Amfibiya
("Amfibiya"dan yoʻnaltirildi)
"Amfibiya" (grekcha: amphibios — ikki xil hayot kechiruvchi) — 1) suvda va quruqlikda yura oladigan avtomobil; kuzovi suv oʻtkazmaydi, suvda suzganida eshkak vinti yoki suv otuvchi harakatlantirgichi uni yurgizadi; suv ruli yordamida boshqariladi; 2) yerdan va suvdan koʻtariladigan hamda yerga va suvga qoʻnadigan, gʻildirakli shassisi boʻlgan samolyot; 3) qorda, suvda, muzda harakatlanishi uchun changʻili kuzovi oʻrniga qayiqchangʻi oʻrnatilgan aerochana; 4) suvda va quruqlikda harakatlanadigan jangovar mashina (tank, bronetransporter va boshqalar)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |