Çubukoğulları bekligi (turkcha: Çubukoğulları[1]) — sharqiy Onadoʻli hududida markazi Harput boʻlgan va 1085-1112-yillar oraligʻida mavjud boʻlgan turk-islom bekligi. 1112-yilda markazi Paluda joylashgan beklik Artuklu bekligi tomonidan egallangan boʻlsa, markazi Harputda joylashgan beklik 1119-1121-yillarda egallandi.

Çubukoğulları bekligi
Çubukoğulları Beyliği


1085 — 1112




Poytaxti Harput
Til(lar)i Turk tili
Dini Islom
Boshqaruv shakli Mutlaq monarxiya
Sulola Çubukoğulları
Bek
 - 1085—1092(ilk) Çubuk Bey
 - 1092—1112 (soʻngi) Mehmed Bey
Tarix
 -  1085 Beklikka asos solindi.
 -  1112 Beklik Artuklu bekligiga qoʻshib olindi.

Beylik tarkibiga Xarput, Palu, Mazgirt, Chemishkezek, Dersim, Egin, Arapgir, Pyuturge hududlari kirgan.

1071-yilda Manzikert jangida Vizantiya imperiyasi magʻlubiyatga uchragandan soʻng, koʻplab turkman qabilalari Vizantiya hududidan tortib olingan yerlar Onadoʻliga koʻchib oʻrnasha boshlaganlar[2]. Markazi Koʻniya boʻlgan saltanat tashkil etildi. Kichik Osiyo xududida beklar tasarrufidagi saljuqiy qabilalari joylasha boshladi. Alp-Arslon sarkardalari Vizantiya yerlarini bosib olib, mustaqil yoki yarim mustaqil bekliklarni tuzdilar[3][2][4].

Çubuk

tahrir

Çubuk Bey Artuk Bey bilan birga Vizantiyaga yurish qilgan. Çubuk Bey Malikshoh bilan Marvoniylar davlatini bosib olishda qatnashgan[5][5]. 1085-yil 31-avgustda Mayafarikin qamal qilinib, qoʻlga kiritilgach, saljuqiylar sultoni Malikshoh Fahriddinning vaziri Çubukni shaharga hokim qilib tayinlab, unga 300 ta askar berib, Harput va uning atrofini zabt etishga koʻrsatma beradi. Çubuk Bey vazifani muvafaqqiyat bilan bajardi va Harput va unga tutash hududlarni iqto sifatida qabul qilib oldi. Ibn al-Asir 1092/93-yillarda Çubukning Adanni zabt etishdagi ishtirokini eslatib oʻtgan[5]. Çubuk Bey Tutush qoʻshinida xizmat qilib, jangda 1292/93-yilda vafot etgan[5].

Mehmed

tahrir

Çubuk Beydan soʻng beklik taxtiga Mehmed chiqdi. Mehmed birinchi marta 1104-yil voqealari munosabati bilan tilga olinadi: u Sulton Berkyaruk va uning ukasi Muhammad Tapar oʻrtasidagi Hoy jangida qatnashgan. Mehmed 1112-yilda vafot etadi[5]. Harput bekining vafot etganidan xabar topgan Artuk bekning nabirasi Balak Gazi uning yerlarini tortib ola boshlaydi. 1112-yilda Mehmed Beyning oʻlimi bilan Çubukoğulları bekligi Artuklu bekligi tomonidan bosib olindi va tugatildi[6].

Manbalar

tahrir
  1. Kesik 2018.
  2. 2,0 2,1 Запорожец 2011, Глава VI, § 1.
  3. Väth 1987, s. 23.
  4. Väth 1987, s. 24.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 Bezer 1997.
  6. Atçeken, Yaşar 2016, s. 127.

Adabiyotlar

tahrir