«Qum ota» ziyoratgohi
Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/«Qum ota» ziyoratgohi. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „«Qum ota» ziyoratgohi“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • ota» ziyoratgohi qaydlar • oʻchirish |
Zomin tumanida Laylak-uya qishlog‘ida joylashgan mazkur ziyoratgoh haqidagi izlanishlarimiz quyidagilarni berdi… «…Ulug‘ kamolotga yetgan avliyoullohlardan birlari mavlono Lutfulloh rahmatullohi alayhi erdilar. Bu zoti bobarokot Laylakkon degan qishloqdan bo‘lib, ilm talabida Samarqandga kelganlar. Bu zoti bobarokot viloyatlarini Shohruhiya der erdilar. (Mirzo Ulug‘bek zamonidagi voqealar tilga olinayotir, o‘sha paytda Jizzax va Zomin hududlari Shohruhiya viloyatiga kiritilgan. O.B.) Bu oliyhimmat inson Samarqand shahrida ilm olishga mashg‘ul bo‘ldilar. Nihoyat darajada olim bo‘ldilar, hamdarslari mavlono Ismoil erdilar. Bu ikki zoti bobarokotlar, ilmi zohiriy va ilmi botiniyga mumtoz bo‘lgan erdilar. Hazrati Shayxi Buzrukvor bularning ikkovlariga xonaqoning sharqiy tomonidagi hujradan joy berganlar.