DonishnomaIbn Sinoning falsafiy asari. 1031—1039-yillarda yozilgan deb taxmin qilinadi. Fors tilida yozilgan. Donishnoma Ibn Sinoning koʻp jildli "Kitob ash-shifo" asarining qisqartirilgan nusxasi. Donishnoma 4 boʻlim: mantiq, metafizika (ilm ul-ilohiy), fizika va matematikadan (riyoziyotdan) iborat. Asar Ibn Sinoning dunyoqarashini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Unda mantiq ilmining mohiyati, tushunchalari, bilishdagi roli, ilmlar tasnifi, umumiy falsafiy tushunchalar, olamning mohiyati, vujudga kelishi, moddaning abadiyligi, harakati, umumiy tabiatshunoslik (naturfalsafa), geometriya, arifmetika, musiqa tushunchalari haqida qisqa va izchil fikr yuritiladi. Donishnoma birinchi marta 1891-yilda Haydarobodda nashr etildi. 1957-yilda dastlabki 3-boʻlimi, 1967-yilda 4-boʻlimi Dushanbeda birinchi marta rus tilida chop etildi. Donishnomaning bir qismi oʻzbek tilida bosilgan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil