir ukamning statusli maqolasida uni yoqlab fikr bildirganim bu har bir ishimni ayni kimnidir himoyasi yoki manfaati uchun qilinayapti degani emas! Va ezgu maqsaddan oʻzgasini koʻzlamaganman. Yuqoridagilarni keltirish orqali kimnidir qoralashni emas yangi foydalanuvchilar harakatiga erkinlik berishni soʻrab yozganman. Avvalgi marafonlarda ham har doim yangi foydalanuvchiarning huquqlari uchun kurashib kelganman. Hozir ham ayni shu holat kuzatilmoqda, faqatgina bu safar munozara telegram guruhida emas ayni Vikipediyada koʻrilyapti. PanPanChik #yozish 17:07, 3-May 2024 (UTC)Javob berish
Panpanchik, man yangi foydalanuvchilarga koʻproq imkon/e’tibor berilishining tarafdoriman. Avval ham aytdim: yangilar Vikipediyani tushunmasligi mumkin, buni yechimi nisbatan oson, oʻrgatsa boʻladi. Ammo matn yozishni oʻrgatish mushkul, tajribamga tayanib aytadigan boʻlsam, deyarli imkonsiz. Yozish qobiliyati/istagi shaxsning fitratida boʻlmasa qiyin. Qisqasi, bu jarayon (marafonlar) mobaynida tajribali foydalanuvchilar asosan yaratilgan maqolaning texnik holatiga yordam berishi kerak. AT maqola yaratish oson, shuningdek, boʻsh qoʻyilsa, juda tez suratda koʻpayib ketadi. AT maqolalar masalasida necha bor muhokama oʻtkazganimiz koʻpchilikka ma’lum (Taxminimcha, siz ulardan xabarsiz) Va eng muhimi, yangi foydalanuvchilarning aksariyati oromgoh va qoʻyilgan yutuq dardida, ya’ni Vikipediyaga ezgu maqsadni koʻzlab kelgan emas. Mashina tarjimasiga yoʻl qoʻygan va noensiklopedik hamda ensiklopedik ahamiyati mavjud boʻlmagan maqola yaratgan foydalanuvchilarning tomonini nega tutib olganingiz hamon qorongʻuligicha qolyapti manga. Bunday holatda, tanishlaringizni yonini olyayotgan misol taassurot uygʻotishingiz tabiiy har kimda. Sizdan yana bir bora iltimos, muhokama ochishga undagan asl niyatingizni roʻyi-rost yozsangiz. Alpasli (munozara) 21:51, 3-May 2024 (UTC)Javob berish

Oʻchirishga soʻrovini yopish tahrir

Assalomu alaykum, hurmatli administratorlar. Maqolalarni oʻchirishga berilishi munozara talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Maqolaning holati qanaqa boʻlishidan qatʼiy nazar qoidalarga rioya qilsak durust boʻlar edi. Jumladan, Oʻchirishga soʻrovini yopish qoidasida Oʻchirishga berilgan, yaʼni {{Oʻchirishga}} andozasi qoʻyilgan sahifa uchun soʻrovni yopish jarayoni keltirib oʻtilgan. Oʻchirishga berilgan maqolalarni oʻchirishdan avval mazkur qoida bilan tanishib chiqish hamda unga amal qilishingizni soʻrayman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 05:11, 4-May 2024 (UTC)Javob berish